1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə38/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

36-rasm. Tasmasimon chuvalchanglarning har xil tipdagi finnaiari
A-sistetserk, B-senur, V-exinokokk,
G-sistitserkoid, D-pleroserkoid:
1-pufak devori; 2-boshchasi.


Keng tasmasimon - (Diphyilobotrium latum) chuvalchanglar ichida eng yirigi boTib, uzunligi 10-15 metrgacha yetadi (37-rasm). Asosiy xo’jayini odam, lekin ular itlar, mushuklar, tulkilaming ichaklarida ham parazitlik qiladi. Rivojlanish sikli murakkab kechadi, ya'ni rivojla- nishida uch xil xo’jayin ishtirok etadi. Oxirgi tuxumlar bilan toTgan yetuk proglottidlar tashqi muhitga chiqib suvga
109



tushgach, ulardan usti kiprikchalar bilan qoplangan olti ilmoqchali lichinka-karasidiy chiqadi.

37-rasm. Keng tasmasimon - Diphylloborium latumning rivojlanish sikli


A-asosiy xo’jayin-odam, B-parazit strobilasining umumiy ko'rinishi, V-parazitning skoleksi, G-proglottid, D-tuxum, E-ichida lichinka shakllangan tuxum, J-karosidiy, 3-birinchi oraliq xo'jayin-siklop, I-proserkoid, K-ikkinchi oraliq xo’jayin-baliq, L-pleroserkoid.
Bu lichinkalami birinchi oraliq xo’jayini bo’Igan sikloplar yutadi. Sikloplaming tanasida karatsidiylar ikkinchi lichinkalik davri - proserkoidgn aylanadi. U uzunchoq shaklda bo'lib, tanasining keyingi uchida ilmoqchalarga ega boMgan doirasmon yopishish organi - serkomeri bo’ladi. Protserkoid bilan zararlangan sikloplami baliqlar yutishi natijasida, ularning ichagi orqali protserkoid jigar va muskullarga o’tib, u yerda uchinchi lichinka davri pleroserkoidga aylanadi. Odam va hayvonlar zararlangan baliq go'shtini iste'mol qilish orqali parazitni o’ziga yuqtiradi.
Exinokokk (Echinococcus granulosus). Exinokokk tasmasimon ichida eng kichigi bo’Isada, ammo odam va turli
110



- tuman hayvonlar uchun eng xavfli parazit hisoblanadi. Exinokkokning uzunligi 2-6 mm bo’lib, tanasi skoleks va 3-4 ta proglottidlardan iborat(38-rasm).

38-rasm. Exinokokk-Echicoccus granulosus. I - voyaga etgan exinokokk, II - exinokokk pufagining tuzilishi


1-bosh; 2-germofrodit jinsiy bo’g’in; 3-ko’p sonli tuxumlar bilan to'lgan bachadonli uchinchi bo'g'in; 4-pufakning kutikulyar qavati; 5-germinativ qavat; 6-9-rivojlanishning har xil bosqichlaridan ichki qiz pufakchalar; 10-pufak ichidagi skoleks; 11-14-rivojlanishning har xil bosqichlaridagi tashqi pufaklar; 15-ikkilamchi pufaklar.

Skoleksda 4 ta so’rg’ichi va qator joylashgan xitinli ilmoqchalar joylashgan. Oxirgi xo’jayini-it, bo’ri, tulkilar, mushuk va boshqa yirtqich hayvonlardir. Odam, qo’y va echkilar, qoramol, tuya va cho’chqalar, kemiruvchilar va shunga o’xshash sutemizuvchilarning 60 dan ortiq turlari exinokokk uchun oraliq xo’jayin hisoblanadi. Exinokokkning yetilgan proglottidlari oxirgi xo'jayin axlatlari bilan tashqariga chiqadi. Bu tuxumlar yem-xashak va suv bilan hayvonlarga yuqadi. Odamlar exinokokk bilan zararlangan itlami silash vaqtida junlariga yopishgan tuxumlarini qo’llar,



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin