Yuqorida keltirilgan dastur ishlatiladigan sinflarda faqat bitta metodni o'z ichiga olishi kerak: Main(). Lekin sinfning umumiy shaklida Main()metodi ko`rsatilmagan. Ushbu metod sinfda faqat dastur shu sinf bilan boshlangan taqdirda ko'rsatilishi kerak. Sinf ta'rifi Muayyan misollarda sinflarni tushunish uchun biz binolar, uylar, omborxonalar, muassasalar va boshqalar haqida asta-sekin sinfni ishlab chiqamiz. Bu sinfda (uni Buildingdeb ataymiz) binolar haqidagi ma'lumotlarning uchta elementi saqlanadi: qavatlar soni, umumiy maydon va istiqomat qiluvchilar soni. Quyida Buildingsinfining birinchi versiyasi mavjud. U uchta o'zgaruvchilar nusxasi aniqlanadi: Floors, Areava Occupants. Ko'rib turganingizdek, Building sinfida hech qanday metod yo'q. Bu shuni anglatadiki, bu sinf hozircha faqat ma'lumotlardan iborat. (Keyinchalik metodlar ham kiritiladi.) class Building { public int Floors; // qavatlar soni public int Area; // binoning umumiy maydoni public int Occupants; // istiqomat qiluvchilar soni } Buildingsinfida aniqlangan o'zgaruvchilar nusxasi o'zgaruvchilarini e'lon qilishning umumiy ko`rinishida berilgan. Quyidagi misolda o'zgaruvchilarini e'lon qilish uchun umumiy shakl mavjud: ruxsat_turi tip o_zgaruvchi_nomi; berilgan o`zgaruchini qayerda ruxsat_turi bo`lsa u ruxat turini, tip-bu o`zgaruvchining aniq tipi, o_zgaruvchi_nomi esa nomini bildiradi. Binobarin, ruxsat turidan tashqari, o'zgaruvchilar nusxasi bir xil tarzda e'lon qilinadi, lokal o'zgaruvchilar sifatida. Buildingsinfida e'lon qilingan barcha o'zgaruvchilarning oldingi ruxsat modifikatori public. Yuqorida aytib o'tilganidek, ular Buildingsinfidan tashqarida ham foydalansa bo`ladi.