1-Ma’ruza: Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash. Reja


Maydonlar qiymatlarini kiritish, o’chirish va o’zgartirish



Yüklə 19,51 Kb.
səhifə3/3
tarix11.09.2023
ölçüsü19,51 Kb.
#142620
1   2   3
1-ma\'ruza

Maydonlar qiymatlarini kiritish, o’chirish va o’zgartirish
Jadvallarni o’chirish. Faqat bo’sh jadvalni o’chirish mumkin. Jadvalni o’chirish buyrug’i quyidagi ko’rinishga ega:
DROP TABLE ; Masalan: DROP TABLE Salepeople;
Jadvalni yaratilgandan so’ng o’zgartirish. Jadvalni o’zgartirish uchun ALTER TABLE buyrug’idan foydalaniladi. Bu buyruqda jadvalga yangi ustunlar qo’shish, ustunlarni o’chirish, ustunlar kattaligini o’zgartirish, hamda cheklovlarni qo’shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega.
Jadvalga ustun qo’shish buyrug’i:
ALTER TABLE ADD
;
Masalan:
ALTER TABLE Salepeople ADD Phone CHAR(7);
Qiymatlarni kiritish.
Hamma satrlar SQLda INSERT buyrug’i yordamida kiritiladi. INSERT quyidagi formatga ega:
INSERT INTO [(column [,column] ...)]
VALUES ( [,] ... );
Masalan, sotuvchilar jadvaliga yangi satr kiritish uchun quyidagi buyruqdan foydalanish mumkin:
INSERT INTO Salepeople VALUES (11, 'Peel', 'London', .12);
Ustun nomlarini ko’rsatish ham mumkin, masalan:INSERT INTO Salepeople (Sname, Comm, SNum)
VALUES ('Peel', .12, 11);
Bu yerda e’tibor berilsa City ustuni tashlab yuborilgan, chunki unga ko’zda tutilgan qiymat kiritiladi.
Satrlarni o’chirish. Satrlarni jadvaldan DELETE buyrug’i bilan o’chirish mumkin. U alohida
qiymatlarni emas faqat satrlarni o’chiradi. DELETE quyidagi formatga ega:
DELETE FROM
[WHERE search-condition];
Masalan, sotuvchilar jadvalidagi hamma satrlarni o’chirish uchun, quyidagi shartni kiritish mumkin:
DELETE FROM Salepeople;
Ma’lum satrlarni o’chirish uchun shartlardan foydalaniladi. Masalan, jadvaldan Axelrod sotuvchinio’chirish uchun uning nomerini shartda berish kerak:
DELETE FROM Salepeople WHERE SNum = 13;
Maydon qiymatlarini o’zgartirish. O’zgartirish UPDATE buyrug’i yordamida bajariladi. Bu buyruqda UPDATE ifodasidan so’ng jadval nomi va SET ifodasidan so’ng ma’lum ustun uchun o’zgartirish ko’rsatiladi.
UPDATE ikki formatga ega. Ulardan birinchisi:
UPDATE

SET column = expression [, column = expression] ...
[WHERE search-condition]
bu yerda expression - bu ustun | ifoda | konstanta | o’zgaruvchi.
Ikkinchi variant:
UPDATE

SET column = expression, ...
[ FROM table-list ]
[ WHERE search-condition ]
Masalan, hamma buyurtmachilar bahosini 200 ga o’zgartirish mumkin:
UPDATE Customers SET Rating = 200;
Ma’lum satrlarni o’zgartirish uchun DELETE dagi kabi shartlardan foydalanish kerak. Masalan, Peel (SNum=11) sotuvchining hamma buyurtmachilari uchun bir xil o’zgartirish quyidagicha kiritiladi:
UPDATE Customers SET Rating = 200 WHERE SNum = 11;SET vergul bilan ajratilgan ixtiyoriy sondagi ustunlarga qiymat tayinlashi mumkin. Masalan:
UPDATE Salepeople SET SName ='Gibson', City='Boston', Comm=.10
WHERE SNum = 14;
UPDATE buyrug’ining SET jumlasida ifodalarni ham ishlatish mumkin. Masalan: UPDATE Salepeople SET Comm = Comm * 2;


Nazorat savollari
1.SQL tili qanday til va u nima uchun ishlatiladi?
2.SQL tili standarti qachon qabul qilingan?
3.SQLda qanday ma’lumot turlari bor?
4.Qaysi buyruq yordamida yangi jadval yaratiladi?
5.Jadvalga ma’lumotlarni qo’shish va o’chirish qaysi buyruq yordamida bajariladi?
6.Jadvalga qanday cheklovlar qo’yish mumkin?
7.NUL va CHECK cheklovlarini tushuntiring.
8.Ko’zda tutilgan qiymatlarni o’rnatish deganda nima tushuniladi?
9.Maydonlar qiymatlarini kiritish, o’chirish va o’zgartirish qaysi buyruqlar yordamida amalga oshiriladi?

Yüklə 19,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin