axborot texnologiyasi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
axborot-kutubxona resursi — moddiy ob’ektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot;
axborot-kutubxona faoliyati — axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha faoliyati;
axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui;
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish — foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash;
yig‘ma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui;
foydalanuvchi — axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishi uchun axborot-kutubxona muassasasida ro‘yxatga olingan shaxs;
elektron katalog — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro‘yxatining elektron shakli;
elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron shakli.
Multimediali darsliklar – multimedia texnologiyasi yordamida axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi darslik.