Fizik xossalari. Gomologik qatorning dastlabki to’rt vakili gazsimon C5H10dan to C12H24gacha suyuqlik, qolganlari qattiq moddalardir.
To’g’ri zanjir hosil qilib tuzilgan olefinlar tarmoqlangan zanjirli izomerlariga qaraganda yuqori haroratda qaynaydilar.
Sis-izomerlari trans-izomerlariga nisbatan yuqori haroratda qaynaydilar.
Olefinlarning zichligi birdan kichik, lekin tegishli parafinlarnikidan katta. Olefinlar suvda oz eriydilar, lekin ularning eruvchanligi parafinlarnikiga qaraganda yuqori. Ular ayrim og’ir metallar tuzlari eritmalarida (Cu2Cl2, Pt va h.o.) yaxshi eriydilar va ular bilan kompleks birikmalar hosil qiladilar. Ular uchun infraqizil spektrlar xarakterili bo’lib, vinil guruhidagi qo’shbog’ning valent tebranishlari 1050 sm-1 da C–H – bog’lanishning deformatsiya tebranishi 920 va 980 sm-1 da namoyon bo’ladi.
Olefinlar ultrabinafsha nurlarni 190-200 nm li to’lqin uzunligida yutadilar.
Yadro-magnit rezonansi spektrlari olefinlar uchun xarakteril bo’lib, olefin protonlari 4,5-6,0 m.u. da xarakterli signal beradi (kimyoviy siljish signali).