1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/18
tarix06.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#141695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
01-mavzu


1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari
Tayanch tushunchalar: Axborot resurslari va axborot-kutubxona resurslarining tushunchalari. Axborot resurslarining rivojlanish tendensiyalari. Elektron axborot resurslari. Elektron darslik, o‘quv qo‘llanma,elektron ishlanma Jamiyat, fan va ta’lim rivojida elektron axborot resurslarining ahamiyati.

KIRISH
Zamonaviy ta’limning rivojlanishi faqatgina fanlarni o‘rganishning zamonaviy usullarini modernizatsiyalash va takomillashtirish uchun xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining takomillashishi bilan emas, balki ilmiy-ta’limiy axborotning yangi manbalari mavjudligi bilan belgilanadi. Qimmatli axborot manbalaridan foydalanishga bo‘lgan imkoniyatning mavjudligi o‘quv materiallari sifatining bir necha bor ortishiga, shuningdek, olingan bilimlarni ilmiy va kasbiy faoliyatda qo‘llashga imkon yaratadi.
G‘arbning yetakchi mamlakatlarida ilg‘or elektron ta’limiy resurslardan foydalanish nafaqat o‘quv faoliyada, balki talabalar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlarida muhim o‘rin tutadi. Maqolalar yozish, bitiruv ishlarini tayyorlash, dissertatsiya ishlarini bajarishda ilmiy sohadagi yutuqlar va jahon resurslari bo‘yicha analitik tahlillarni amalga oshirish ilmiy faoliyat jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Jahon ilmiy-ta’limiy resurslarini o‘rganish va ulardan foydalanish samaradorligi nimada? Bunda bir qator muhim jihatlarni ko‘rsatish mumkin:

  • jahon ilmiy-ta’limiy resurslarining tezkor navigatsiyasi;

  • ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun ilmiy risolalari yozish hamda yuqori reytingga ega bo‘lgan jurnallarda nashr ettirish faoliyatlarida ko‘mak berish;

  • o‘qituvchilarga ta’lim berish sifatini oshirish hamda talabalarga ta’lim olishlarida zamonaviy bilimlarni ilg‘or jahon tajribalari asosida yordam berish;

  • kutubxona xodimlari, kitobxonlar, foydalanuvchilar uchun zarur ilmiy adabiyotlarni qidirishda vaqtlarini maksimal darajada tejash;

  • kutubxona javonlarini obuna resurslari bilan jismoniy to‘ldirishni kamaytirish;

  • jahonning yetakchi mutaxassislari tahriridan o‘tgan sifatli elektron ta’limiy resurslardan (kitob, jurnal va h.k.) foydalanish;

  • respublikada ilmiy jurnallar, tashkilotlar, olimlarning reytingini oshirishda naukometrik tadqiqotlarni rivojlantirish.

Mazkur fan dunyoning yetakchi nashriyotlari, konsorsiumlari, shuningdek, O‘zbekistonning barcha o‘quv va ilmiy muassasalarining ta’limga oid ma’lumot bazalari haqida ma’lumot berib, kutubxonachilar, kitobxonlar, tadqiqotchilar uchun mazkur resurslarni izlash, ulardan foydalanish bo‘yicha bilimlar beradi.
Fanning materiallarini tayyorlashda «Elektron-kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta’limiy axborotlardan foydalanish va shakllantirish texnologiyalari» nomli jahonning yetakchi nashriyotlari Springer, EBSCO Information Services, OUP, ProQuest, Thomson Reuters hamda eIFL xalqaro konsorsiumi, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, shuningdek, Emerald, EBSCO Information Services, Web of Science ma’lumot bazalaridan foydalanilgan.
Tashkilotlarni aktual ilmiy va ta’limiy axborot bilan ta’minlash jamiyat rivojlanishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari asrida mazkur masalani yechishning asosiy samarali vositasi bu - yagona xalqaro standartlar asosida shakllantirilgan raqamli formatdagi axborot resurslari fondiga ega avtomatlashtirilgan axborot resurslari tarmog‘ida rivojlangan axborot infratuzilmasini yaratish hamda o‘z resurslarini jamoaviy foydalanishga taqdim etish hisoblanadi. Bunda jahon ilmiy-ta’limiy resurslaridan samarali foydalanish va ularni to‘plash muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot infratuzilmasini rivojlantirishdagi jahon tendensiyalari, jumladan, ilmiy, amaliy tadqiqotlar yagona klassifikatsiya tizimlarini, ma’lumotni kodlashtirish, xalqaro kommunikativ formatlar asosida ularni formatlash, uzatishga moyil bo‘ladi. Axborot muhitini shakllantirishdagi 90%dan ortiq xarajatlar mazmun-mohiyatiga aloqador hisoblanadi. Axborot manbalari va ma’lumotlar tuzilmalarining turli-tumanligi tizimlashtirishda yagona ko‘rinishda taqdim etilishini talab qiladi. Axborot kommunikatsiyalari uchun kutubxonalarning MARC formatlari, DUBLIN CORE formatlar va axborot kommunikatsiyalarning xalqaro standartlari bugungi kunda nafaqat an’anaviy kutubxona ma’lumotlari, balki ilmiy-texnik va boshqa turdagi axborotlar orasida faol axborot almashuvining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Bu birlashuv ma’lumotlarini taqdim etish jahon axborot makonini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bunday muhitning axborot asosi elektron kutubxonalar va ularning tarmoqlararo aloqalari hisoblanib, mazmuniy asosi esa nafaqat milliy axborot resurslari, balki, jahon ilmiy-ta’limiy ma’lumot bazalari hisoblanadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin