1-Машғулот


-rasm; Baqa yuragi ishini kimografda yozib olish



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
 
16-rasm; Baqa yuragi ishini kimografda yozib olish. 
 
 
 
 
 
 


36 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17-rasm; Baqa yuragi ishiga adrenalin va asetilxolinning ta`siri kimogrammasi. 
 
2-ish: Baqa yuragining faoliyatiga adashgan va simpatik nervlarning ta`siri. 
Ishning maqsadi:
Yurakni adashgan va simpatik nervlar tomonidan 
boshqarilishni o`rganish. 
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Kimograf, yurak qisqarishni 
yozib oladigan asboblar, elektrostimulyator, yurak, elektrodlar, simlar, jarrohlik 
taxta, jarrohlik asboblar yig`indisi, Ringer eritmasi, ip, paxta, baqa. 
Ishni bajarish tartibi;
Baqaning orqa miyasini jarohatlab, harakatsizlantiring va 
jarrohlik taxtashasiga yotqizing. Ko`krak-qorin qismini qirqib,yurakni oching. Qirqishni 
og`iz diagrammasining pastki sathigacha davom ettiring. Til-tomoq va til osti 
nervlarining tugunlarini toping. Ularni nervlari bo`ylab jag` burchagigacha tushing va 
muskul hamda bog`lamlardan ajrating. To`qimalarni siljitib, tarkibida vagosimpatik 
nervni tutgan tomir-nerv bog`lamini toping. Tomir nerv bog`lami ostidan ligaturaga 
o`tqazing (yurakdan biroz uzoqroqda) va uni shunday qirqingki, periferik uchi 
ligaturada qolsin. Yurak uchini serfin bilan qistirib olib, uni engel’man richagi bilan 
bog`lang. Tomir-nerv bog`lamini sekinlik bilan ko`tarib (ligatura yordami bilan) 
uning ostiga elektrod qo`ying. Kimografda yurak qisqarishini yozib oling. Nervga 2 
sekund davomida ritmik o`rtacha kuchga ega bo`lgan tok bilan ta`sir eting, yurak 
qisqarishining pasayishini yoki uning diostola holatida to`xtab qolishini kuzating. 
Yozishni davom ettirib, yurak chastotasi va yurak muskuli kuchining sekinlik bilan 
kuchayishiga e`tibor bering. Bu kuchayish simpatik nerv tolasining qo`zg`alishi 
natijasida yuzaga keladi.
Topshiriq: 
Kardiogrammani chizing va vagosimpatik bog`lamini ta`sirlaganda 
yurakning bergan effektini tushuntiring.
1. Nerv boshqarilish deganda nima tushuniladi? 
2. Odam yuragini qaysi nervlar boshqaradi? 
3. Yurak faoliyatiga simpatik va nosimpatik nervlar qanday ta`sir ko`rsatadi? 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin