Multimedia (multi – ko‘p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo‘lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi.
Multimedia (multi – ko‘p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo‘lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi.
Multimedia – bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). Multimedianing apparat – dasturiy vositalari foydalanuvchi o‘z ish faoliyatida axborotning matn va grafik shakldan tashqari yana foydali audio va video fayllar shakllaridan foydalanish, hamda o‘zlarining animatsiyali rolik va filmlarini yaratishlari mumkin. Multimedia tushunchasi 1988 yilda Yangi texnologiyalarni amaliyotda tatbiq etish va ulardan foydalanish muammolari bilan shug‘ullanadigan yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan shakllantirilgan.
Multimedianing uchta asosiy tamoyili:
Multimedianing uchta asosiy tamoyili:
1. Axborotni odam qabul qila oladigan bir nechta muhit yordamida tasvirlash. (multi –ko‘p, va media — muhit);
2. Foydalanuvchi tomonidan “mustaqil qidiruv” asosida dastur chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o‘zining mustaqil usullarini qo‘llash;