1-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahliliga kirish


Minimal konfiguratsiyali SNT shaffofligi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə27/44
tarix15.09.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#143839
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
1-ma\'ruza. BITga kirish

Minimal konfiguratsiyali SNT shaffofligi



1-rasm. Minimal konfiguatsiyali SNT.

Katta hajmdagi berilganlardan mavjud bilimlarni olish jarayonini avtomatlashtirish sun'iy intellekt sohasidagi ustuvor yo'nalishlardan biridir.


O'rgatilgan suniy neyron tarmoqlar (SNT) yordamida bilimlarni ajraib olish obrazlarni anglash, prognozlash muammolarida qaror qabul qilish jarayonini tushuntirish shaklida ifodalanishi mumkin. Bunday tushuntirishga misol sifatida muayyan muammoni hal qilishda SNT tuzilshi va neyronlar sonini aniqlashni keltirish mumkin.
SNTdan foydalangan holda masalalarni echimining aniqligini baholashni shubhasiz ustuvor muammolar qatoriga qo’shish mumkin. Bu o’rinda o’ragatuvchi tanlanmani obyektlar-etalonlar bilan qoplamasini qurish orqali minimal konfiguratsiyali SNTni sintez qilishda SNT o’rganish jarayonida ko'rmagan berilganlarda mumkin bo’lgan (ehtimollikdagi) xatoliklarni aniqlashning yangi, noan’anaviy usullari qo’llashni taqoza etadi.
Odatda, neyron to’rining mumkin bo’lgan ob'ektlarning o’zaro kesishmaydigan sinflarga tegishliligi to'g'risida qaror qabul qilish uchun "o'qituvchili" anglash masalalarida "g'olib barchasiga ega" tamoyilidan foydalaniladi. Neyron to’ridagi "g'oliblarini" aniqlashdagi (shakllanishdagi) alohida bir neyronlarning rolini tahlil qilish bu jarayonni etarlicha shaffof qiladi.
Shu maqsadda, turli toyifadagi alomatlar fazosida tavsiflangan ob'ektlarning har bir sinfi uchun turgunlik qiymati hisoblablanadiki, unga sinflash sifatini xarakterlaydigan sezgirlik deb nomlanuvchi tushunchaga analog deb qarash mumkin bo'ladi. Bu xususiyat obyektlarning aniq bir sinfini aniqlab beruvchi bitta neyroni (etalonning) yo’qitilishi natijasida anglash sifatini kamayishining o’rtacha bahosini ifodalaydi.
Mantiqiy shafof to’r deganda to’r tuzulishiga ko’ra foydalanuvchiga tushunarli bo’lgan masalani echish algoritmi osonlik bilan shakllanish imkon berilashidir.
Oddiy ravishda to’rni soddalashtirish to’rning shaffof bo’lishiga olib kelmaydi. Buning uchun to’r signallari va elementlarini o’chirishning maxsus usullarini yaratish talab qilinadiki, ular expert-tadqiqotchi tushunadigan mantiqiy shaffoflikni ta’minlab beruvchi tuzilishga ega to’rni qurishga imkon bersin. Kiritiladigan mantiqiy shaffoflik mezoni – bu to’r tomonidan qilanadigan qaror jarayonini imkon qadar sodda va foydalanuvchiga tushunarli tavsifini olish mezonidir.
Taklif qilinayotgan usul evristik hisoblanadi. Bu holat shaffof SNT qurish foydalanuvchining mantiqiy shaffoflik tushunchasini qay darajada tushunishi va muhimlik darajasiga ko’ra parametrlar tanlanishi mumkin bo’ladi.


Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin