1-ma’ruza. To’plamlar sistemasi
1-ma’ruza. To’plamlar sistemasi
To‘plamlar sistemasi deganda, elementlari to‘plamlardan iborat to‘plamni tushunamiz.
1-Ta’rif. Agar H to‘plamlar sistemasining istalgan ikkita A va B elementlari uchun ABH va ABH munosabatlar o‘rinli bo‘lsa, u holda H sistema to‘plamlar halqasi (qisqacha halqa) deyiladi.
2-Ta’rif. Agar H to‘plamlar sistemasining biror E elementi va shu sistemaning istalgan A elementi uchun EA=A tenglik o‘rinli bo‘lsa, u holda E element N sistemaning birlik elementi deyiladi.
Halqada birlik element (agar bor bo‘lsa) yagona bo‘ladi.
3-Ta’rif. Birlik elementga ega bo‘lgan H to‘plamlar halqasi to‘plamlar algebrasi deyiladi.
Misol: Biror E to‘plam olib, uning barcha qism to‘plamlaridan tuzilgan H to‘plam ostilar sistemasini qaraymiz. Istalgan ikkita AH va BH uchun ABH va ABH munosabatlarning o‘rinli ekanligi H ning tuzilishidan ko‘rinib turibdi. Demak, bu to‘plamlar sistemasi halqa tashkil etadi. E to‘plamning o‘zi, H sistema uchun birlik element bo‘ladi. Demak, H to‘plam ostilar sistemasi ayni vaqtda to‘plamlar algebrasi ham ekan.
Kelgusida I orqali indekslar to‘plamini belgilaymiz.
1-Teorema. Istalgan sondagi {H,I} halqalar sistemasining kesishmasi H= ham halqa bo‘ladi.
Isboti. Aytaylik A,BH bo‘lsin. U holda ixtiyoriy I uchun A,BH bo‘ladi. Endi H ning halqa ekanligidan, ixtiyoriy I uchun AB, ABH kelib chiqadi. Demak, AB, ABH.
Bu teorema quyidagi tushunchani kiritishda asosiy vazifani bajaradi.
Faraz qilaylik, {F, I} halqalar to‘plami berilgan va ixtiyoriy I uchun HF bo‘lsin.
4-ta’rif. Agar {F} larning biror elementi uchun shart ixtiyoriy I uchun bajarilsa, ya’ni, = bo‘lsa, u holda halqa H sistemani o‘z ichiga olgan minimal halqa deyiladi.
2-Teorema. Har qanday N to‘plamlar sistemasi uchun shu sitemani o‘z ichiga oluvchi yagona minimal halqa mavjud.
Kelgusida, H to‘plamlar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi minimal halqani (N) ko‘rinishda belgilanadi.
5-ta’rif. Biror H to‘plamlar sistemasi quyidagi uch shartni qanoatlantirsa, u yarim halqa deyiladi:
1. N;
2. Ixtiyoriy A, BN uchun ABN;
3. A1A shartni qanoatlantiruvchi A1, AH elementlar uchun H da, o‘zaro kesishmaydigan chekli sondagi A2, A3, . . ., An elementlar topiladiki, ular uchun A=A1A2...An tenglik o‘rinli bo‘ladi.
Shunisi e’tiborliki, yarim halqani o‘z ichiga olgan minimal halqa elementlarini, shu yarim halqa elementlari orqali ifodalash, ya’ni topish mumkin ekan.
3-Teorema. Berilgan H yarim halqani o‘z ichiga olgan (H) minimal halqaning har bir A elementi H yarim halqadan olingan soni chekli o‘zaro kesishmaydigan A1, A2, A3, . . . ,An to‘plamlarning birlashmasidan iborat, ya’ni har bir A(H) ushbu ko‘rinishga ega:
A=A1A2...An, AiH, i=1,2,...,n, AiAj=, i j. (1)
Isboti. H ning elementlaridan tuzilgan (1) ko‘rinishdagi to‘plamlar sistemasini, F orqali belgilaymiz. Agar A,BF bo‘lsa, u holda ularning har biri o‘zaro kesishmaydigan to‘plamlarga yoyiladi: A=Ai, B=Bj , Ai, BjH. Endi, H yarim halqa ekanligidan Sij =AiBjH bo‘ladi. Yana bir bor yarim halqa ta’rifidan foydalanib, Ai=jCijkDik, Bj=iCijsEjs shartlarni qanoatlantiruvchi o‘zaro kesishmaydigan Dik,EjsH lar mavjudligini aniqlaymiz. Bulardan AH, ABF kelib chiqadi. Demak, F to‘plam halqa ekan va H ni o‘z ichiga oladi. Teorema isbot bo‘ldi.
Ko‘p masalalarda to‘plamlar sistemasi H dan olingan, sanoqli sondagi elemetlarining birlashmasi va kesishmasini qarashga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli quydagi ta’rifni kiritamiz.
5-Ta’rif. Agar H to‘plamlar halqasida AnH, n=1,2,3, ... munosabatdan A=H munosabat kelib chiqsa, u holda bunday halqa -halqa deyiladi.
Birlik elementga ega bo‘lgan -halqa, -algebra deyiladi.
Misol. Agar H sifatida H={1,2,3,...,n,...} to‘plamning barcha qism to‘plamlaridan tuzilgan to‘plam ostilar to‘plami qaralsa, u holda H to‘plamlar sistemasining halqa bo‘lishi o‘z-o‘zidan ravshan. Undan tashqari, H to‘plamning sanoqli sondagi qism to‘plamlarining yig‘indisi ham uning qism to‘plami bo‘ladi. Demak, H to‘plamlar sistemasi -halqa ekan. Ayni vaqtda H -algebra ham bo‘ladi. Chunki H to‘plamning o‘zi H ning birlik elementi vazifasini bajaradi.
6-Ta’rif. Agar H to‘plamlar halqasida AnH, n=1,2,3, ... munosabatdan A=H munosabat kelib chiqsa, bunday halqa -halqa deyiladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |