SPYDER IDE (
https://python.sariq.dev/ilk-qadamlar/01-software#spyder-
ide
)
Spyder — Python tilida kod yozich uchun moʻljallangan dasturlash muhiti va
bizning asosiy ish qurolimizdir. Ingliz tilida dasturlash muhiti - IDE (Integrated
Development Environment) deyiladi.
Dastur yozish uchun yuzlab turli muhitlar bor. Aslida, umuman muhitsiz,
oddiy matn redaktorida ham kod yozishimiz mumkin edi. Lekin Spyder va unga
oʻxshash muhitlar dasturchilarning ishini yengillatishga qaratilgan. Muhitlar turli
qoʻshimcha funktsiyalar va foydali xossalarga boy boʻladi.
Python
uchun
mavjud
Dasturlash
Muhitlari.
Manba:
https://www.indianaiexpert.com/best-python-ide-2019/
Kelajakda siz oʻzingiz uchun qulay muhitni tanlab, yangi dasturlarni yangi
muhitda yozishingiz mumkin. Boshlanishiga esa biz Anaconda bilan birga keladigan
qulay va sodda, lekin shu bilan birga funktsiyalarga boy boʻlgan Spyder muhitini
tanlaymiz.
Spyder dasturini Android Navigator yoki Windows orqali toʻgʻridan-toʻgʻri
ochish mumkin.
KITE (
https://python.sariq.dev/ilk-qadamlar/01-software#kite
)
Spyder dastruni ilk marotaba ochganimizda Kite dasturlash yordamchisini
(pogramming assistant) oʻrnatishni taklif qilishi mumkin.
Kite —sun'iy intellekt asosida ishlovchi virtual yordamchi boʻlib, kod
yozishni osonlashtiradi. Kite yordamida istalgan funktsiya yoki komanda haqida
qoʻshimcha ma'lumot olishingiz mumkin. Shungdek Kite sizga kodlarni toʻgʻri
yozishda ishora (подсказка) ham koʻrsatib turadi.
Maslahatim, 5 minut vaqtingizni qizgʻanmay, Kite yordamchisini ham
oʻrnating:
Install Kite tugmasini bosing.
Kite yordamchisini oʻrnatish jarayoni
va nihoyat Spyder IDE ochiladi:
Yuqoridagi qadamlarni muvaffqaiyatli yakunlagan boʻlsangiz, siz birinchi
dasturingizni yozishga tayyorsiz!