Static sinf qanday va nech turda e'lon qilinishi mumkin?
Static konstruktorlar haqida nimalarni bilasiz?
5-Mavzu: Indeksatorlar va xususiyatlar. Indeksatorlar tushunchasi, ulardan foydalanish va xususiyatlar bilan ishlash
5-Mavzu
5-Mavzu
Reja: 1. Indeksatorlar. 2. Indeksatorlarni qayta yuklash. 3. Avtomatik ravishda amalga oshiriladigan xususiyatlar.
1. Indeksatorlar.
Indeksatorlar.
Sizga allaqachon ma`lum bo'lganidek, massivni indekslash [ ] operatori yordamida amalga oshiriladi. Yaratilgan sinflar uchun ham [] operatorni aniqlash mumkin, lekin buning uchun indeksator operator metodi yaratiladi, bu esa ob'ektni massivlar kabi indekslash imkonini beradi. Indeksatorlar, asosan, bir yoki bir nechta cheklovlar qo'llaniladigan maxsus massivlarni yaratishni qo'llab-quvvatlovchi vosita sifatida qo'llaniladi. Shunga qaramay, indekschilar deyarli har qanday maqsadga xizmat qilishlari mumkin, ulardan massiv sintaksisidek foydalanish maqsadga muvofiq. Indeksatorlar bir yoki ko'p o'lchovli bo'lishi mumkin.Boshlanishida bir o'lchovli indekslarni ko'rib chiqamiz. Bir o'lchovli indekslarni yaratish element_tipi this[int index] { // Ma'lumot olish uchun aksessor get { // Indeksga belgilangan qiymatni qaytarish. } // Ma'lumotni o'rnatish uchun aksessor set { // Indeks qiymatni belgilash. } } element_tipiindeks elementining muayyan turini bildiradi. Shuning uchun, indeksator yordamida mavjud bo'lgan har bir element muayyan element_tipiega bo'lishi kerak. Ushbu tip massiv elementi tipiga mos keladi. Indeksparametri aniq bir element indeksini oladi. Rasman bu parametr int tipiga tegishli bo'lishi shart emas, lekin indeks sifatida odatda massivni indekslash uchun ushbu parametrning butun tipi eng ko'p qo`llaniladi.