1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari Reja



Yüklə 247,5 Kb.
səhifə2/7
tarix01.02.2023
ölçüsü247,5 Kb.
#82109
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari Reja

Эътибор беринг. Қонунда берилган таърифнинг мазмунид
uchraydigan asosiy elementlar quyidagilar:



  • biznes roʻyxatga olingan subyektlar tomonidan amalga oshiriladi;

  • biznes qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

  • biznes tavakkal qilib yuritiladigan faoliyat;

  • biznes mulkiy javobgarlik ostida amalga oshiriladi;

  • biznes daromad olishga qaratilgan faoliyatdir;

  • biznes shaxsning oʻz tashabbusi asosida yuritiladigan faoliyat;

  • “tadbirkorlik” va “tadbirkorlik faoliyati” tushunchalari bir maʼnoni birdiradi.

Biznes huquq tarmogʻi sifatida biznes va iqtisodiyot sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normalar yigʻindisidan iborat. “Iqtisod” soʻzining oʻzi ham aslida grekcha “ekonomos” soʻzidan olingan boʻlib, “xoʻjalik” degan maʼnoni anglatadi.





1 Yuridik ensiklopediya. Yuridik fanlari doktori, professor U.Tadjixanovning umumiy tahriri ostida. – T: Sharq, 2001, 529-bet.
Xoʻjalik yuritish bilan bogʻliq faoliyat 3 asosiy bosqichni qamrab oladi:

    1. Ishlab chiqarishgacha (ekspluatatsiyagacha) boʻlgan bosqich. Bunda asosan roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziyalash, ruxsatnoma olish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi.

    2. Ishlab chiqarish (ekspluatatsiya) bosqichi. Bu bosqichda tovarlarni ishlab chiqarish, ularni topshirish, ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi.

    3. Ishlab chiqarishdan (ekspluatatsiyadan) keyingi bosqich. Bu soliq xizmati, statistika organlari oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi hamda bajarilishi va shu kabilardan iborat.

Koʻrinib turibdiki, xoʻjalik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarish bilan bogʻliq munosabatlarnigina emas, balki ishlab chiqarishni boshlash uchun tegishli xatti-harakatlarni amalga oshirish va shu bilan bogʻliq munosabatlarni ham qamrab oladi. Ana shularning barchasi biznes huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlardir. Bular bevosita daromad (foyda) olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham bogʻliq boʻladi. Daromad (foyda) olishga qaratilmagan maqsadlar jumlasiga mulkni boshqarish, idora qilish, korxonani tashkil etish yoki uni tugatish boʻyicha tashkiliy xarakterdagi faoliyatlarni kiritishimiz mumkin. Demak, biznes munosabatlari bevosita foyda olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda ham yuzaga keladi. Ana shu munosabatlar ham bevosita biznes huquqi qoidalari bilan tartibga solinadi. Biznes munosabatlarining asosiy qismini xoʻjalik subyektlarining oʻzaro vertikal va gorizontal munosabatlari tashkil etadi. Biznes huquqi fanida xoʻjalik munosabatlari asosan uch guruhga boʻlinadi:



  1. Yüklə 247,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin