gipoteza sifatida (eksperimental tadqiqotlarning nazarda tutiladigan natijalari)
foydalanilishi mumkin.
Faktlarni yig‘ishda anketa va so‘roq varaqalaridan ham foydalanish
mumkin. Anketalarda savollar «ha» yoki «yo‘q» degan kisqa javoblar olinadigan
qilib qo‘yiladi. So‘roq varaqalaridagi javoblar batafsil tarzda keltiriladi, masalan,
kishining yoshi, ish tajribasi, ma’lumoti, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
sharoitining xarakteristikasi va boshqalar. Har ikki holda ham javoblar yozma
bo‘lishi lozim. Anketalar va so‘roq varaqalari ko‘proq tadqiqotning boshlanishida
qo‘llaniladi va ular yordamchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tadqiqotchini qiziqtirgan materiallar oldindan ishlab chiqilgan reja
bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat vaqtida ham yig‘ilishi mumkin. Savollar bemalol
berilishi va atroflicha javob olinadigan tarzda bo‘lishi kerak. Masalan, tarbiyachi
boladan: «Sen to‘g‘ri tura olasanmi? Qanday turishni ko‘rsatchi. Qani endi aytchi,
qanday qilib to‘g‘ri turish kerak?» deb so‘raydi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: