Leykositlarni hisoblash . Ishni bajarish tartibi . Leykositlarni hisoblash uchun aralashtirgichning
“0,5” belgisigacha qon so`rib olinadi va metilen ko`ki qo`shilgan sirka kislotaning
5% li eritmasi bilan “11” belgisigacha to`latiladi. Sirka kislota ta`sirida eritrositlar
qobig`i parchalanadi, leykositlarning yadrosi metilen ko`ki bilan bo`yalib qolib
yaxshiroq ko`rinadigan bo`ladi. So`ng aralashtirgichda qon bir tekisda aralashtiriladi
va to`liq gemoliz bo`lguncha 3-5 minut kutiladi. Keyin suyultirilgan qondan
qoplagich oyna qo`yilgan Goryaev kamerasining to`ri ustiga bir tomchi tomiziladi va
mikroskop ostida 25 katta kvadratdagi leykositlar sanaladi. 1 mm
3
qondagi leykositlar
soni quyidagi formula bo`yicha hisoblab chiqariladi:
16
25
20
4000
Л bu erda x-1mm
3
qondagi leykositlarning umumiy soni, L-25 ta katta kvadratda yoki 400 ta mayda
kvadratdagi leykositlar soni, 4000-mayda kvadrat hajmi, 20-qonni suyultirish
darajasi. Normada odamning 1 mm
3
qonida 6000-8000 gacha leykosit bo`ladi.
eritrosit va leykositlar sonini normadagi bilan solishtiring.
12-rasm; Leykositlar turlari. 1-limfositlar, 2-monosit, 3-bazofil`, 4-eozinofil` 5-7-neytrofillar, 5-yosh neytrofil, 6-tayoqcha yadroli, 7-segment yadroli. 3-ish: Panchenkov metodi bilan eritrositlarning cho`kish tezligini aniqlash Ishdan maqsad: odam qonidagi eritrositlarning cho`kish tezligini aniqlash.