1.1.2.Ekskavatorning konstruktiv sxemasi va ishlash prinspi .
Xarakatlanuvchi rukoyatli tо‘g‘ri lopatali bо‘lib, chо‘mich 1, egarli podshipnik 3 va kuch berish mexanizmi detallaridan tomonidan tutib turiladigan rukoyat 2 dan tashkil topgan (2-rasm). Ekskavator strelasi buriluvchi platformaga tayanchli sharnir orqali tayanadi va ilmoq 5 yordamida tutib turiladi. Kо‘taruvchi kanat O1lebedkadan strela bosh blok 6 i orqali о‘tib V nuqtada ilmoq 7 orqali chо‘michga tutashadi.Ushbu ekskavatorda rukoyat harakati (kuch berish) kanat orqali amalga oshiriladi. Ekskavator strelasi ikki bо‘lak bо‘lib, ular O2 о‘qi (sharnir) da birlashadi. Strelaning pastki qismi 9 podkos 10 orqali tutib turiladi, yuqorigi qismi 8 esa lmoq 5 orqali tutib turiladi. Rukoyat harakatiga kuch beruvchi lebedka 11 platformada oylashadi. Rukoyatning oldinga va orqaga harakati O2 о‘qiga о‘rnatilgan markaziy bloklar 14 va rukoyatda joylashgan 15 va 16 yarim bloklar orqali о‘tuvchi 12 va 13 kanatlari yordamida bajariladi.