Tarmoqlar tasnifi Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy
ta‘minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintakaviy va lokal
(maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni
qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va
aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog‘i xisoblanadi.
Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari,
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha
telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km
ni tashkil etadi.
Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin
binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki
80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday
tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori
tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha
kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson
soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan
kabel.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km
gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar
tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Tarmoqning dasturiy ta’minoti. Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan
o‘lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy
ta‘minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda
ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Xozirda shunday
dasturiy ta‘minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.