1-ma’ruza grammatika haqida umumiy ma’lumot reja



Yüklə 383,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü383,86 Kb.
#177778
1   2   3   4   5   6
1-maruza

1. Sintetik shakl. 
Bu shakl shakl yasovchi affikslar vositasida hosil bo`ladi: 
kitobning, kitobni, kitobga, kitobda; o`qimoqdaman, o`qimoqdasan, o`qimoqdamiz, 
o`qimoqdasiz
kabi. 
2. Analitik shakl.
Mazkur shakl yordamchi so`zlar orqali yuzaga keladi: 
bolalar uchun, zavq bilan, o`qib tur, o`qib ko`r
kabi. 
3. Juft va takroriy shakl.
Ikki so`zni juftlash yoki bir so`zni takrorlash 
bilan ham grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft va takroriy shakl deb 
yuritiladi: 
tog`-tosh, katta-kichik
juft shakli umumlashtirish ma’nosini, 
savat-savat
(non), 
tog`-tog`
(paxta) takrorlash shakli ko`plik, mo`llik ma’nosini ifodalaydi, 
katta-katta, tez-tez
takroriy shakl ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. 
Demak, so`zning u yoki bu shakli maxsus vosita va usullar yordamida 
yuzaga keladi. Ammo o`zbek tilida so`zlarning maxsus grammatik ko`rsatkichga 
ega bo`lmagan shakllari ham mavjud. Masalan:
institutlar
– institut Ø (birlik son); 
institutda 
– institut Ø (bosh kelishik); 
ishlama
– ishla Ø (bo`lishli fe’l shakli) kabi. 
So`zning shakllari tizimida ko`rsatkichga ega bo`lmagan so`zning maxsus 
ko`rinishi nol ko`rsatkichli (Ø ko`rsatkichli) shakl deb yuritiladi. So`zning bunday 
ko`rinishi so`z shakllari tizimida belgilanadi. 
So`zning grammatik shakllari tizimi 
paradigma
(yunoncha 
paradeima
– 
«namuna») deyiladi. 
Paradigma o`z xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) xususiy 
paradigma, 2) to`liq paradigma. 
Bir turkumga oid so`zning muayyan shakllari tizimi 
xususiy
paradigmani 
yuzaga keltiradi. Masalan, otlardagi son paradigmasi 
(kitob-kitoblar),
kelishik 
paradigmasi 
(kitob – kitobning – kitobni – kitobga – kitobda - kitobdan)
va 
boshqalar xususiy paradigmalar hisoblanadi. 


Bir turkumga xos xususiy paradigmalar yig`indisi 
to`liq
paradigmani hosil 
qiladi. Masalan, otga xos to`liq paradigma: 
kitob-kitoblar-kitob-kitobning-kitobni-
kitobga-kitobda-kitobdan-kitobim-kitobing-kitobi-kitobimiz-kitobingiz...
Bunda 
son, kelishik va egalik paradigmalari to`liq paradigmani tashkil etgan. 

Yüklə 383,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin