1-ma‘ruza. Kirish. Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi. Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari. Statika aksiomalari


 Kirish. Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 208,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix08.04.2022
ölçüsü208,63 Kb.
#54972
1   2   3   4   5
1-tema

1.1. Kirish. Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi. 

 

        Hozirgi  zamon  texnikasi  injenerlar  oldiga  material  jismlarning 

mexanik  harakati  va  mexanik  o`zaro  ta‘sirlarini  o`rganish  bilan  bog`liq 

juda ko`p masalalarni qo`yadi.  

Mexanik  harakat  deb  moddiy  jismlarning    fazoda  vaqtga  bog`liq 

ravishda  bir-biriga  nisbatan  vaziyatini  o`zgartirishiga  aytiladi.  Mexanik 

o`zaro ta‘sir deganda moddiy jismlarning bir-biriga ko`rsatadigan ta‘sirida 

bu  jismlar  harakatlarining  o`zgarishi  yoki  bo`lmasa  ular  shaklllarining 

o`zgarishi  (deformatsiyalanishi)  tushuniladi.  Bu  ta‘sirlarning  asosiy 

miqdoriy  o`lchami  sifatida  kuch  deb  ataluvchi  kattalik  qabul  qilingan. 

Tabiatda  mexanik  harakatlarga  misol  qilib,  osmon  jismlarining  harakati, 

Yer  qobig`ining  tebranishi,  havo  va  dengiz  oqimlari,  molekulalarning 

issiqlik  harakatlari  va  boshqalar,  texnikada  esa,  Yer  sirti  va  suvda 

harakatlanuvchi  turli  xil  transport  vositalari  va  uchuvchi  apparatlar, 

mashina,  mexanizm  va  dvigatellar  qismlarining  harakatlari,  suyuqlik  va 

gazlarning  oqimi    va  boshqa  shunga  o`xshash    harakatlarni  ko`rsatish 

mumkin. 

Mexanik  o`zaro  ta‘sirlarga  butun  olam  tortilish  qonuni  asosida 

moddiy  jismlarning  o`zaro  tortishishi,  suyuqlik  va  gaz  zarralarining  bir-

biriga o`zaro  ta‘sirlari va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin. 




 

Moddiy jismlarning mexanik harakatlari va o`zaro ta‘sirlari haqidagi

fanga  mexanika  deyiladi..  Qarab  chiqiladigan  mexanikaning  muammo

doirasi juda keng. Bu fannning rivojlanishi natijasida bir qator yangi fanlar

paydo  bo`ldi.  Bularga  nazariy  mexanika,  elastiklik  nazariyasi,  plastiklik

nazariyasi,  gidromexanika,  aeromexanika,  suyuqlik  va  gazlar  mexanikasi

shuningdek  amaliy  mexanika  deb  ataluvchi  fanning  bo`limlari  –

materiallar  qarshiligi,    mexanizm  va  mashinalar  nazariyasi,  mashina

detallari shuningdek juda ko`p injenerlik fanlarini ko`rsatish mumkin.

Mexanikaning  asosida  klassik  mexanika  qonunlari  (yoki  Nyuton

qonunlari) yotadi. Klassik mexanikada vaqt va fazo jismlarning harakatiga

bog`liq  emas deb  qaraladi.  Shuningdek,  jismning massasi uning tezligiga

bog`liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor deb qaraladi.

Mexanikada  abstrakt  tushunchalaridan keng foydalaniladi. Masalan,

jismning  deformatsiyalanishini  e`tiborga  olinmasa  ularni  absolyut  qattiq

jism, shakli va o`lchamlari e‘tiborga olinmasa, moddiy nuqta deb qaraladi.

Jismning  barcha xossalari birdaniga e‘tiborga olinsa hech qanday mexanik

xodisani nazariy va amaliy jixatdan tekshirib bo`lmaydi,  shu bilan birga,

yechilishi  juda  oson  bo`lgan  har  qanday  masala  haddan  tashqari

murakkablashtirib  yuboriladi.

Nazariy  mexanika  fanining  injenerlik  bilimidagi  roli  va  ahamiyati

shundan  iboratki,  u  hozirgi  zamon  texnikasining  juda  ko`p  sohalarining

ilmiy  ba`zasi  bo`lib  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga  tabiat  haqidagi,  ya‘ni

tabiiy  fan  bo`lgan  mexanika  qonunlari    va  usullari  bizni    o`rab  olgan

olamni bir qator muhim hodisalarini o`rganish va tushuntirishda muhim rol

o`ynaydi.

 

Mexanika masalalarini qarab chiqishda,  uni statika, kinematika  va



dinamika qismlariga bo`lish qabul qilingan.

 

Mexanika  eng  qadimgi  fanlardan  biri.  Bizgacha  yetib  kelgan



mexanikaga doir dastlabki qo`lyozma   va ilmiy  maqolalar qadimgi Misr

va  Gretsiya  olimlariga  ta‘luqli.  Qadimgi  saqlanib  qolgan  kitoblarda  turli

xil statika masalalariga doir izlanishlar uchraydi.

 

Birinchi  navbatda  qadimgi  Gretsiyaning  buyuk  filosofi  Aristotel



(384-322 yy. e.o.) asarlarini ko`rsatish mumkin. “Mexanika”

*

 so`zini ham



dastlab Aristotel fanga kiritgan.

 

Aristotel  o`zining  asarlarida  richag  va  boshqa  oddiy  mashinalar



muvozanati va harakatiga oid umumiy fikrlarni yozadi. U o`zining nazariy

hulosalarini hech qanday tajriba bilan tekshirib ko`rmagan. U jismga ta‘sir

*

 

 «Mexanika» so`zi grekchadan tarjima qilinganda  «inshoot», «mashina» degan ma`nolarni bildiradi.



 


 

etuvchi  kuchlarni  o`zgarmas  deb  qaragan.  Shu  bilan  birga  Aristotel  o`z

zamonasida  aytgan  tezliklarini  qo`shish  haqidagi  teorema    va  havo

og`irlikka ega degan fikrlari to`g`ri.

 

Qadimgi grek olimlaridan yana biri mashhur olim Arximed (287-212



yy.  e.o)  bo`lib,  u    birinchi  bo`lib  mexanika  muommolarini  o`rganishda

matematika usullaridan foydalanadi.

 

Arximed  jismlarning  muvozanati  va  og`irlik    markazi,  richagning



muvozanati  haqidagi  qonun,  qattiq  jism  statikasining    asosiy  prinsiplari

hamda suyuqliklarning muvozanati haqidagi nazariyaga asos soladi.

 

1.2.  Mexanikaning  rivojlanishida  O`zbekiston  hududida  yashagan

ulug`  mutafakkirlarning  ilmiy  ishlari  ham  muhim  o`rinni  egallaydi.  Abu

Rayxon  Beruniy  (973-1018),  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037),  Ulug`bek

Muhammad  Tarag`ay  (1394-1449)  kabi  mutafakkirlar  ana  shular

jumlasidandir.  Beruniy  va  ibn  Sino  asarlarida  mexanik  harakat  hamda

planetalarning harakati haqida ajoyib fikrlar bayon qilingan.

          Ibn  Sino  jism  holatini  o`zgarishi  harakatni  yuzaga  keltiradi  deb

ko`rsatadi,  jismlarning  fazodagi  harakati  (mexanik  harakat)  esa

harakatlarning xususiy holidir.

Ulug`bek planetalar harakatini  katta aniqlikda hisoblagan.

Mexanika  Uyg`onish    davrida  –  ХV  asrning  birinchi  o`n  yilligida

Italiyada, keyinchalik boshqa davlatlarda  tez rivojlandi.

Mashhur  italiyalik    rassom,  matematik,    mexanik    va  injener

Leonardo 

do 

Vinchi 


(1452-1519) 

mexanizmlar 

nazariyasini,

mashinalardagi  ishqalanishlarni,  quvurlarda  suvning  harakatini  va  qiya

tekislikda jismlarning harakatini o`rgangan.

Fanda  revolyutsion  to`ntarish  qilgan  polyak  olimi  N.  Koopernik

(1473-1543)  hisoblanadi.  U  olam  tuzilishining  geliotsentrik  sistemasini

beradi.  Bu  sistemaga  ko`ra  markazida  Quyosh  uning  atrofida  planetalar,

shuningdek Yer ham aylanadi.

Dinamikaga fan sifatida  italiyalik  olim Galileo  Galiley (1564-1642)

asos  solgan.  U  inersiya  qonunini  kashf  etib  jismning  qiya  tekislikdagi

harakatini o`rgangan, jismlarining erkin tushish qonunini kashf qilgan.

Mexanikaning  asosiy  qonunlarini  mashxur  ingliz  matematigi  va

mexanigi  Isaak  Nyuton  (1643-1727)  kashf  qilgan.  1687  yilda  bosilib

chiqqan  «Natural  falsafaning  matematik  printsiplari»  degan  kitobida  I.

Nyuton klassik mexanika qonunlarini to`liq sistemasini beradi.

Nyuton  mexanikaning  ikkita  asosiy  qonunlarini  ta‘sir  va  aks  ta‘sir

konuni va butun olam tortishish qonunini kashf etdi.




 

XVIII  asrga  kelib,  tez  sur‘atlar  bilan  mexanikaning  analitik  usuli,

ya‘ni differensial va integral hisoblash usullari rivojlana boshlaydi.

Nuqta  va  qattiq  jism  dinamikasi  masalalarini  avval  differensial

tenglamalarini tuzib keyin ularni integrallash yo`li bilan yechish usullarini

buyuk  matematik  va  mexanik  L.  Eyler  (1707-1783)  tomonidan  ishlab

chiqildi.

1743  yilda  fransuz  olimi  J.  Dalamber  (1717-1783)  bog`lanishdagi

mexanik sistemalarga ta‘luqli masalalarni Dalamber prinsipi deb ataluvchi

prinsip asosida yechish usulini berdi.

Fransuz  olimi  J.  L.  Lagranj  (1736-1813)  o`zining  “Analitik

mexanika”  (1788)  nomli  asarida  mexanika  masalalarini  mumkin  bo`lgan

ko`chish prinsipini qo`llash yordamida yechish usulini beradi.

XIX  asrga  kelib,  mashinasozlik  tez  sur‘atlar  bilan  rivojlana

boshlaydi. Natijada   kinematika mexanikadan aloxida bo`lim bo’lib ajralib

chiqadi.  Hozirgi  paytda  mashina  va  mexanizmlarning  harakatlarini

o`rganishda kinematika asosiy o`rinni egallaydi.

Mexanika fanini  rivojlanishiga katta hissa qo`shgan  rus olimlaridan

materiya  va  harakatning  chambarchas  bog`liqligini  aniqlagan  M.  V.

Lomonosov  (1711-1765),  analitik  mexanika  sohasida  ilmiy  ishlari  bilan

shuhrat  qozongan  M.  V.  Ostrogradskiy  (1801-1862),  mashina  va

mexanizmlar  nazariyasiga  asos  solgan  P.  L.  Chebishev  (1821-1891),

raketa  nazariyasi  va  suyuq  yoqilg`i  bilan  ishlaydigan  raketa  dvigateli

nazariyasiga  asos  solgan    K.E.Tsialkovskiy    (1857-1935),  o`zgaruvchan

massali jismlarning harakatini o`rgangan I. V. Meshcherskiy (1859-1935),

Yerning sun‘iy yo`ldoshlarini yaratgan va uchirgan  S.P. Korolyov (1906-

1966),  aerogidrodinamika,  tebranishlar  nazariyasi  va  kosmonavtika

sohalarida  tadqiqotlar  qilgan  M.  V.  Keldish  (1911-1978)  larning  ishlari

muhim ahamiyatiga ega.

1.3.  Mexanika  fanining  rivojlanishiga  o`zbek  olimlaridan:  iplar

mexanikasi  va  inshootlarning  seysmik  mustahkamligi  nazariyasiga  oid

qator ilmiy ishlarning  muallifi M.  T. O`rozboev (1906-1971),  inshootlar

zaminini hisoblashda  va ularni  loyihalashda, kema  zirhi  mustahkamligini

aniqlashda  qo`llaniladigan  “Raxmatulin  to`lqinlari”  nomini  olgan

to`lqinlar nazariyasini kashf qilgan X. A. Raxmatulin (1900-1988), tutash

muhitlar  mexanikasi  masalalarini  algoritmlash,  avtomatik  boshqarish

sistemalarini  yaratish  sohasida  ilmiy  ishlar  qilgan  V.K.  Qobulov  (1921

yilda tug`ilgan) larning ulkan hissalari muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 208,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin