1-ma’ruza: Kirish. Biotexnologiya va bioinjeneriyada bioxavfsizlik haqida tushuncha. Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari Reja


-ma’ruza:Genetik-muhandislik texnologiyalaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq xavfning oshishi



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə14/30
tarix07.04.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#94331
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
bioxavsizlik

7-ma’ruza:Genetik-muhandislik texnologiyalaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq xavfning oshishi
Reja:

  1. Rivojlangan davlatlarda gen-muhandislik infrastrukturasi.

2. Biotexnologik ishlab chiqarishda biologik xavfsizlikni gigiyenik ta’minlash
3. Sanoat shtammlarini kompleks baholash.
Xalqaro loyihalar va tashabbuslar. Nanomateriallardan foydalanishni biologik xavfsizlik bo‘yicha ishlarni, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish (OESR) Tashkiloti huzurida tashkil qilingan sanoat materiallari bo‘yicha ishchi guruh koordinatsiya qiladi. Nanomateriallarni potensial xavfini aniqlash bo‘yicha yaratilgan davlatlararo dasturni bajarishda 20 dan ko‘proq mamlakatlar ishtirok etadi. Mana shu dastur doirasida nanomateriallarni atrof muhitdagi miqdori, ularni tirik organizmlar uchun potensial toksinligi monitoring qilinadi.
Xullas, nanosanoat bilan shug‘ullanadigan mamlakatlarda nanotexnologiyalarni, nanomateriallarni har xil turlarini xavfsizligiga, ularni toksinlik xususiyatlariga katta e’tibor bilan qaraladi. AQSH, Yaponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda bu muammoga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkazilib turiladi.
Masalan, “Rusnanotech 2010” deb atalgan III – Xalqaro forumda maxsus “Nanosanoat va nanotexnologiyalarning mahsulotlarini inson salomatligiga xavfsizligi” seksiyasi faoliyat ko‘rsatgan. Bu seksiya ishida davlat tashkilotlarini, ilmiy tashkilotlar va biznesni Rossiyalik, Yevropa mamlakatlari va AQSHdan kelgan vakillari ishtirok etganlar. Nanosanoat va nanotexnologiya mahsulotlarini inson salomatligiga xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha seksiya 1 chi navbatdagi vazifalari quyidagicha belgilagan:

  1. Nanomateriallarni xavfsizligini baholash, ularni ishlab chiqarishda va ishlatilganda xavfni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish.

  2. Ishchi zonani havosi, ishlatiladigan suv va suv to‘planadigan hovuzlarda, ozuqa mahsulotlarida, maishiy kimyo vositalarida, nanobo‘lakchalar va nanomateriallarni saqlanishini gigiyenik me’yorlarini ishlab chiqish.

  3. Havoda, suvda, tuproqda, oziq ovqat mahsulotlarida, maishiy kimyo vositalari tarkibida nanomateriallarni topish va miqdoriy aniqlashni yuqori samarador usullarini ishlab chiqish.

  4. Nanotexnologiya va nanomateriallarni xavfsizligini ta’minlash va baholash sohasida yuqori kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish.

  5. Nanotexnologiyalarni nazorat qilish va nanomateriallardan foydalanish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish.

  6. Nanotexnologiyalarni xavfsizligi sohasida to‘plangan ilmiy tadqiqotlarni natijalari bo‘yichaxalqaro ma’lumotlar almashishni kengaytirish.

  7. Nanoxavfsizlik bo‘yicha, shu jumladan nanomateriallarni xossalari va ularni biologik ta’sirini o‘rganish sohasidagi to‘plangan bilimlarni xalqaro bazasini yaratish.

Biotexnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq “Atrof-muhitni muhofaza qilish” bo‘limi tomonidan ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlashdan boshlanadi. Bo‘lim loyihasida quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi lozim: hududdagi umumiy ekologik holati, ob’yektni qurish va ekspluatatsiya qilishning atrof-muhitga ta’sirini baholash (EAT), texnik xavfsizlikni ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qarorlar, atrof - muhitni muhofaza qilish choralari, atrof - muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shu jumladan atmosfera havosini ifloslanishdan himoya qilish; yer usti va er osti suvlarini, yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish; yer qa’rini muhofaza qilish, o‘simlik va hayvonot dunyosini shovqin, ultratovush, tebranish va elektromagnit nurlanish ta’siridan himoya qilish va boshqalar.
Bo‘lim loyihasida ishlab chiqishda foydalanish mumkin bo‘lgan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha normativ hujjatlar va tavsiyalar, qurilayotgan korxonaning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Asosiy hujjatlar konstitutsiyaga, qonun kodekslari (er, suv, o‘rmon xo‘jaligi), federal qonunlarga:
• Tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida;
• Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida;
• Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida;
• Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida;
• aholi yashash hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida.
Shuningdek, Davlat Ekologiya qo‘mitasining me’yoriy hujjatlari :
• yer maydonlarini tanlashda, xo‘jalik ob’yektlari va majmualarini qurish loyihalarini ishlab chiqishda atrof-muhitga ta’sirni baholash (ATB) o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
• Ekologik standartlar va dizayn qoidalari;
• Yer ustki suvlarini oqava suvlar bilan ifloslanishdan himoya qilish qoidalari;
•Sanitariya muhofaza hududlari, korxonalar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning sanitariya tasnifi;
• Atrof muhitdagi moddalarning gigienik me’yorlari.
Ushbu yuqoridagi qonun-qoidalar Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2006 yil 30 dekabrdagi 881-son qarorida belgilab qo‘yilgan.
Ro‘yxatga olingan hujjatlarga muvofiq, biologik ob’yektlar bilan ishlashda xavfsizlik choralari, ishchilar va aholi o‘rtasida quyidagilarni yuzaga kelishining oldini olish lozim:
- mikroorganizmlar va ularning metabolik mahsulotlari, hujayra va to‘qimalar kulturasi bilan bog‘liq kasalliklar, tashuvchilik holati va intoksikatsiya;
-mikroorganizmlar va ularning metabolik mahsulotlari ta’sirida organizmning sensibilizatsiyasi;
Xavfli biologik ob’yektlar bilan ishlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi, ishlab chiqarish uskunalari, himoya vositalari va maxsus profilaktika choralari tizimi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlari:
• hududni, binolarni, jihozlarni, transport vositalarini, kiyim-kechak va himoya vositalarini ushbu biologik ob’yekt bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda zararsizlantirish yoki zararsizlantirish imkoniyatiga ruxsat berish;
• mehnat sharoitlari va gigiyenik talablarga rioya etilishini nazorat qilish imkoniyatini yaratish;
• biologik ob’yektlar bilan ishlash jarayonida xodimlarga salbiy ta’sirini oldini olish;
• chiqindilarini chiqarish va biologik ob’yektlarni parchalash vaqtida yong‘in va portlash holatlarini oldini olish;
• atrof-muhitning ifloslanish ehtimolini bartaraf etish.
Ishlab chiqarish uskunalari sanitariya-gigiyena va ergonomik talablarga javob berishi kerak, xususan:
• o‘ziga xos biologik xavf parametrlarining o‘lchovlarini tegishli chegara qiymatlari bilan solishtirish uchun monitoring qilinishini ta’minlash;
• biologik ob’yektning fiziologik holati va xatti-harakatlarini kuzatish imkoniyatini yaratish;
• zararsizlantirish va zararsizlantirish imkoniyatiga ruxsat berish.
Maxsus profilaktika choralari tizimi:
• patogen mikroorganizmlar bilan ishlaydiganlarda o‘ziga xos faol yoki passiv immunitetni yaratish imkoniyatini ta’minlash;
• xavfli (zararli) muhit sharoitlarda ishlash muddatining tartibga solishni ta’minlash;
• organizmning qarshiligini oshirish imkoniyatini ta’minlash (profilaktik ovqatlanish).
Mikroorganizmlar va ularning metabolik mahsulotlarining xodimlarga zararli ta’sirini oldini olish, xavfsizlik talablari quyidagi ish turlariga nisbatan qo‘llaniladi:
• asosi yoki ishlab chiqaruvchisi mikroorganizmlar bo‘lgan biologik suyuqliklar, hujayra, to‘qima va organlar kulturasidan biologik preparatlarni ishlab chiqarishni nazorat qilish;
tibbiyot, veterinariya va qishloq xo‘jaligi sohalarida profilaktika, davolash, diagnostika va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan dori vositalarini o‘rganish.
Biologik ob’yektlar bilan ishlashning har bir turi uchun mehnatni muhofaza qilish standartlari biologik xavflilik parametrlarini va ularning ruxsat etilgan qiymatlarini, shuningdek ularni o‘lchash va nazorat qilish usullarini, ya’ni gigiena standartlarini ishlab chiqish kerak.
Gigienik me’yor – bu zararli ishlab chiqarish sanoati omillarini ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiyasining (MAK) miqdoriy ko‘rsatkichidir. Bu esa atrof-muhitga ta’sir qilish intensivligi yoki davomiyligi bo‘yicha aniqlanadi va odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.



Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin