O‘sha 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The Digital Economy» kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatning evolyutsion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot 8 muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantiradigan 12 muhim belgilarni keltirgan.

Ular quyidagilardir:
Bilimlar – biznesda va umuman iqtisodiyotda asosiy e’tibor inson kapitali – bilimdan foydalanishga qaratiladi. Raqamli iqtisodiyotda Bilim harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, boshqa an’anaviy manbalar ikkinchi darajali. Bilim bilan yangi imkoniyatlar tufayli kuch va hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘li keladi. Bu shuni anglatadiki, tashkilotlar xodimlar to‘g‘risidagi fikrlarini o‘zgartirishga majburlanadi va ishchilarningaqliy qobiliyatini saqlab qolish va rivojlantirishga harakat qiladi.
Raqamlashtirish – endi bilimlarni raqamli ravishda saqlash mumkin. Oldingi iqtisodiyotda ma’lumotlar analogli yoki jismoniy bo‘lgan va ma’lumot almashish faqat odamlarning bevosita aloqasi orqali amalga oshirilgan. Raqamli iqtisodiyotda axborotlar hisoblash
qurilmalar yordamida raqamli shaklda ifodalangan. Bu dunyoning turli odamlar orasida qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi ma’lumotlarning erkin harakatlanishiga imkon beradi.
qurilmalar yordamida raqamli shaklda ifodalangan. Bu dunyoning turli odamlar orasida qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi ma’lumotlarning erkin harakatlanishiga imkon beradi.
3. Virtuallashtirish – raqamli iqtisodiyotda jismoniy va moddiy Buyurmalarni virtual ko‘rinishga aylantirish mumkin. Demak, turli xil munosabatlarga (sanoat, ijtimoiy va boshqalar), tegishli bo‘lgan oldin qabul qilingan qoidalarni va iqtisodiy faoliyatning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi .
4. Dinamizm – an’anaviy tashkiliy tuzilmalar yanada dinamik ish muhitiga yo‘l beradi. Loyihalashtirish ishlari dunyoning turli burchaklaridan turib birga ishlayotgan odamlar tomonidan amalga oshirilsa yanada samaraliroq bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyotda ular “yengil tashkilot” deyiladi. Ular yangi sharoitlarda omon qoladi, "og‘ir tashkilotlar" esa statik, oxir-oqibat raqamli iqtisodiyot sharoitlarigamoslasha olomaganligi tufayli yo‘qolib ketadi.
5. Integratsiya – mikro darajada alohida tashkilot yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hisobiga kichik kompaniyalarning barcha afzalliklariga ega. Makro darajada, iqtisodiyot har doimgidek ishlaydi, chunki barcha ishtirokchilar – yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va boshqalar bir biri bilan aloqador bo‘lib birlashadi.