1-mavzu: Autocad dasturi



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə1/20
tarix31.08.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#141143
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
I. autocad dasturida chizma chizishga doir ma’lumotlar

I. AUTOCAD DASTURIDA CHIZMA CHIZISHGA DOIR MA’LUMOTLAR.

1-mavzu: Kirish. AutoCAD dasturi haqida, dasturning interfeys (muloqot oyna)lari haqida umumiy ma’lumotlar.

Reja:

1.AutoCAD dasturi haqida


2.Dasturning muloqot oynalari
Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, лист, VESLIN muloqat oyna, 3D Studio, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, model maydon, rang.


Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari- Kompyuterda turli qurilmalar, mexanizmlar va binolarning loyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositalardir.
Hozirgi vaqtda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog‘ozga chiqarish imkonini beradi.
Ushbu qo‘llanmada kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik sistemasi muhitidan iborat bo‘lgan AutoCAD dan foydalanish uslubi taklif etilgan. Bu AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan файлlar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi .
Ushbu qo‘llanmada AutoCAD ning siqiq holdagi ruscha versiyasining o‘zbek tiliga o‘girilgan varianti berilgan.
AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi mumkin. AutoCAD dasturining yaxshi ishlashi uchun quyidagi manbaalar zarur bo‘ladi:
• Pentium 133 protsessori
• 32 Mbaytli operativ xotira
• Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira
• 640 ga 480 VGA – displeyi



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin