1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə47/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

6. Bo’yash sifatini nazorat qilish
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish korxonalarida kuzovlarni bo’yash sifatini nazorat qilishning uch turi mavjud.
  1. Bo’yash ishlarida qo’llaniladigan lakbo’yoq materiallari va boshqa qo’shimcha materiallarning sifatini zavod lakbo’yoq laboratoriyasida nazorat qilish.


  2. Sexda bo’yashning bajarilishini ustalar va sozlovchilar orqali nazorat qilish.


  3. Nazorat joylarida bo’yalgan kuzovlar, yig’ma birliklar va detallarning bo’yalish sifatini texnik nazorat bo’limi xodimlari – kontrolyorlar orqali nazorat qilish.


Laboratoriyada qo’llanilayotgan material sifatini tekshirish paytida, sinash usullari normativ hujjatlariga muvofiq tarzda, po’lat, tunuka, shisha va boshqalardan tayyorlangan plastinalarga qoplangan lakbo’yoq plyonkasi


sinaladi.
Plastinalar sirtini tayyorlash, bo’yash, quritish va plyonka qalinligini aniqlash DSt (ГОСТ) lar talablariga yoki ТSh (ТУ) ga muvofiq o’tkaziladi.
Lakbo’yoq qoplamalarining sifatini quyidagi asosiy ko’rsatkichlar belgilab beradi: rang, tozalik, yaltirash, plyonkaning qattiqligi, zarbga va egilishga mustahkamlik, turlicha omillar (suv, moy, eritkichlar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar va b.) ta’siriga plyonkaning turg’unligi, adgeziya va b.
Plyonkaning rangi lakbo’yoq materialini taglikka to’liq qoplashdan va uni quritishdan keyin rang etalonlari bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Ushbu etalonlar muayyan lakbo’yoq materiali rangiga mos keladi va o’z raqamiga ega bo’ladi.
Rangni, shuningdek, halqaro kolorimetrik tizim bo’yicha fotokolorimetrda aniqlash mumkin.
Lakbo’yoq materialining tozaligi taglikka har bir qatlam qoplamani qoplashdan keyin razm solish bilan aniqlanadi.
Lakbo’yoq qoplamasining yaltirashi fotoelektrik usul yordamida baholanadi. Bunda lakbo’yoq plyonkasidan qaytarilgan yorug’lik dastasining fotoelementning yorug’likni sezish plyonkasiga tushishidan hosil bo’lgan tokning miqdori o’lchanadi. Ma’lumotlar etalon sifatida qabul qilingan maxsus shisha uchun parametrlar qiymati bilan foiz nisbatida solishtiriladi. Detal sirtining turli uchastkalari bo’ylab o’lchangan uchta qiymatning o’rta arifmetik qiymati natija hisoblanadi. Yaltirashni o’lchash uchun fotoelektrik qurilmalar – bleskomerlar qo’llaniladi.
Plyonka qattiqligi lakbo’yoq plyonkasi sirtiga o’rnatilgan mayatnik tebranishlarining to’xtash vaqtini shisha plastinkaga o’rnatilgan mayatnik tebranishlarining to’xtash vaqti bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Ushbu kattalik 0,5-0,8 shartli birlikka mos kelishi lozim.
Qoplamaning qattiqligi boshqa usullar, masalan, maxsus keskich bilan tirnash orqali ham aniqlanadi.
Egilishga mustahkamlik turli diametrdagi chiviqlar to’plamidan iborat qurilma yordamida aniqlanadi. Qalinligi 0,2-0,3 mm bo’lgan tunukadan tayyorlangan va qoplama qoplangan namunalar chiviqni o’ragan holda 180 ga shunday egiladiki, bunda lakbo’yoq qoplamasi tashqarida qoladi. Sinov katta diametrli chiviqlardan kichik diametrli chiviqlarga o’tish bilan plyonkada mexanik buzilishlar, yoriqlar yoki qavatlanishlar paydo bo’lgunigacha davom ettiriladi. Mustahkamlik qiymatini egilish paytida shikastlanmagan, lakbo’yoq qoplamasiga muvofiq keluvchi minimal chiviq diametri belgilab beradi. Mustahkam plyonkalar 1 mm diametrli chiviq atrofida egishda o’z yaxlitligini saqlab qoladi.
Zarbga mustahkamlik lakbo’yoq plyonkasi ustiga 1 kg massali yukni tashlashda, mexanik buzilishlar hosil bo’lmaydigan, maksimal balandlik bo’yicha aniqlanadi.
Qoplama plyonkasining qalinligi turli usullar, masalan, ИТП-1 magnitli o’lchagichi yordamida o’lchanishi mumkin. Qurilmaning ishlashi magnit xususiyatsiz plyonka qalinligiga mos tarzda ferromagnit taglikka magnit tortilish kuchining o’zgarishiga asoslanadi.
Plyonkaning turli omillar ta’siriga turg’unligi quyidagi usullar bilan aniqlanadi.
  1. Qoplamaning nambardoshligi namlik kamerasi (gidrostat) da 40 harorat va 100 % nisbiy namlik sharoitida o’lchanadi. Bo’yalgan namunalar korroziyabardosh materialdan tayyorlangan shtativga mahkamlanadi va gidrostatga joylashtiriladi. Namunalar 1, 3, 5, 10, 15, 20, 25, 30 sutkadan keyin ko’zdan kechiriladi va qoplama tashqi ko’rinishi bo’yicha


o’zgarishlar, shishlar hosil bo’lishi, qavatlanishlar va b. xildagi buzilishlar yozib boriladi.


  1. Qoplamaning tuzli tumanga bardoshliligi tuzli tuman muhitiga ega germetik kamera yordamida baholanadi. Bu muhit 40 harorat sharoitida xlorli natriyning uch foizli eritmasini purkagichlar bilan purkash natijasida hosil bo’ladi. Namunalarni ko’zdan kechirish nambardoshlikni aniqlash usuliga o’xshash tartibda o’tkaziladi va qoplamaning yaxlitligi buzilishigacha bo’lgan vaqt belgilanadi.


  2. Qoplamaning ultrabinafsha nurlanish, suv va issiqlikning birgalikdagi ta’siriga bardoshliligini aniqlash 50 haroratli distillangan suvli vannada o’tkaziladi. Nurlanish namunadan 240 mm masofada joylashgan simoblikvarsli lampa ПРК-2 yordamida uzatiladi.


  3. Qoplamaning turli iqlim sharoitlariga bardoshliligi sun’iy ob-havo apparati – vezerometr yordamida tezlashtirilgan usulda aniqlanadi. Apparat maxsus qurilmalar, elektryoyli, simobli-kvarsli, ksenonli va b. turdagi lampalar bilan jihozlangan bo’lib, ular yordamida turlicha iqlim sharoitlari – yuqori namlik, atmosfera yog’inlari imitatsiyasi hosil qilinadi.


Lakbo’yoq materiallarining metallga adgeziyasi panjarali kesish (chizish) usuli bilan baholanadi. Sinalayotgan namunada o’tkir tig’ yordamida metallgacha yetib boradigan, qoplama qalinligiga bog’liq holda 1-2 mm masofada 5-7 ta parallel va shuncha perpendikulyar kesik (chiziq) lar hosil qilinadi. Buning natijasida kvadrat kataklarga ega panjara hosil bo’ladi. Sirt cho’tka bilan tozalanadi va qoplamaning adgeziyasi uni baholashning to’rtballi tizimi shkalasi bo’yicha baholanadi:


Qoplama bo’laklarining qavatlanishi kuzatilmaydi – 1 ball.
Panjaraning 5 % gacha maydoni ozroq qavatlanadi – 2 ball.
Kesiklar chizig’i bo’yicha panjaraning 35 % gacha maydoni qavatlanadi – 3 ball.
Panjaraning 35 % dan ortiq maydoni qavatlanadi – 4 ball.
Qoplamaning adgezion xususiyatlari yanada aniq qilib, qoplamaga yopishtirilgan maxsus yopishqoq lentani ko’chirib olish usuli bilan aniqlanadi. Bunda qoplamani kesik qilish bir-biridan 1 mm masofada parallel chiziqlarni tortish bilan amalga oshiriladi.
Katta hajmdagi bo’yash ishlari bajariladigan sexlarda texnologik jarayonni nazorat qilish uchun tezkor laboratoriyalar tashkil qilinadi va bunda laborantlar maxsus tuzilgan sxemalar bo’yicha texnologik jarayon holatini tizimli tekshiradi.
Kuzovni bo’yashdan keyingi qoplama sifatini texnik nazorat bo’limining nazoratchilari razm solish bilan baholaydilar. Sirt rangining etalonga mos kelishi, har-xil rangli va bo’yalmagan joylarning, iflosliklarning, dog’larning, yoriqlarning, shishlarning, qavatlanishlarning va b. yo’qligi aniqlanadi. Razm solish bilan 100 % mahsulotlar tekshiriladi. Shundan so’ng, qoplama maxsus nazorat qurilmalari bilan tekshiriladi. Lakbo’yoq qoplamalarining nuqsonlari aniqlanganida ularning paydo bo’lish sabablari o’rganiladi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin