1-Mavzu Axborotni kodlash turlari


-Mavzu Adreslash va uning turlari. Shifrator va deshifratorlar. Tranzistor, trigger va registrlar



Yüklə 153,79 Kb.
səhifə18/23
tarix15.10.2023
ölçüsü153,79 Kb.
#155819
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-Mavzu Axborotni kodlash turlari

15-Mavzu
Adreslash va uning turlari. Shifrator va deshifratorlar. Tranzistor, trigger va registrlar.
Shifrator. Deshifrator. To‘liq emas va to‘liq kombinatsion mantiqiy qurilmalar. Yetti segmentli yorug‘lik indikatori. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli kodga o‘zgartirish. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli indikatorda akslanishi.
Deshifrator (frans. dechiffrer -maʼnosini yechmoq) — xabarlarni oʻqiydigan (dekodlaydigan) va undagi axborotlarni qabul qiluvchi tizim tiliga (kodiga) oʻtkazadigan qurilma; aloqa, telemexanika, radiolokatsiya qurilmalari va b.da beriladigan axborot signallarini nazorat qiladi. D.ning kirish qismiga kelgan axborotlar oʻzgartiriladi (deshifrlanadi) va chiqish qismida axborot mazmunini ifodalovchi signalga aylanadi. D. kiri-shidagi signalga chiqishidagi muayyan signal mos keladi. D. telegraf apparatlari, telefon aloqasi, telemexanika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va oʻlchash texnikasida qoʻllaniladi.
• O‘nlik, sakkizlik yoki o‘noltitalik sanoq tizimidagi raqamlarni ikkilik yoki ikkilik-o‘nlik kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – shifrator yoki koder deb ataladi
• Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo‘lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli parallel kodga o‘zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo‘lsa, u holda uning kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lmasligi kerak. 2n kirish va chiqishga ega bo‘lgan shifrator to‘liq , agar shifrator kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lsa, u to‘liq emas deb ataladi. Shifrator chiqishlari soni doim kirishlari sonidan kam bo‘lganligi sababli, aloqa liniyalari cheklangan hollarda turli qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun ham qo‘llaniladi. 0 dan 9 gacha bo‘lgan o‘nlik raqamlarni ikkilik-o‘nlik kodiga o‘girishda shifrator qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz. O‘nlik raqamlarni ikkilik-o‘nlik kodiga o‘girishda (yoki aksincha hollarda) har bir o‘nlik raqam to‘rtta ikkilik raqam bilan almashtiriladi. O‘nlik raqamlar mos ravishda boshqaruv pultining i=0,1,2…9 sonlarini bosish orqali kiritilayotgan bo‘lsin. Shifrator holatini haqiqiylik jadvali (7.1-jadval) yordamida tadqiq etish mumkin.
• Bunday shifratorning to‘liq haqiqiylik jadvali turli kirish o‘zgaruvchilari uchun (210 - 10)=1014 ta kombinatsiyadan tashkil topgan

bo‘lishi kerak edi. Mazkur shifrator ishi davomida qo‘llanilmaydigan turli mantiqiy o‘zgaruvchilar to‘plamini olib tashlash hisobiga, chiqishdagi o‘zgaruvchilar soni to‘rttagacha qisqartirilgan. Mazkur shifratorning kirishlari soni 2 n =16 dan kam bo‘lganligi sababli, u to‘liq emas hisoblanadi. Shifrator bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 4 ta chiqishga ega bo‘lib, uning holati to‘rtta MAFdan tashkil topgan tizim bilan ifodalaniladi. Shifrator ishi mantiqini ifodalovchi MAF tizimini, .1-jadvaldan foydalanib hosil qilamiz


• Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik sanoq tizimidagi kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder deb ataladi. Bunday o‘zgartirishlar, masalan, elektron soatlarda, EHM va shu kabilar dasturidagi ma’lumotlarni qayta shifrlashda qo‘llaniladi. Deshifrator shifratorga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Agar deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m=2n munosabat bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday deshifrator to‘liq deb ataladi.
• Ikkita adres kirishiga va to‘rtta (0-3) chiqishga ega bo‘lgan chiziqli DSh tasviri 7.3, a-rasmda, uning shartli tasviri esa 7.3, b-rasmda keltirilgan. Har bir chiqish HAM elementining chiqishi bo‘lib hisoblanadi. Demak, bu kirish bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilik o‘zgaruvchi 1 qiymatini faqat shu holda qabul qilishi mumkinki, agar mos keluvchi HAM elementining uchchala kirishida 1 qiymatiga mos keluvchi o‘zgaruvchi hosil bo‘lsa. Deshifrator mikrosxemalari ko‘p hollarda S ruxsat kirishiga ega bo‘ladilar. Bu kirishning mavjudligi ISlar asosida kirish kodi razryadini oshirishga imkon beradi



Yüklə 153,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin