1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos
5. Payvand birikmalar sifatini tekshirish uchun nazorat moslamalari Yig’ma birliklar o’lchamlari aniqligini tekshirish uchun maxsus nazorat moslamalari qo’llaniladi. Ular detal elementlarini qulay va erkin o’lchashga imkon beruvchi konstruksiyaga ega bo’ladi. Moslamalar tarkibiga detallarning konstruktiv o’lchamlari va shakllarini tekshirish uchun xizmat qiluvchi o’lchash vositalari majmuasi kiritiladi.
Nazorat moslamalari maxsus plitada yig’ma birlik konfiguratsiyasiga muvofiq holda joylashtirilgan yig’ma konstruksiyani namoyon qiladi. Unda muayyan miqdordagi bazalash tayanchlari, o’lchash tiqinlari, shablonlar va b. elementlar bo’ladi. Tekshirish nazorat moslamasida yig’ma birlikni bazalash sirtlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan nazorat kartasiga muvofiq holda o’tkaziladi.
Nazorat moslamalarida yig’ma birliklarni bazalash sirtlari texnologik qurilmalarda bazalashdagi sirtlarga mos kelishi lozim. Yig’ma birlikning ishchi holatini hisobga olgan holda, ishlab chiqarishning butun texnologik zanjiri bo’ylab bazalar yagonaligini saqlashga intilish zarur. Yig’ma birliklar o’lchamlarining joiz og’ishlari chizma talablarini hisobga olgan holda kuzov (kabina) ning yig’iluvchanligi tahlili natijalari bo’yicha tutashish joylari uchun o’rnatiladi. Nazorat kartalarida, shuningdek, mahkamlagichlar (prijim) va nazorat
tayanchlarining joylashuv o’rinlari ham ko’rsatiladi.
“Qora” kuzov (kabina) larni tayyorlash sifatini nazorat qilish texnik shartlardagi barcha talablarning bajarilishini tekshirishni nazarda tutadi. Bunda tashqi sirtning sifati, payvandlashning sifati, tashqi sirtni tekislash uchun plastmassalarni surishning sifati nazorat qilinadi. Eshiklar, kapot va oynalar uchun darchalar (проемы) va tutashuv joylari nazorat shablonlari bilan tekshiriladi.
Og’ishlar aniqlansa nuqsonlar qaydnomasi tuziladi va shu hujjat bo’yicha yig’ishpayvandlash texnologik jarayoni sozlanadi.
Zamonaviy avtomobilsozlikda darchalarning shakllari va o’lchamlari to’g’riligini aniqlash uchun lazerli o’lchash tizimlari qo’llaniladi. Bunda olingan ma’lumot qayta ishlanadi va joiz og’ishlardan chetga chiqish aniqlanganida (aniqligi 0,1 mm) tizim yig’ish qatorini to’xtatadi.
Zamonaviy avtomobil zavodlarida kuzovlar va kabinalar barcha
ko’rsatkichlar bo’yicha o’lchanadi. Bunda statistik nazorat uchun nazorat kartalarini chiqarib beruvchi, uch koordinatali o’lchash mashinalari qo’llaniladi. Kuzov (kabina) lar geometrik parametrlarining statistik nazorati og’ishlar paydo bo’lishining oldini oladi va profilaktik (oldini oluvchi) ta’mirlashni va yig’ishpayvandlash hamda shtamplash qurilmalarini sozlashni tizimli o’tkazishga imkon beradi.