kiberxavfsizlik - hisoblashlarga
asoslangan bilim sohasi bo ‘lib, buzg ‘unchilar mavjud bo ‘lgan sharoitda amallarni
to‘g‘ri bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va
jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga
oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning
mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini,
etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Tarmoq sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka
quyidagicha ta’rif bergan:
Kiberxavfsizlik - tizim, tarmoq va dasturlarni raqamli
hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda maxfiy axborotni
boshqarishni, almashtirishni yoki yo‘q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni;
normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. Hozirda samarali kiberxavfsizlik
choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar va ularning turlari
sonining kattaligi va buzg‘unchilar salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan
murakkablashib bormoqda.
Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati birinchi meynfreym kompyuterlar
ishlab chiqarilganidan boshlab paydo bo‘la boshlagan. Bunda mazkur
qurilmalarning va ularning vazifalarining himoyasi uchun ko‘p sathli xavfsizlik
choralari amalga oshirilgan. Milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini oshib borishi
kompleks va texnologik murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ladi.
Hozirda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan har bir
mutaxassisning kiberxavfsizlikning fundamental bilimlariga ega bo‘lishi talab
etiladi. Kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin
(1.2-rasm).
1.2 - rasm. Kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishi