20
miya qopqog`iga tirab pastga tushirmaslikka harakat qilish kerak. Bosh miyani to
ko`rish do`mboqlarigacha oching va bosh miya bilan ko`rish do`mbog`ini oldingi qutbi
oldi o`rtasidan qirqing. Qirqilgan qismidan keraksiz qismini olib tashlang.
Tayyorlangan baqani shtativ ilmog`iga osish va qon to`xtaguncha uni tinch qo`ying,
qotgan qonni esa sekinlik bilan olib tashlang. Qirqilgan miya sathini paxta bilan
quriting va tajrabani boshlang.
a) Tyurk metodi bilan refleks vaqtini aniqlang. Ta`sirlash uchun sul’fat
kislotasining 0,3% ligidan foydalaning. Ta`sir etgandan so`ng baqa oyog`ini suvga
yuvib tashlang.
b) Refleks vaqtini 2-3 marta qaytarib aniqlagandan so`ng ko`rish dumbog`ining
qirqilgan satxiga osh tuzi kristalini qo`ying /osh tuzini qo`yishdan oldin ko`rish
dumbog`ini yaxshilab paxta bilan quriting, aks holda tuz erib uzunchoq va orqa
miyaga oqib tushishi va ularga ta`sir etib changak holatiga olib kelishi mumkin;
v) Refleks vaqtini yana aniqlang. Refleks vaqti uzayadi yoki umuman namoyon
bo`lmaydi;
g) Tuz kislotani miyadan oling va quyilgan miya qismini fiziologik eritma bilan
yuving. Tajribani qaytarib refleks vaqtini aniqlang va uning tiklanishiga ishonch hosil
qiling.
5 jadval
№
Tajriba variantlari
Refleks vaqti sekund
1 Ko`ruv do`mboqlarini ta`sirlashgacha bukish
refleksini vaqti.
10
2 Ko`ruv do`mbog`ining ta`sirlash payti-dagi
refleksining vaqti.
Javob reaksiya tezlikda
hosil bo`lmadi.
3 Ko`ruv do`mboqlaridan tuz olib tash- langandan
keyingi bukish refleksining vaqti.
15
Dostları ilə paylaş: