1.2. Biokimyo fanining rivojlanish tarixi.
Biokimiyoning rivojlanish tarixi - bu yerda hayotning paydo bo’lishi
haqidagi tushunchaning rivojlanish tarixidir. Shuning uchun bioximiya fanidagi ikki
xil dunyoqarash – materializm hamda idealizmning keskin kurash maydoni bo’ldi.
Aynan bioximiya inkor qilib bo’lmaydigan dalillar bilan biologiya fanini idealistik
erinchoqlardan tozaladi. hayotiy faoliyat protsesslariga birinchi bo’lib materialistik
qarashni asoslab bergan, materiya va energiyaning saqlanish qonunini ochgan ulug’
rus olimi M.V.Lomonosov edi. A. Lavuaz’e ishlarida bu qonun amaliy jihatdan
isbotlandi.
Keyingi yillarda jahondagi ko‘pgina olimlarning samarali mexnatlari tufayli
ilmiy kashfiyotlar qilindi, ular biokimyoning rivojlanishiga imkon berdi . F. Vyoler
1828 yili anorganik moddalardan mochevinani olib, organik birikmalarni sun’iy yo’l
bilan sintez qilish mumkinligini isbotladi. F. Vyolering tekshirish natijalari xilma xil
organik moddalarni undan keyin sun’iy yo’l bilan olinishiga nazariy asos bo’ldi.
Masalan, N. I. Zinin anilinni, M. Bertlo yog’larni, A. M. Butlerov uglevodlarni, A.
Ya. Danilevskiy va Ye. Fisher peptidsimon moddalar va peptidlarni, V. Ingrem
birinchi oqsil insulin gormonini oldi.
Keyingi yillarda kimyo, fizika, matematika fanlarining rivojlanishi munosabati bilan
biokimyo fani rivojlana boshladi. J. Somner va J. Nortrop birinchi bo’lib ureaza va
pepsin fermentlarini ajratib oldilar. F. Misher nuklein kislotalarni, N. I. Lunin va K.
Funk vitaminlarni ochdilar. O. Varburg va A. Sent–Dperdi organizmda
energiyaning ajralib chiqish jarayonlari asosini ochdilar. L. Poling va V. Kori sodda
oqsillarning tuzilishini, J. Uotson va F. Krik yesa DNK tuzilishini aniqladilar. S.
Ochao, A. KoRNKberg va Ye. Chargaff genetik kodni ochish uchun ko’p ish qildilar
va o’akozo.
Fanning ijodkorlari orasida rus olimlaridan A. Ya. Danilevskiy biologik kimyo
fanining asoschilaridan edi. Uning me’nati tufayli 1862 yilda Qozon universitetida
birinchi marta tibbiyot kimyosi kafedrasi yaratildi. M . M. Manasseina, K. S. Kirxgof,
A. I. Lebedev ishlari fermentlar haqidagi ta’limotning asosini tashkil qildi. I. ‘.
‘avlovning xazm qilishning fermentativ va gumoral mexanizmlari, A. N. Bax va V. I.
‘alladinning biologik oksidlanish, V. A. Yengel’gardtning muskul qisqarishida ATF
ning ahamiyati haqidagi ishlari, A. I. Harinning hayotni kelib chiqishiga doir uyg’un
sistema yaratishi, S. E. Severinning uglevodlar almashinuvini o’rganish, A. E.
Braunshteynning qayta aminlanish jarayonini kashf yetish bo’yicha asarlari va boshqa
ko’pgina ishlar bilan biokimyoning shu masalalari yuzasidan jahon olimlari o’rtasida
birinchi o’rinlarni egallashga sazovor bo’lingan.
Ko’pgina biokimyoviy olimlar, masalan, S. E. Severin, A. E. Braunshteyn, A. L.
Harin, V. A. Yengel’gardt, A. V. ‘alladiya, V. N. Orexovich, A. S. Shirin, Yu. N.
Ovchinnikov va boshqalarning nomi jahonga mashxurdir.
Biologik kimyo fanining rivojlanishida o’z hissalarini qo’shgan o’zbek
donishmandlaridan ko’p qirrali bilim shibi Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot shasidagi
kashfiyotlarida kasalliklar sabablarini aniqlab, ularni bartaraf qilish kerak degan
fikrni ilgari surganki, bu g’oya hozirgi zamon tibbiyotining asosini tashkil etadi.
Bundan tashqari qandli diabet kasalligida bemorning siydigi shirin bo’lishi, uni
qaynatganda cho’kma hosil bo’lishini ham ibn Sino kashf qilgan.
Xivalik tabib Muhammad SHarif Oxun Mahmudxo’ja o’g’li (Mashrif Oxun) 1859
yilda Qo’shko’pir mavzesining Izgaldi qishlog’ida tug’ilgan, Muhammad Rahimxon
davrida SHeroziyxon madrasasida tahsil olgan. Mashrif Oxun bemorlarga tashxis
qo’yib kasalni aniqlashga usta edi. U bosh barmoqning tirnog’iga bosib, kamqonlik
va sil kasalliklarini aniqlay olgan. Mashrif Oxun teri kasalliklari, pes, sariq kasal,
yurak va buyrak kasalliklariga tashhis qo’yib davolagan.
Kadrlar tayyorlashni yaxshilash va ko’paytirish maqsadida 1931 yilda
Toshkent Davlat Tibbiyot instituti tashkil etildi. O’tgan davr ichida bu institutni
minglab shifokorlar bitirib chiqdilar. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, akademik
Yo. o’. To’raqulov va R. K. Islombekovlar hamkorlikda 1964 yili bo’qoq kasalligini
radioaktiv yod bilan davolash usulini dunyoda birinchi bo’lib kashf etdilar. Hozir bu
usul butun dunyo tabobatida keng qo’llanilmoqda. Bu kashfiyot uchun ikkala olim
ham Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan edilar.
Kimyo fanlari doktori, professor, O’zbekiston Fanlar akademiyasining
akademigi, marhum O. S. Sodiqov boshchiligida bir guruh o’zbek olimlari (X. A.
Aslanov, Yo’ldoshev) va ayni vaqtda O’z RFA «Bioorganik kimyo» instituti
xodimlari, oqsillar va umuman, tabiiy organik birikmalar kimyosi bilan shug’ullanib
samarali natijalarga erishganlar.
O’zbekiston Milliy Universitetida professor O’. N. Musaev boshchiligidagi bir guruh
olimlar jamoasi jarrohlikda tirik organizm ichki a’zolarini protezlashda keng
ishlatiladigan tayyor polimer mahsulotlarning tibbiy–biologik xususiyatlarini
yaxshilash borasida izlanishlar olib bormoqdalar.
O’z RFA akademigi S. SH. Rashidova rahbarligida olimlar jamoasi faol polimer
dorivor moddalarning tibbiy–biologik xossalari hamda biokimyo va gematologik
jarayonlarga ta’sirini, buyrak, jigar va boshqa hayotiy muhim bo’lgan a’zoga ta’sirini,
bu moddalarning organizmdagi taqsimotini, organizmdan chiqarib yuborish yo’llari,
shuningdek bu moddalarni uzoq vaqt qo’llanganda organizmda yig’ilib qolish
ehtimolligini o’rgandilar.
Bundan tashqari respublikamizdagi olimlar: T. S. Soatov, M. M. Mahkamova, K. S.
Kazakov, SH. X. Karimov, A. N. Aripov, B. A. Nurmatov, A. N. Yunusxo’jaev, B.
O. Toshmuhammedov, M. N. Valixonov va boshqalar biokimyo fanining
rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar.
Biokimyo o’simlik va hayvonlarning organ hamda to’qimalarining kimyoviy
tarkibini, ularning hayot faoliyati asosida yotadigan kimyoviy jarayonlarni
o’rganadigan fandir. Biokimyo donning unib chiqishidan tortib, oliy nerv faoliyatiga
qadar bo’lgan hayotning barcha ko’rinishlarini o’rganadi. Organizm bilan tashqi
mu’it o’rtasida yaqin bog’lanish mavjud. Tashqi mu’it organizmni ozuqa moddalar
bilan asosiy ta’minlovchidir, u organizmda parchalanib bu jarayon davomida ajralib
chiquvchi energiya hisobiga hujayra va to’qimalarning qurilishi uchun zarur bo’lgan
moddalarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Biokimyo fani bir necha qismga bo’lib
o’rganiladi:
Dostları ilə paylaş: |