1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə29/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

29-rasm. Jigar qurti - Fasciola hepatica ning rivojlanish sikli
1-voyaga yetgan parazit (marita); 2-tuxum; 3-mirasidiy; 4-lichinkaning suv shillig'i tanasida partenogenetik ko'payishi (a-sporosista, b,v-rediylar,
g-serkariy);‘5-suvgachiqqan serkariy; 6 - sistaga aylangan adoleskariy.

Ana shunday sharoitda suvga tushgan tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan harakatchan lichinka - mirasidiy chiqadi. Kiprikchalari yordamida mirasidiy suvda erkin suzib yuradi. Mirasidiyning bosh tomonida ikkita «ko’zchasi» boMib, ular yorugMikni sezish uchun xizmat qiladi. Mirasidiy tanasining keyingi qismida embrion hujayralari deb ataluvchi yoki urugManmasdan rivojlanish xususiyatiga ega boMgan partenogenetik tuxumlar yetiladi. Mirasidiy oziqlanmay, embrion taraqqiyoti davomida yigMlgan glikogen hisobida yashaydi. Suvda 30-40 soat davomida suzib yurgandan so’ng, keyingi rivojlanish uchun oraliq xo’jayin-qorinoyoqli mollyuskaning (Galba trun-catula) ichiga kirishi kerak boMadi. U tanasining oldingi uchida joylashgan xartumchasi


89



yordamida mollyuska tanasini teshib unga kirib oladi. Bunda uning xartumchasi asosida joylashgan maxsus bezlar ishlab chiqargan suyuqlik muhim ahamiyatga ega, chunki u mirasidiy kirayotgan joyda mollyuska tana to’qimasining parchalanishini ta'minlaydi. Mirasidiy mollyuskaning jigari yoki jinsiy bezlarida joylashib olib, kiprikchali ustki qavatini tashlab yuboradi va yumaloq shaklga ega bo'lgan sporasislaga aylanadi. Sporotsistada embrion hujayralari maydalanib rivojlana boshlaydi va ulardan rediya yetishadi. Bitta sporotsistada 10-15 tagacha rediya shakllanadi.
Rediyalar harakatchan bo’lib, og’iz xaltasimon rivojlanmagan ichak va tanasining o’rta qismida bir necha embrion hujayralari mavjuddir. Ana shu hujayralar hisobiga rediya tanasida navbatdagi lichinkalar - serkariyalar hosil bo’ladi.
Serkariyalar mollyuskaning tanasidan tashqariga-suvga chiqadi. Serkariyalar tuzilishiga ko’ra oldingi lichinkalardan tubdan farq qilib, rivojlangan og’iz va qorin so’rg’ichlari, ikki shoxli ichak hamda tanasiga nisbatan ikki barobar uzun harakatchan dumi bo’ladi. Serkariyalar dumi yordamida suzib yuradi. Keyin ular suv havzalari qirg’oqlarida o’tlarga yopishib oladi va dumi uzilib tushadi. Asta-sekin usti qalin po’st bilan o’ralib, adoleshariya deb ataluvchi lichinkalik stadiyasiga o’tadi. Adoleskariyalarda ham og’iz va qorin so’rg’ichlari, ikki shoxli ichak rivojlangan bo’ladi. Sistalangan adoleskariya harakatsiz bo’Iib, suv o’tlariga yopishgan holda yoki suv ostiga cho’kib uzoq vaqt tiriklik xususiyatini saqlay oladi. Adoleskariya yuqumli-invazion stadiya hisoblanadi. Ular o’tlar yoki suv orqali oxirgi xo’jayin-hayvonlar yoki odam organizmiga o’tib po’stini tashlaydi va ichak devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali jigarga o’tadi.
Mirasidiyning mollyuska organizmiga kirib serkariyalarning hosil bo’lish davri 60-90 kun davom etadi. Partenogenez ko’payish yo’li bilan bitta mirasidiydan 600-
90



800 tagacha serkariyalar yetishib chiqadi.
Ishning bajarilishi: jigar qurtining lichinkalari- mirasidiy, rediya, serkariyalarning bo’yalgan preparatlarini oldin mikroskopning kichik, keyin katta ob'ektivlari orqali kuzatib, ularning tuzilishini o'rganing va rasmlarini chizing. Tirik mirasidiylami kuzatish uchun jigar qurtining tuxumlari 14-15 kun mobaynida 28-300c issiqlikda ariq suviga solinib, termostatda saqlanadi. Tuxumlar solingan idishning usti qora qog’oz bilan o’ralgan bo’lishi shart. Mashg’ulot boshlanishidan bir necha soat oldin tuxumlar yorug’ joyga qo’yilishi lozim. Bunda tuxumlardan qisqa vaqt ichida mirasidiylar chiqa boshlaydi. Ana shu suvdan tomizgich orqali bir tomchi olib buyum oynasiga tomizing va tomchini qoplag’ich oyna bilan yoping. Mikroskop yordamida mirasidiylarning harakatlarini kuzating.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin