1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Kuzov detallarining texnologik alomatlar bo’yicha tasnifi



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə8/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

Kuzov detallarining texnologik alomatlar bo’yicha tasnifi

Texnologik alomatlar bo’yicha detallar tasnifi. Texnologik alomatlar bo’yicha tasniflash detalni asosiy shakl hosil qiluvchi operatsiya - bo’rttirish vositasida olish imkonini aks ettiradi, bunda yassi listli zagotovka shakli tayyor kuzov shakliga yaqinlashgan geometriyali o’tuvchi detalga aylanadi. O’tuvchi detal polufabrikat hisoblanadi va uni hosil qilish operatsiyasi bo’rttirish operatsiyasi deb ataladi. Yakuniy detalni olish uchun unga bo’rttirish operatsiyasidan keyin yakuniy shtamplash operatsiyalarini qo’llash bilan qo’shimcha ishlov beriladi.


Detallar tasnifini amalga oshirishning asosiy texnologik alomatlari bo’lib, odatda, ularning simmetrikligi va bo’rttirish chuqurligi xizmat qiladi.
Kuzov detallarining simmetrikligi asosiy shakl hosil qiluvchi operatsiya – bo’rttirishni bajarish jarayonida detalning fazoviy holatini aniqlash uchun muhimdir. Bo’rttirish operatsiyasini bajarishda detal holati, odatda, uning kuzovdagi yoki avtomobil kabinasidagi joylashuviga mos kelmaydi, chunki kuzov detallarini bo’rttirishda shakl hosil qilish vertikal harakatlanuvchi asbob bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun, agarda detalda devorchalar ko’zda tutilgan bo’lsa, unda ularning bo’rttirishdagi joylashuvi vertikal yoki unga yaqin bo’lishi kerak.
Simmetriklik alomati bo’yicha detallar uch guruhga bo’linadi:
Birinchi guruh – ikkita simmetriya tekisligiga ega detallar, va vertikal yon devorchalar. Bularga benzobak tanasi, orqa pol paneli, tom va shu kabilar kiradi. Bo’rttirish vaqtida simmetriya tekisliklari va yon devorchalar bo’rttirish yo’nalishi bilan mos keluvchi yagona imkonli holat mavjud bo’ladi.
Ikkinchi guruh – bitta simmetriya tekisligiga ega detallar. Bunda simmetriya tekisligi doimo vertikal holatni egallaydi. Bular kapotning tashqi va ichki panellari, yukxona qopqoqlari, peshtoq (peredok) paneli va b. Bu guruh bo’rttirish o’tishlarining o’ziga xosligi detalni shtampdagi optimal holatini tanlashda ularni simmetriya tekisligida burish mumkinligidir.
Uchinchi guruh – murakkab nosimmetrik detallar: yengil va yuk avtomobillarining oldingi qanotlari, yengil avtomobillarning orqa qanotlari, sepkichlar va shu kabilar. Bo’rttirishda eng qulay holatni izlash detallarni ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda burish bilan amalga oshiriladi.
Kuzov detallari bo’rttirish chuqurligi bo’yicha chuqur (100 mm dan ortiq), o’rta (50-100 mm) va sayoz (50 mm gacha) deb bo’linadi.


Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin