Zararlanish o‘chogida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni i tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy ob’ektlarda).
KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda), radiatsiyaviy va boshqa zaharli moddalar bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud tashkilot, muassasa va korxonalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
-radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimini yaratish;
-KTZM va radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog‘ligiga zarar etkazilishi xavfi yuqori bo‘lgani uchun to‘lanadigan tovon turlarini va miqdorini belgilab chiqish;
-ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‘lik faoliyat turlarini belgilash;
-tibbiy profilaktika tadbirlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish;
-radiatsiyaviy vaziyat va boshqa xavfli vaziyatlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;
-fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o‘rgatish;
-radiatsiyaviy ifloslanish zonalarida fuqarolarni yashashiga doir alohida rejimlar joriy qilish;
-radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo‘lgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
-radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish xavfi bo‘lganda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.
KTZM va radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash, xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chog‘ida mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib borilishi zarur.
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
-atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;
-radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiena normativining bajarilishi tahlili;
-radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning ko‘lami;
-radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;
-nurlanish dozalarining belgilab qo‘yilgan asosiy chegaradan yuqori bo‘lgan nurlanishga duchor bo‘lgan shaxslar soni.
Oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni tayyorlash, saqlash, tashish jarayonida ularga yondosh bo‘ladigan materiallar va buyumlar radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Radioaktiv chiqindilarni ishlab chiqarish korxonalaridan tashqariga yig‘ish va ularni maxsus joylarga ko‘mib tashlashda ularning atrof muhitdan ajratib qo‘yilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Radioaktiv chiqindilarni yig‘ish va ko‘mib tashlashni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
YUqridagi rasmda odamlarni zararlangan hududdan olib chiqib ketish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlar atrofida yashovchi aholi korxona faoliyati haqida, undagi kuchli ta’sir etuvchi zaharli va radioaktiv moddalar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Iqtisodiyot ob’ektlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, muassasalarda va boshqa barcha ob’ektlarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda odamlarni xavfli hududdan olib chiqish sxemasini oldindan ishlab chiqish va ob’ekt binolariga osib qo‘yish kerak.
Dostları ilə paylaş: |