1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja


Virusologiya sohasidagi ba’zi kashfiyotlar



Yüklə 345 Kb.
səhifə2/9
tarix20.02.2023
ölçüsü345 Kb.
#85106
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja

Virusologiya sohasidagi ba’zi kashfiyotlar
Avvaldan viruslar mikrodunyosini o‘rganish virusologiya sohasida ishlaydigan olimlarnigina emas, balki viruslar umumbiologiya muammolarni echishda ham eng qulay ob’ekt bo‘lib kelganliklari sababli biologiya, molekulyar biologiya, genetika, molekulyar genetika, boshqa sohadagi tadqiodchilarning ham diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Viruslarni sodda tuzilishga egaligi, sirliligi, paradoksal xususiyatlari uni umumbiologiya masalalarini echishda bebaho ob’ekt ekanligini ko‘rsatdi. Har yili viruslarni tabiati, o‘zgaruvchanligi, odam organizmining viruslardan himoyalovchi faktorlar, viruslarni diagnostikasi va identifikatsiya qilish, odam, hayvon va o‘simliklarni virus kasalliklariga qarshi kurash choralari haqida, yangi, ilgari ma’lum bo‘lmagan viruslarni ochilganligi haqida cheksiz ma’lumotlar oqimlari to‘planib bormoqda. Hozirgi kunda viruslar mediklar, veterenarlar, fitopatologlar, genetiklar, fiziklar, ximiklar, kristallograflar va hayotni paydo bo‘lishi muammolarini o‘rganadigan faylasuflarni ham tadqiqod qiladigan markaziy ob’ektiga aylandi. Ular zamonaviy fanlarni kardinal muammolarini echishda, ya’ni oqsil, nuklein kislotalarni hujayradagi biosintezi mexanizmlarini o‘rganishda tengi yo‘q ob’ekt bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bularni hozirgi kunda virusologlar tomonidan qabul qilingani va viruslar xususiyatlarini to‘la aks etdiradigani Rossiya Meditsina fanlari Akademiyasinig akademigi, Virusologiya institutining direktori bo‘lgan akademik V.M. Jdanov (15) tomonidan viruslarga shu vaqtgacha berilgan ta’riflar asosida va ularni oxirgi fan yutuqlariga asoslanib viruslarga quyidagicha ta’rif beradi: “Viruslar - tabiatning yaratgan mikroskopik, molekulalarga yaqin bo‘lgan, o‘ziga xos parazitlik qilib yashaydigan, xilma-xil, ko‘p sonli guruhlarga ega, nuklein kislotasining sintezi har xil darajada hujayraga bog‘liq bo‘lgan, hujayra oqsil sintezi va energetik sistemasiga esa to‘la bog‘liq bo‘lgan va mustaqil evolyusiyaga uchraydigan avtonom genetik strukturalar bo‘lib, saltanatiga birlashgan hayotning hujayrasiz formasidir”.
“Viruslar minimal organizmlar bo‘lgan mikoplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylar kabi o‘z oqsil sintezlovchi sistemalariga ham ega bo‘lmagan, nuklein kislotasining sintezi hujayraga har xil darajada bog‘liq bo‘lgan, hujayra oqsil sintezi va energetik sistemasiga esa to‘la bog‘liq bo‘lgan va mustaqil evolyusiyaga uchraydigan, avtonom genetik strukturalar bo‘lib, tabiatning mikroskopik molekulalarga yaqin qilib yaratgan, o‘ziga xos parazitlik qilib yashaydigan, xilma-xil, ko‘p sonli guruhlarga ega va Vira saltanatiga birlashgan hayotning hujayrasiz formasidir”.

Yüklə 345 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin