1-Ma`ruza. O`rta Osiyo xalqlarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining manbashunoslik masalalari. (XIX asrning ikkinchi yarmi 1917 yil). Reja



Yüklə 79 Kb.
səhifə6/7
tarix25.09.2023
ölçüsü79 Kb.
#148097
1   2   3   4   5   6   7
1 Ma`ruza O`rta Osiyo xalqlarining chor Rossiyasi tomonidan bosib

Turkiston shahri ham ruslar tomnidan bosib olindi. Navbatdagi shahar Chimkent edi. Chimkent shahri ikki yo’nalishni birlashtiruvchi nuqta sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo’lsa, vatan himoyachilari uchun xonlikning ichkari hududlariga ruslarning kirib kelishiga to’siq bo’luvchi so’nggi kuchli tayanch edi. Vatan himoyachilari rus bosqinchiligiga qarshi kurashlarga rahbarlik qilgan eng mahoratli sarkarda Mullo Aliquli Amirlashkar boshchiligida ruslarga qaqshatqich zarba beradi va 22 iyul kuni mag’lubiyatga uchragan rus qo’mondonlari sulh so’rab Aliquli Amirlashkargi murojaat qiladi. Amirlashkar ularga Oqmachit, Avliyoota, Turkiston shaharlarini qaytarish va 200 ming tillo tovon to’lash sharti bilan omonlik beradi. Biroq ruslar ikki oy davomida qaytadan kuch to’plab, Chimkentga qayta hujum qiladi. Shiddatli kechgan muxorabada ruslarning zamonaviy qurollari ustunlik qilib, himoyachilarni mag’lubiyatga uchratadi. 22 sentyabr kuni Chimkent bosib olinadi. 1864 yilning kuzida qo’qonga qaytgan Aliquli davlat ishlari mashg’ul bo’ladi. 1 oktyabrda general Chernyaevning Toshkentga hujum qilganligi haqidagi habar qo’qonga yetib borishi bilanoq 10 ming kishilik qo’shin bilan Toshkent mudofaasiga otlanadi. Bu vaqtda esa toshkentliklar Kushparvonachi va Mirzo Axmad boshchiligida ruslarga qattiq zarba berib, ularni Chimkentga qochishga majbur qiladi. Toshkentga yetib kelgan Aliquli Amirlashkar bu yerda birmuncha vaqt bo’lib, Toshkent qal’asini mustahkamlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. 4-6 dekabr kunlari esa ruslarni g’aflatda qoldirib, 10 ming kishilik qo’shin bilan bu vaqt ruslar qo’lida bo’lgan Turkistonga qarashli Ikonga yurish qilib, yuzboshi Serov boshchiligidagi otryadni mag’lubiyatga uchratadi. Aliqulining bu yurishi rus generallari tomonidan urushlar davridagi eng ajoyib harbiy san’at sifatida e’tirof etilgan edi. Keyingi oylarda Amirlashkar tashqi siyosat va elchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lib turgan vaqtda rus harbiylari Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik qurayotgan edilar. Avvalgi mag’lubiyatdan alamzada bo’lgan rus generali M.G.CHernyaev 1865 yilning aprelida Toshkent bekligiga qarshili vas haharni suv bilan ta’minlovchi
Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin