Hujayra nazariyasining hozirgi holati Hujayra nazariyasining asosiy tomonlari quyidagilardan iborat:
hujayra tirik materiya taraqqiyotining muhim bosqichidir;
hujayra barcha tirik organizmlar tuzilishining elementar birligi, aniqrog‘i, to‘liq qimmatli elementar tirik sistemadir;
hujayra faqat morfologik emas, balki fiziologik tuzilish birlik hamdir;
ko‘p hujayralilarni filogenetik,shuningdek ontogenetik kelib chiqishi hujayralarning fiziologik faolligi va genetik imkoniyatlarini chegaralash bilan yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, hujayralar gomologik strukturalar bo‘lib qolgan holda, ular bir-birlariga analog bo‘lmay qoladilar. Ko‘p hujayrali organizmning tanasini shakllanishi albatta, uning tashkil qiluvchi hujayralarning determinatsiyalanuvi, ixtisoslashuvi va mutaxasislashuvi bilan yuz beradi, bu esa ularning xossalarida ham o‘z aksini topadi;
har qanday hujayra o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega va ma’lum doiradagi vazifalarni bajara oladi. Muhimi shuki, ixtisoslanish oxiri to‘liq hayotiy xususiyatlarni chegaralanishiga olib keladi;
ontogenezni birin-ketin keladigan ixtisoslashuv va differensiatsiya jarayonlari, deb qarash kerak, bunda hujayra elementlarining soni ortib borib gistosistemani hosil qiladi;
hech bir hujayrani u yashayotgan muhitdan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bu astalik bilan shakllanayotgan ma’lum arxitektonikaga (strukturaga) ega bo‘lgan hujayra sistemasidir. Bu hujayra nazariyasining eng muhim tomonlaridan biridir;
bu sistemalilik avvalom bor, uni tashkil qilgan hujayra elementlarining xossalarida ko‘rinadi. Ular, ham morfologik, ham fiziologik jihatdan o‘zlarining individualligini sezilarli darajada yo‘qotadi, ya’ni hujayralar mustaqil hayot faoliyatga qobiliyatini yo‘qotadi. Bu hodisa hujayra integratsiyasi deyiladi;
tizimlilik (sistemalilik) tushunchasisiz organizm haqida tasavvur hosil qilish mumkin emas. Har bir tizim hosil bo‘lish bosqichi yangi sifat hosil qilish ehtiyoji bilan yuzaga keladi. Ko‘p hujayrali organizm xususiyati shu bilan xarakterlanadi.
Organizm tarkibida tizimlilik tushunchasisiz bir butun organizmning mustaqil tuzilish birligi bo‘lgan hujayra haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilib bo‘lmaydi. Binobarin, hujayraning barcha hayotiy faoliyati o‘zining shaxsiy xususiyatlari va o‘zidan yuqori turgan tizim xususiyatlari bilan belgilanadi.
Shunday qilib, organizm bir-biriga bog‘liq tizimlarning o‘ziga xos majmuasidan iboratdir. Birinchi elementar biologik sistema-hujayradir, oxirgisi eng oliy sistema-organizmdir.
Hayot muammosi-bu tashkil bo‘lish muammosidir. U turli murakkablikdagi sistemalar bilan xarakterlanadi.
Sitologiyaning rivojlanishi hujayra nazariyasining asosiy koidalarini tuligicha tasdiqladi. Hujayralarning shakli juda xilma-xil, ularning diametrlari millimetrning bir necha mingdan bir qismidan to bir necha santimetrgacha bo’lishiga karamasdan hujayra xaqiqatdan ham tirik materiyaning elementar birligi ekan. U uz ichiga mustaqil yashash qobiliyatiga ega bo’lgan mayda birliklarni olmaydi va hujayrani maydalashga qilingan har xil urinishlar oxiri hayotiy protsesning to’xtashiga va tirik materiyaning bo’linib ketishiga olib keladi. Beistisno hamma hujayralarning ko’payishi bo’linish yo’li bilan bo’ladi. Yangi hujayralar har kachon oldingi yashayotganlardan kelib chiqadi.
Hozirgi vaqtda hujayra nazariyasining faqat bitta koidasi e’tirof etilmay qoldi. Viruslarning ochilishi ko’rsatdiki, “hujayradan tashqarida hayot yo’q” deb takidlash xato ekan. Viruslar ham hujayralar kabi ikki asosiy komponentlardan – nuklein kislotasi va oqsillardan tashkil topsa ham, viruslarning va hujayralarning strukturalari keskin farq qiladiki viruslarni materiyanung hujayraviy shakli deb bo’lmaydi. Viruslar o’zlarining shaxsiy strukturalarining komponentlarini-nuklein kislotalari va oqsillarini mustaqil sintez qilish qobiliyatlariga ega emaslar. Ularni ko’payishi faqat hujayraning fermentativ sistemalarini ishlatish bilangina mumkin. Shuning uchun virus tirik materiyaning elementar birligi bo’la olmaydi. Hujayrani organizmda sodir bo’ladigan asosiy bioximik reaksiyalarni markazi, irsiyatni tashuvchi materialni asosi sifatidagi ahamiyati sitologiyani muhim umumbiologik soxaga aylantirdi.