8.Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 92.3 ball;
9.Toshkent shahar xokimligi - 91.9 ball;
10.Namangan viloyati xokimligi - 91.7 ball.
Bugungi raqamli dunyoda kiberjinoyat global iqtisodiyotning o'sishiga asosiy tahdiddir. Fuqarolarning internet tarmog‘ida xulq-atvor madaniyatini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha aniq global qoidalarni tarqatish bunday jinoyatlarga qarshi kurashishda yordam beradi. Axborot xavfsizligi, shuningdek, muhim Internet infratuzilmasini boshqarish masalalari G20 yig'ilishlarida, BMTda, mamlakatlar telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirlari yig'ilishlarida muntazam ravishda muhokama qilinadi.
Har yili Xalqaro elektraloqa ittifoqi ekspertlari kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzadi va u Global kiberxavfsizlik indeksi deb ataladi. Tegishli hisobotda XEI ekspertlari dunyoning barcha davlatlarining kompyuter xavfsizligini besh parametr bo‘yicha baholaydilar: huquqiy, texnik, tashkiliy tayyorgarlik, hamkorlikka tayyorlik va mamlakatning ta’lim va ilmiy salohiyatini rivojlantirish. Tadqiqotning eng so'nggi versiyasi 2020 yilda chiqarilgan. Ushbu hisobotga ko’ra O’zbekiston 78 o’rinni egallagan. Quyida top 10talik keltirilgan.