1-ma’ruza. Murakkab programma tizimlarini ishlab chiqish muammolari. Programma ta’minotining hayotiy sikli. Programma ta’minotining arxitekturasi



Yüklə 282,69 Kb.
səhifə8/31
tarix18.06.2023
ölçüsü282,69 Kb.
#132154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Dasturiy injenering ma\'ruzalar

Tizim va uning ma'lumotlari maxfiyligiga tahdidlar. Bular axborotlarning autorizatsiyadan o'tmagan shaxslar yoki dasturlarga ochilishiga sabab bo'lishi mumkin.

  • Tizim va uning ma'lumotlari sofligiga tahdid. Bu tahdidlar dasturiy ta'minot yoki ma'lumotlarga zarar yekazishi, ularni buzishi mumkin.

  • Tizim va uning ma'lumotlari tayyorligiga tahdidlar. Bu tahdidlar autorizatsiyadan o'tgan foydalanuvchilarga ruxsatlarni chegaralab qo'yishi mumkin.

    Albatta bu tahdidlar o'zaro ichki bog'lanishga ega Agar hujum tizim tayyorligiga zarar yetkazsa, unda siz vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan axborotlarni yangilay olmaysiz. Bu o'z navbatida tizim sofligini yo'qqa chiqaradi. Shunday qilib zararlar bir - biriga ulanib ketadi.
    Amalda, sotsialtexnik tizimlardagi ko'pchilik himoya zaifligi texnik muammolardan ko'ra ko'proq insonlarning xatolari natijasida paydo bo'ladi. Odamlar oson parollar tanlaydilar, yoki parollarini topib olish oson bo'lgan joylarga yozib qo'yadilar, tizim administratorlari ruxsatlarni belgilashda yoki fayllarni joylashtirishda xato qiladilar bundan tashqari foydalanuvchilar himoyalovchi dasturiy ta'minotlarni qo'llamaydilar.
    Siz tizim xavfsizligini kuchaytirish uchun qo'yishingiz mumkin bo'lgan nazoratlar quyidagilardir:

    1. Himoya zaifligidan chetlanish. Qilinayotgan hujumlar muvaffaqiyatsiz bo'lishiga ishonch hosil qilish uchun qo'yiladigan nazoratlar. Bu yerda strategiya tizimni xavfsizlikka oid muammolardan chetda loyihalashdan iborat. Masalan, harbiy tizimlar mahalliy tarmoqlarga ulanmagan bo'ladi, shuning uchun ularga tashqi kirish yo'llari berkdir. Ma'lumotlarni shifrlashni ham bu turdagi nazoratlarga kiritish mumkin. Shifrlangan ma'lumotga har qanday autorizatsiyasiz kirishda, bu ma'lumot hujumchilar tomonidan o'qib bo'lmaydigan ko'rinishda bo'ladi. Amalda, kuchli shifrlangan ma'lumotlarni deshifrlash ko'p vaqt talab qiladi va qimmatga tushadi.

    2. Hujumni aniqlash va uni bartaraf etish. Bu turdagi nazoratlar hujumlarni aniqlab ularni yo'q qilishga mo'ljallangan. Bu nazoratlar tizimda bajarilayotgan amallarni kuzatib turadi va g'ayrioddiy holatni aniqlaganda chora ko'radi: tizimning ushbu qismini o'chirib qo'yishi yoki aniqlangan foydalanuvchiga kirish yo'lini yopib qo'yishi mumkin.

    3. Chegaralar qo'yish va tiklash. Bu nazoratlar muammolardan keyin qayta tiklanishni qo'llab-quvvatlaydi.

    Talabga javob beradigan xavfsizliksiz, biz tizimning tayyorligi, mustahkamligi hamda himoyalanganligiga ishonolmaymiz.
    Tizimni ishlab chiqarishdagi xatoliklar keyinchalik xavfsizlikni aylanib o'tilishiga olib kelishi mumkin. Agar tizim ko'zda tutilmagan kiruvchi parametrlarga javob bermasa yoki kiritilayotgan massiv ko'riniishidagi ma'lumotlarning chegarasi aniqlanmasa, hujumchilar bu zaifliklardan tizimga ruxsatsiz kirish uchun foydalanishlari mumkin. Asosiy xavfsizlik buzilish hodisalari ushbu zaifliklar orqali kelib chiqadi. C# tilida tuzilgan dasturlar massiv chegarasini tekshirishni o'z ichiga olmaydi, bu esa tizimga ruxsatsiz kirish orqali xotiraning biror qismini qayta yozishga imkon yaratadi.

      1. Dasturiy ta'minot ishonchliligi va xavfsizligining xususiyatlari

    11Tizimning ishonchliligi apparat ta'minot ishonchliligi, dasturiy ta'minot ishonchliligi hamda tizim operatorlari ishonchliligiga bog'liq. Tizim dasturiy ta'minoti bu yerda alohida o'rin tutadi. Bu o'z ichiga dasturiy ta'minot nosozligini qoplaydigan talablarni olish bilan birga operator hamda apparat ishonchlilik talablariga bog'liq bo'lib apparatdagi nosozliklar hamda operator xatolarini aniqlashda yordam berishi mumkin.
    Ishonchlilik xavfsizlik hamda himoyalanganlikdan farqli ravishda tizimning o'lchasa bo'ladigan xususiyatdir. Tizim ishonchlilik darajasini tavsiflash mumkin, biror vaqt daomida tizim amallari kuzatib turiladi, hamda talab qilingan ishonchlilikka erishilgan bo'lsa bu belgilab qo'yiladi. Masalan, ishonchlilikka quyidagicha talab qo'yish mumkin: tizim qayta yuklanishiga sabab bo'ladigan tizim nosozligi haftada bir martadan ortiq ro'y bermasin. Aytilgan nosozlik har ro'y berganda siz bundan xabar topasiz hamda belgilab qo'yasiz, shunday qilib talab etilgan ishonchlilikka erishildimi yo yo'qmi bilib olasiz. Agar erishilmagan bo'lsa ishonchlilik talablarini qayta ko'rib chiqasiz yoki tizimdagi muammolarni tuzatishga kirishasiz. Siz past darajadagi ishonchlilikka ham rozi bo'laverishingiz mumkin, chunki ishonchlilikni oshirish uchun tizimga kiritiladigan o'zgartirishlar juda qimmatga tushishi mumkin.
    Ishonchlilik talablari ikkiga bo'linadi:

    1. Nofunksional talablar. Bular tizim normal ishlab turganida yoki tizim ishga tayyor bo'lmaganida qabul qilinishi mumkin bo'lgan nosozliklar sonini aniqlaydi.

    2. Funksional talablar. Bular tizim va dasturiy ta'minotning dasturiy ta'minot nuqsonlarini chetlatish, aniqlash va ularga bardosh berish funksiyalarini aniqlaydi va bu nuqsonlar tizim nosozligiga olib kelmasligini ta'minlaydi.

    Ishonchlilik talablari shunga bogliq bo'lgan funksional tizim talablariga yo'l ochadi. Biror darajadagi ishonchlilikka erishish uchun bu tizimning funksional hamda loyihaviy talablari aniqlanadigan xatoliklarni hamda ular tizim nosozligiga olib kelmasligini ta'minlash uchun ko'riladigan choralarni tavsiflamog'i lozim.
    Umuman olganda tizim ishonchliligini o'sha tizim biror operatsion muhitda ishlatilganida tizim nosozligi ro'y berishi ehtimoli bilan tavsiflash mumkin. Maslan 1000 ta ixtiyoriy xizmatdan bittadida nosozlik ro'y bersa unda nosozlik ehtimolligi 0.001 bo'ladi. Albatta bu har 1000 ta amalda, aniq bitta nosozlik uchraydi degani emas. Bu agar siz 1000 * N ta amalni kuzatsangiz shunda nosozliklar soni N atrofida bo'ladi degan ma'noni anglatadi.
    Ishonchlilikni tavsiflash uchun ikkita asosiy miqdordan va bunga qo'shimcha ravishda ishonchlilikka bo'gliq bo'lga xususiyat tayyorlikni tavsiflash uchun yana bitta miqdordan foydalaniladi:


    1. Yüklə 282,69 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin