1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. Reja


Kompyutyer tarmoqlarining tarixi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/9
tarix28.11.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#71004
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.1-ma\'ruza (12-25)

Kompyutyer tarmoqlarining tarixi. 1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti tuzildi. 1960 - yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Projects Agency), 1969 yilda (AQSHning Mudofaa ministrligi tomonidan tashkil qilingan eng eski KTlari hisoblanadi) ARPANet (Advanced Research Projects Agency Network) tajriba tarmog‘ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor TARMOQ 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, asosiy tuzilish prinsipi TARMOQdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo‘lishi edi. 1975 yil ARPANet tajriba tarmog‘i maqomini harakatdagi (amaliy) TARMOQ maqomiga o‘zgartirdi (1989 yil – ARPANet mustaqil TARMOQ sifatida tugatildi). Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor TARMOQ bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshqa KTlari bilan birlashtirilibInternetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u MILNET – Military NET (xarbiy TARMOQ), CSNET – (Computer Science NETWORK) (kompyuter ilmi tarmog‘i), NSFNET – (National Science Fondation NETWORK) (milliy fan fondi tarmog‘i) tarmoqlar sifatida Internetda ishlatiladi.
BITNET (1981) – Because it’s Time Network (bugungi kun tarmog‘i) KT Nьyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Evropa, AQSH qit’asi, Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi TARMOQ bo‘lib, u alohida ajratilgan kanallar bilan aloqa bog‘laydi. U OSI – (Open System Interconnection – ochiq xalqaro bog‘lanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati – uzatilgan ma’lumotlar uchun haq to‘lanmaydi. Hukumat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Uning ko‘rsatadigan xizmat doirasi fayllarni uzatish, elektron pochta va masalalarning uzoqdan turib ishlashini ta’minlashdan iborat.
CSNET (1981) (Computer Science Network – Kompyuter va fan tarmog‘i) a’zolik badallari va xizmat uchun to‘lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, Internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomaii asosida ishlaydi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin