1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


– MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK DAVLAT FONDI



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə41/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

12 – MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK DAVLAT FONDI


Respublikamizda oliy ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichi ta’lim mazmuni va metodikasiga, uning samaradorligini oshirishga sifat jihatdan yangi talablar qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublika-sini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish1” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. SHu nuqtai nazardan, kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish hamda innovatsion faoliyatning reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchi va kreativ darajalarini puxta egallashlari uchun pedagogik shart-sharoitlar va didaktik imkoniyatlarni ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.


Тараққий этган жамиятда таълим тизимини ривожлантиришнинг стратегик йўналиши – бу инсоннинг турли соҳаларда мақсадли мустақил фаолияти асосида унинг интеллектуал ва ахлоқий ривожланишидир
N.N.Mankoning fikricha, pedagogning texnologik kompetentliligi – mavjud pedagogik tizim ob’ektlarini o‘zgartirish faoliyatida qo‘llaniladigan kreativ­texnologik bilimlar, qobiliyatlar va stereotiplar tizimidir. «Bilim olish faoliyatining amaliy va intellektual mexanizmlarini takomillashtirish, didaktik vositalar yordamida o‘qish­o‘rganish faoliyatining rejasini tuzish, o‘quv faoliyatlarini rejalashtirish boshqaruv hamda shakllantirishni tartibga keltirishning texnologik­pedagogik asoslari hisoblanadi
Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnologik asosda rivojlantirish uzluksiz ta’lim tizimida yangi malakaga ega kasbiy ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarning muhim manbaini shakllantirishni talab etadi. Bu ma’noda tadqiqot ishida kasbiy ijodkorlik tushunchasi mutaxassislik ko‘nikma va malakalarini ilmiy-texnik bilimlar hamda iqtisodiyot sohalari innovatsion faoliyatini ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ijodkorlik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat jarayoni sifatida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi. O‘zbekiston Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi patent egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intelektual mulk ob’ektlariga nisbatan huquq hamda majburiyatlarini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi.
Intelektual mulk davlat fondi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai sanoat mulki va intelektual mulkning boshqa turlari ob’ektlaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablag‘larning bir qismidan, davlat byudjeti mablag‘lari hamda boshqa tushumlardan iborat bo‘ladi.
Intellektual mulk davlat fondi o‘z faoliyatini «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ustavga binoan amalga oshiradi.
Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo‘limlaridan foydalanish. Bilimlar banki – ma’lum vazifani bajaruvchi ob’ekt sinfiga oid bo‘lgan va ishlash mezonlari, amalga oshish, yuzaga kelish ketma-ketligiga ko‘ra tizimlangan, uzluksiz ravishda boyitib boriladigan axborot va ma’lumotlar majmui sifatida ishlab chiqildi.
O‘quvchilarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-texnik ma’lumotlar bilan tanishish muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarga axborotnomalar, ilmiy atamalar bo‘yicha ma’lumotlar, ilmiy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari muhim manba vazifasini o‘taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Axborot texnologiyasi axborotni tezkor qabul qilish va qo‘llashni, ta’lim muassasasi jamoasining faoliyatini jadallashtirishni ta’minlaydi.
Bunda beriladigan ma’lumotlar imkon darajasida qisqa va lo‘nda ifodalanib, tegishli bo‘limlarga joylashtirilganligi sababli axborot jamlamalarining juda ixcham bo‘lishiga erishiladi. Bilimlar bankining o‘ziga xos xususiyatlaridan biriuning uzluksiz ravishda yangi ma’lumotlar bilan boyib borishidir. Bu vazifani amalga oshirishda ikki usuldan foydalaniladi: birinchi holatda o‘qituvchi o‘z ustida qo‘shimcha ishlashi natijasida olgan yangi bilimlarini doimiy ravishda bilimlar bankiga kiritib boradi. Ikkinchi holatda talaba tomonidan taklif qilingan axborot o‘qituvchi tomonidan tahrir qilinadi va bilimlar bankiga kiritiladi.
Texnik echimlarni ishlab chiqishning muayyan bosqichlarida bilimlar bankidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 1 - shaklda keltirilgan bo‘limlarga ajratildi.
Ilmiy texnika ijodkorligi samaradorligi tobora ko‘proq darajada axborotlar bilan ishlash tezligi va unumdorligiga bog‘liq bo‘lib borayotganligini hisobga olib bilimlar bankini ishlab chiqishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin