Maydalagichlar klassifikatsiyasi. Maydalagichlar tuzilishiga qarab xilma – xil buladi:
Jagli maydalagichlar (щekovыe drobilki)
Konusli maydalagichlar (konusnыe drobilki)
Juvali maydalagichlar (valkovыe drobilki)
Bolgali maydalagichlar (molotkovыe drobilki) va boshqa xillari mavjud.
Jagli maydalagichlarda maydalash jarayonlari ko‘zg‘almas va ko‘zg‘aluvchan jaglar orasida xom ashyoning maydalanishi xisobiga amalga oshiriladi. Maydalagich jaglari sillik yoki mayda tishli buladi. Bu jaglar maydalagichlarning turlariga karab oddiy va murakkab xarakatlanadi. Jagli maydalagichlar asosan birinchi bosqich maydalashda va boyitish fabrikasining unumdorligi katta bo‘lgan xollarda qo’llaniladi. Bunday maydalash mashinalaring birnecha xil markadagi turlari mavjud bo‘lib, foydali kazilmalarni fizik xossalariga asoslangan xolda tanlanadi.
Konusli maydalagichlarda maydalash jarayonlari ko‘zg‘almas va ko‘zg‘aluvchan ekssentrik aylanadigan konuslar orasida xom ashyoning uzluksiz maydalanishi natijasida amalga oshiriladi. Bunday maydalagichlarning birnechta tulari mavjud bo‘lib uch bosqich li maydalashda kullash mumkin. Ularni kuyidagi turlari mavjud: katta ulchamda maydalovchi konusli maydalagich (KKD konusnoe krupnoe drobilka); urtacha ulchamda maydalovchi konusli maydalagich (KSD konusnaya srednaya drobilka); va mayda ulchamda maydalovchi konusli maydalagich (KMD konusnыy melkiy drobilka).
Juvali maydalagichlarda xom ashyo 2 ta bir-biriga karama-karshi aylanadigan silindrik yoki utkir tishli juvalar orasida uzluksiz maydalanadi.
Bolgali maydalagichlarda xom ashyo tuxtovsiz aylanadigan valga biriktirilgan birnechta bolgalarning kuchli zarbi natijasida rudalarni maydalaydi. Bunday maydalagichlardan asosan o‘rtacha va yumshoq (Fosforit rudalari, sement xom ashyolari, oxaktoshlar va h.)tog‘ jinslari hamda foydali qazilmalarni maydalash uchun foydalaniladi.
Bolgali maydalagichlar tashki tomonidan plitkalar asosida korpus kilingan bo‘lib ichki kismiga esa rotorlarga biriktirilgan bolgalardan iborat. YUkori va pastki kismlari po‘lat listlardan payvandlash yordamida yoki kuyma po‘latlar yordamida kotiriladi. Korpusning pastki tayanuvchi kismiga (rolikli yoki sharikli) podshipniklar urnatilgan bo‘lib bu podshipniklar rotor vallarini engil aylanishiga xizmat kiladi. Rotor oxirgi kismlarida ikkiti va oralik kismlarida bir nechta disklardan tashkil topgan. Bu disklar shponkalar yordamida kotiriladi. Yirik maydalash bosqich larida bu disklarga ogir bolgalar kam mikdorda urnatiladi. Kichik maydalash bosqich larida esa aksincha engil bolgalar ko‘p mikdorda urnatiladi. Maydalagichlarning tepa kismlari plitkalar yordamida futerovka kilinadi va bu futerovkalar vakti vakti bilan almashtirib turiladi. Pastki kismida esa tayanib turuvchi moslama ustida kolosnikli g‘alvir joylashtirilgan. Bu g‘alvir panjara kolosniklar blogidan, aloxida kolosniklardan yoki perforirlangan po‘latdan bo‘lib, g‘alvirlarning kolosniklari orasi maydalangan maxsulotning tushishiga karab va bolgalarning aylanish tomoniga karab 10 – 200 burchak ostida buladi.
Bolgalar esa eyilishga chidamli bo‘lgan po‘latlardan yasaladi. Maydalanadigan materialning xususiyatiga va talab darajasida maydalanishiga karab bolgalar bir necha xil shaklda, ogirligi esa 1kg dan 135kg gacha bo‘ladi.