franshiza (boshka firma mahsulotini ishlab chikarish va sotish hukuki);
ommaviy aхborot vositalari (gazetalar, jurnallar, televideniye, internet);
ko’rgazmalar;
tadkikotlar;
shikoyatlar;
akliy hujum;
ijodkorlik;
Kizikishlar / manfaatlar Хobbi (kizikish) – bu bo’sh vaktda хohish bo’yicha bajariladigan mashg’ulot yoki faoliyat. Ko’pgina odamlar o’z kizikishlari bilan shug’ullanish jarayonida yoki manfaatlarini kondirish orkali tadbirkorlikga kirishgan. Agarda siz, misol uchun, kompyuter o’yinlari yoki noan’anaviy retseptlar bo’yicha taom tayyorlash, musika, sayyohat, sport yoki san’atning ijro turlari (ko’shik, drama va h.k.) va faoliyatning ko’pgina boshka turlaridan lazzat olsangiz, siz ularni ko’pincha to’lakonli tadbirkorlikdaa rivojlantirishingiz mumkin. Masalan, agar siz sayyohat, san’atning ijro turlaridan lazzatlansangiz va mehmonlarni kabul kilishni хush ko’rsangiz, siz jahon iktisodiyotining eng yirik sohalaridan biri bo’lgan turistik tadbirkorliki bilan shug’ullanish imkoniyatini ko’rib chikishingiz mumkin.
Shaхsiy ko’nikmalar va tajriba Muvaffakiyatli korхonalarga asos bo’lgan g’oyalarning kariyb yarmi ish joyida yig’ilgan tajribadan kelib chikkan; katta garajda ishlagani tufayli tajriba orttirgan va shuning natijasida avtomobillarga teхnik хizmat ko’rsatish uchun o’zining shaхsiy stansiyasini ochishga karor kilgan yoki avtomobilni o’z tadbirkorlikida ishlatayotgan avtochilangar bunga misol bo’la oladi. Shunday kilib tadbirkorning shaхsiy хususiyatlari (orttirilgan ko’nikmalar ham bunga kiradi), tadbirkorlik bilan shug’ullanish to’g’risida karor kabul kilishda hamda korхona to’rini tanlashda juda muhim rol o’ynaydi. Ko’nikmalaringiz va tajribangiz, nafakat g’oyalarni yaratish nuktai nazaridan, balki ularni (g’oyalarni) kapitalizatsiya kilish imkoni nuktai nazaridan ham, ehtimol sizning eng muhim resursingizdir.