1-Ma’ruza: Yuqori molekulali birikmalarning asosiy tushunchalari.
YuMB (polimer)ning molekulasi yoki makromolekula (yunonchadan makros-katta, buyuk) yuzlab va minglab atomlardan tashkil topgan, ular o’zaro bo’sh valent bog’lar bilan bog’langandir.
Kelib chiqishi va olinish usuliga qarab YuMB tabiiy, sun’iy va sintetik polimerlarga bo’linadilar.
Tabiiy materiallardan ajratib olingan polimerlar tabiiy polimerlar deyiladi (tsellyuloza, kanifol, shellak).
Tabiiy polimerlarni kimyoviy modifikatsiyalab olingan polimerlar tabiiypolimerlar deyiladi (tsellyuloza efirlari).
Quyi molekulyar birikmalardan sintetik usulda olingan polimerlar sintetikpolimerlar deyiladi (PE, PS, PVX, PK, PA va x.k). Elementar zvenoning kimyoviy tuzilishi bo’yicha polimerlar organik, noorganik va elementoorganik polimerlarga bo’linadilar.
Organik polimerlar S-N bog’lar, funktsional guruxlar saqlab tarkibida azot, kislorod, galogen kabi atomlar bo’lishi mumkin.
Noorganikpolimerlar S-N boglarni saqlamaydi.
Elementoorganikpolimerlar organik va noorganik guruxlardan tashkil topadi.
R - organik radikal
Bog’larning qutblanganligiga qarab polimerlar qutbli va qutbsizlarga bulinadilar.
Asosiy zanjir atomlarining tabiatiga qarab polimerlar gomozanjirli va geterozanjirlilarga bulinadilar.
Gomozanjirlipolimerlarda asosiy zanjir bir xil atomlardan tashkil topgan bo’ladi.
Geterozanjirli polimerlarda asosiy zanjir ikki va undan ortiq atomlardan tashkil topgan bo’ladi.
Makromolekulasi bir xil qaytariluvchan zvenolardan tashkil topgan polimer GOMOPOLIMER deyiladi.
Makromolekulasi bir necha turdagi monomer zvenolaridan tashkil topgan polimerlar SOPOLIMERLAR deyiladi. Sopolimerlarning quyidagi turlari mavjud:
Statistik .......- A A V A V V A - .....
Tartibli ketma-ket ......- A V A V A V A - ........
Blok-sopolimerlar ...... – A A A A V V V - .......
Payvand sopolimerlar ..... – A A A A A A A - .....
V V
V V
V V
V V
A va V - qaytariluvchan zvenolarni shartli belgisi
Asosiy zanjir tuzilishiga qarab makromolekulalarni chiziqli juft chiziqli,tarmoqlangan va tursimon turlarini farqlanadi.