1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-rasm. Purkagichlarga ega, siljuvchi robotlar bilan elektrostatik maydonda kuzovlarni bo’yashning avtomatik uchastkasi sxemasi



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə44/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

4-rasm. Purkagichlarga ega, siljuvchi robotlar bilan elektrostatik maydonda kuzovlarni bo’yashning avtomatik uchastkasi sxemasi:
1, 2 – qaytargichlar; 3, 4 – chiroqlar; 5, 6, 18, 19 – yuqorigi purkagichlarga ega robotlar;
7, 8, 20, 21 – yon purkagichlarga ega robotlar; 9 – yuqori kuchlanish generatori; 10 – elektrostatik purkashni boshqarish bloki; 11 – bo’yoqni uzatish nasosi; 12 – boshqarish pulti; 13 – kuzov konturini tanish bloki; 14-17 – fotoelementlar; 22 - kuzov
ta’minlaydi. Kuzovlarni bo’yashning ushbu uchastkasi konveyer tezligining 3-6 m/min bo’lishiga mo’ljallangan.
Dastur tugaganidan so’ng, har bir purkagichga navbatdagi kuzovni bo’yash davri boshlanishigacha bo’yoqni uzatishni to’xtatish buyrug’i beriladi. Birinchi qatlami qoplangan kuzov, navbatdagi o’xshash uchastkaga siljiydi. Uning boshida keyingi dasturni ishga tushirish uchun impuls jo’natuvchi fotoelement joylashadi. Shunday qilib, kuzov ikki uchastka orqali o’tib, 40-50 mkm qalinlikdagi qoplama bilan qoplanadi. Bo’yalgan kuzov “oqib tushish” kamerasiga kiradi va 30-40 harorat ostida qoplama zarur qalinlikka va tekislikka ega bo’ladi (quritishga kirishdan oldin).
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida bo’yash pnevmatik purkashga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
  • lakbo’yoq materiallari sarfining kamligi, chunki elektr maydoni ta’sirida deyarli barcha purkalgan bo’yoq mahsulotga qoplanadi;


  • bo’yash kamerasining ventilyatsiyasi uchun oddiy qurilmalarning


qo’llanilishi va ular tannarxining pasayishi;


  • bo’yash jarayonini to’liq avtomatlashtirish mumkinligi;


  • yuqori samaradorlik;


  • xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning bo’yoq purkalish zonasida bo’lmasligi natijasida ish sanitar-gigiyenik sharoitlarining yaxshilanishi.


Ushbu usulning kamchiligiga kuzov ichki sirtlariga bo’yoq qoplash imkonining yo’qligi va shunga bog’liq tarzda ushbu uchastkalarni pnevmatik purkagichlar bilan dastaki yoki avtomatik bo’yashni qo’llashga to’g’ri kelishini kiritish mumkin.


Kuzovlarni bo’yashning oqimli qatorlarida, shuningdek, robotlar yordamida pnevmatik purkash usuli bilan lakbo’yoq materiallarini qoplash kameralari qo’llaniladi.
Lakbo’yoqlardan tashqari kuzovlarga maxsus qoplamalar ham qoplanadi. Bunday qoplamalardan ko’zlangan maqsad, birikmalarni zichlash, shovqindan va issiqdan himoyalash hamda korroziyadan qo’shimcha himoyalashdir.
Zichlash va shovqindan himoyalash uchastkasida (odatda, gruntovka va jilvirlashdan keyin) kuzov quritish kamerasiga o’tishidan oldin, uning barcha payvand choklari bosib kiritish usuli bilan polivinilxlorid asosidagi mastika (“Пластизоль Д-4А” va h.k.) yordamida zichlanadi. Kuzovni kamerada quritish jarayonida 140 dan yuqori harorat ostida 30 daqiqa ushlab turilganida, mastika oquvchanligini yo’qotadi, elastik materialga aylanadi va payvand birikmalar tirqishlarini ishonchli zichlaydi. Avtomobildan foydalanish vaqtida paydo bo’ladigan titrashlar natijasida kuzov detallarining o’zaro kichik siljishlariga qaramasdan, mastika o’z elastikligi hisobiga birikmaning germetik bo’lishini ta’minlaydi.
Kuzov ostini korroziyadan, chang va qumning abraziv ta’siridan himoyalash uchun, shuningdek, kuzovning quyi qismi va qanotlarning ichki qismlarini qo’shimcha issiqdan va shovqindan himoyalash uchun bitumli mastika БПМ-1 qo’llaniladi, bunda mastika 1-1,5 mm qalinlik bilan o’tuvchi kamerada pnevmatik purkash usuli bilan qoplanadi. Kameradagi havo gidrotozalagichli so’rish-chiqarish ventilyatsiyasi yordamida tozalanadi. Gidrotozalagichlar suvini tozalash tabiiy cho’ktirish usuli bilan amalga oshiriladi va tozalangan suv o’z o’rniga qaytariladi. Kameraninng oxirida tambur joylashadi, bu yerda kuzovning ostini qoplash paytida uning yuza sirtlariga yopishib qolgan mastika zarralari yo’qotiladi. Ho’l jilvirlashdan keyin mastika 130 harorat ostida 6 daqiqa davomida qisman quritiladi. Mastikaning to’liq polimerlashishi 140 harorat ostida emalni quritish kamerasida tugaydi. Quritishdan keyin mastika shishlar, yoriqlar va oqib tushishlarsiz bir jinsli qatlamni namoyon qilishi kerak.
Kuzovning saloni bitumli maxsus qistirma (prokladka) lar yordamida shovqindan himoyalanadi. Ular kuzovning poliga, shuningdek, tomning, eshiklar tashqi panellarining, yukxonalar qopqoqlarining ichki sirtlariga o’rnatiladi. Quritish kameralaridan o’tish asnosida qistirmalar salon panellari bilan mustahkam birikadi va shovqindan himoyalovchi yaxshi qatlamni hosil
qiladi.
Korroziya ta’siriga eng ko’p ta’sirchan, kuzovning yopiq bo’shliqlari «Тактил-МЛ» tipidagi himoyalovchi antikorrozion materiallar bilan qoplanadi. Ular to’pponcha bilan jihozlangan, havosiz purkash qurilmalari yordamida qoplanadi. Bu to’pponchalar uchliklari moslashuvchan bo’ladi va ularga purkash kallaklari o’rnatilgan bo’ladi. Bunday qurilmalarning ishchi bosimi 250 kPa ni tashkil qiladi. Qurilma kuzovning ichki bo’shliqlarida yaxlit plyonka hosil bo’lishini ta’minlaydi. Ishlov berish so’rish-chiqarish ventilyatsiyasiga ega maxsus kamerada, bevosita yig’ish konveyerida amalga oshiriladi. Qoplamaning himoya ta’siri shundan iboratki, bunda material metall sirtning mexanik himoyasini ta’minlaydi, uning tarkibidagi ingibitor (reaksiyani sekinlashtirgich) esa korroziya jarayonini sekinlashtiradi.
Bo’yash, qistirmalarni yopishtirish, himoyalovchi va antikorrozion qoplamalarni qoplash texnologiyalariga qat’iy amal qilish, yuqori sifatli materiallarni qo’llash germetiklash, shovqindan himoyalash va korrozion turg’unlik ko’rsatkichlarining yuqori darajasini ta’minlaydi.
Bo’yash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Barcha ishlar havodagi zararli moddalarning joiz miqdorini ta’minlovchi, so’rish-chiqarish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan inshootlarda o’tkazilishi lozim. Ishchi inshoot havosidagi zararli bug’lar, gazlar va changlar miqdori doimiy nazorat qilinishi kerak. Lakbo’yoq materiallari bilan ishlaydigan xodimlar maxsus kiyim va individual himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Oqova suvlar kanalizatsiyaga tushirilishidan oldin zararli moddalar miqdorining joiz me’yorlarigacha tozalanishi lozim. Oqova suvlar zararli kimyoviy moddalarni filtratsiya va neytralizatsiya qilish bilan tozalanadi. Polimer membranalarni qo’llash bilan ultratozalash usuli eng keng tarqalgan usul hisoblanadi.
Lakbo’yoq materiallarini qoplashning har bir usuli uchun texnika xavfsizligi talablari va ayniqsa, yong’in xavfsizligi bo’yicha maxsus talablar ishlab chiqilgan.
Pnevmatik purkash usuli bilan materiallarni qoplashda agregatlari purkagichlarga material yoki siqilgan havoni uzatuvchi, mahalliy so’rishchiqarish tizimiga ega purkash kameralari va qurilmalari qo’llaniladi. Bu yonuvchan va portlovchan aralashmalarning hosil bo’lishi va ularning tuman ko’rinishida ish zonasiga yetib borishini bartaraf qiladi.
Lakbo’yoq materiallarini qoplashning o’ziga xosligi bo’lib yuqori kuchlanishli elektr tokining qo’llanilishi hisoblanadi. Ushbu usul bilan statsionar qurilmalarda materiallarni qoplashda texnika xavfsizligi, yong’in xavfsizligi bo’yicha umumiy talablar va sanitar-gigiyenik talablarni ta’minlash bilan bir qatorda yuqori kuchlanish ostida bo’lgan barcha asosiy qurilmalar (shina o’tkazgichlar, kabellar, purkash qurilmalari va b.) ga erkin yaqinlashishdan saqlovchi, zaminlangan metall to’rlar bilan to’sish talab
etiladi.
Botirib (cho’ktirib) bo’yashda texnika xavfsizligi talablarini ta’minlash uchun qo’shimcha qurilmalar – materialni halokatli quyish rezervuarlari o’rnatiladi. Ular sex chegaralaridan tashqarida, yaxlit devordan 1 m masofada, darchalari bor devordan 5 m masofada joylashtiriladi.
Bo’yash va quritish kameralarining barcha elektr simlari metall quvurlar ichidan o’tkazilishi, elektr chiroqlar – germetik va portlashga xavfsiz armaturalarga o’rnatilishi, o’chirgichlar va ajratkichlar esa ishchi inshootdan tashqarida, yopiq shkaflarga joylashtirilishi lozim.
Bo’yash sexlarida, bo’yoq tayyorlash bo’linmalarida va lakbo’yoq materiallari omborlarida yong’in o’chirish vositalari – yong’in o’chirgichlar, qumli qutilar, inventarli doskalar va b. bo’lishi lozim.
Bo’yash sexlaridagi ishlar maxsus malaka komissiyasining yo’riqnomasidan o’tgan xodimlar tomonidan bajariladi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin