1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja


O‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalari



Yüklə 14,26 Kb.
səhifə4/5
tarix06.02.2023
ölçüsü14,26 Kb.
#83149
1   2   3   4   5
1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja

O‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalari


Quyidagilar o‘lchov vositalarining asosiy metrologik tavsifnomalariga kiradi:

  • asbob shkalasining bo‘linishi - shkaladagi ikkita bir-biriga qo‘shni belgilar o‘rtasidagi oraliq;

  • shkala bo‘linishining uzunligi - shkaladagi ikkita bir-biriga qo‘shni o‘qlar o‘rtasidagi masofa;

  • bo‘linishning baholanishi - shkalaning ikkita bir-biriga qo‘shni belgilariga muvofiq keladigan kattaliklar mohiyatining farqi;

  • ko‘rgazmalarning diapazoni - shkalaning boshlang‘ich va oxirgi mohiyatlari bilan chegaralangan sohasi;

  • o‘lchovlarning diapazoni-o‘lchanadigan kattalik mohiyatlarining o‘lchov vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari me’yorlashtiriladigan sohasi;

  • o‘lchovlarning chegarasi - o‘lchovlar diapazonining eng katta yoki eng kam mohiyati;

  • o‘lchovchi kuch - o‘lchaydigan uchlikning u kontaktda bo‘ladigan detalga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi;

  • o‘lchov vositalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarasi - o‘lchovchi vosita ishga yaroqli va o‘lchash uchun yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblanadigan eng katta xatoligi;

  • o‘lchov vositalarining barqarorligi (stabilligi) - o‘lchovning metrologik ko‘rsatkichlarining vaqt davomidagi doimiyligini aks ettiradigan xususiyati;

  • o‘lchovning xatoligi - o‘lchov natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy mohiyati o‘rtasidagi farq;

  • o‘lchovning aniqligi - o‘lchovlar sifatining ular natijalaridagi xatolikning nolga yaqinligini aks ettiradigan tavsifi;

  • o‘lchov vositalarining aniqligi - o‘lchovlar vositalari sifatining xatoligining nolga yaqinligini aks ettiradigan tavsifi;

  • o‘lchovlarning qayta amalga oshirilishi mumkinligi ayni bir xildagi kattalikning turli sharoitlarda bajariladigan o‘lchovlari natijalarining yaqinligi;

  • o‘lchovchi asbobning sezuvchanligi - o‘lchov vositasining chiqish joyidagi signalning o‘lchanayotgan kattalikning og‘ishiga sabab bo‘lgan amalga nisbatan munosabati;

  • tuzatish - bir tizimli turdagi xatoliklarni istisno qilish va o‘lchanadigan kattalikning haqiqiy mohiyatlariga nisbatan ancha yaqin turadigan mohiyatni olish uchun o‘lchovchi asbobning ko‘rgazmasiga algebraik qo‘shib qo‘yilishi kerak bo‘lgan kattalik.




    1. Yüklə 14,26 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin