1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Kontaktli payvand birikmalarning sifatini nazorat qilish



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə34/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

2. Kontaktli payvand birikmalarning sifatini nazorat qilish
Kontaktli payvand birikma sifatini nazorat qilishning quyidagi usullari qo’llaniladi.
  1. Razm solish va o’lchamlarni o’lchash bilan nazorat qilish. Ushbu nazorat usulida payvand nuqtalarning joylashuvi, tashqi nuqsonlarning bor-yo’qligi, yig’ma birliklar deformatsiyasining miqdori tekshiriladi. Payvand nuqtalarning koordinatalari elektrodlardan qolgan izlar (o’yiqlar) bo’yicha universal o’lchash vositalari bilan nazorat qilinadi.


  2. Tayyor yig’ma birliklar payvand birikmalarini tanlab buzish. Bunda detallarning birikish tekisligi bo’yicha aniqlanuvchi quyma yadroning borligi va uning o’lchami tekshiriladi. Quyma yadroning ellipssimon shaklda bo’lishiga ruxsat beriladi. Bu holda uning minimal o’lchami tekshiriladi. Agar boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha sifatning pasayishiga olib kelmasa, quyma yadro diametrining joiz qiymatdan ortib ketishi yaroqsizlik hisoblanmaydi.


  3. Texnologik proba bo’yicha nazorat yangi payvandlash ma’romini o’rnatishda va payvandlash mashinasini qayta sozlashda o’tkaziladi. Payvandlash ma’romi sozlanganidan so’ng, namunalarda sinash-payvandlash o’tkaziladi va olingan payvand birikma sifati tekshiriladi.


  4. Payvandlash ma’romi ko’rsatkichlarini o’lchash. Nazorat qilish usuli texnologik kartada ko’rsatiladi.




3. Kontaktli payvand birikmalar nuqsonlarining turlari
Kuzov (kabina) payvand birikmalarining nuqsonlari tashqi va ichki nuqsonlarga bo’linadi. Tashqi nuqsonlarga teshiklar, tashqi metall sachrashlari, elektrodlarning o’yiq hosil qilishi hamda payvand choklarning eni va balandligi bo’yicha notekisliklar kiradi. Ichki nuqsonlarga esa - chala payvandlar, darzlar, gazli va shlakli qo’shilmalar, ichki metall sachrashlari va sh.k. kiradi.
Chala payvandlar (непровары) kontaktli payvandlash vaqtida tok kuchining yetarli bo’lmasligi va elektrodlar siqish kuchining kattaligi, shuningdek, payvandlash tokini uzatish davomiyligi (UD) ning qisqaligi va elektrodlar ishchi sirtlarining yeyilishi natijasida hosil bo’lishi mumkin. Bu hol sodir bo’lmasligi uchun payvandlash ma’romining barcha ko’rsatkichlarini kuzatib borish lozim.
Teshiklar (прожоги) detallar sirtlarining qirralarini yomon tozalash, shuningdek, ayniqsa, egri chiziqli sirtlardagi payvandlash joylarida yetarlicha zich bo’lmagan tutashuv sharoitlarida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, ishchi sirtlari ifloslangan elektrodlar bilan payvandlash, tok kuchining ortishi, payvandlash jihozi elektr qurilmalarining nosozliklari natijasida ham teshiklar hosil bo’lishi mumkin.
Chuqur o’yiqlar (глубокие вмятины) elektrodlar ishchi sirtlarining kichik radiusi, orttirilgan payvandlash toki, payvandlashda tok uzatish davomiyligining ortishi, elektrodlarning noto’g’ri o’rnatilganligi, shuningdek, payvandlashni bajarish jarayonida detallarning qiyshayishi (perekos) natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin