1-Mavzu. Bolalar bilan logopedik ishlarni tashkil etishning zamonaviy tendensiyalari.
Reja:
Nutq nuqsoniga ega bo„lgan bolalar korreksion ta’limi tamoyillari, metodlari, mazmuni va tarkibiy qismlari.
Logopedik ta’sir etish shakllarining asosiy shakllariga tavsifnoma.
Logopedik mashg„ulotlarni tashkil etish va o„tkazishga turli xil yondoshuvlar tahlili.
Korreksion ta’lim jarayonini optimallashtirish.
Tayanch iboralar: 1. Kompensatsiya - o’rnini qoplash. Biror psixik funksiya qisman yoki to’la ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog’ funksiyalar bajaradi. 2. Logopediya termini grekcha logos (so’z, nutq) peydeo (tarbiyalayman, o’qitaman), ya’ni «nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi.
Logopediya bu - nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o’rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o’rganadi. Shuning uchun un i maxsus pedagogika sirasiga qo’shadilar. «Logopediya» termini grekcha logos (so’z, nutq), peydeo (tarbiyalayman, o’qitaman) so’zlardan tashkil topgan bo’lib, tarjimada to’g’ri «nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o’qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o’rganish obyekti - nutq nuqsoniga ega bo’lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasidan biroz bo’lsa ham chetga chiqish - bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi. Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar logopediyasi, o’smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo’linadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni o’qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish,
Shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm va chuqur insonparvarlik bilan yo’g’rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi. I .P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o’zaro ta’sir
haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish qoidalari haqidagi nazariyalari, P.K. Anoxinning funksional tizimlar haqidagi ta’limoti, ruhiy funksiyalarni dinamik tarzda cheklash haqidagi ta’limot (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, A.R. Luriya) va nutq faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik nazariyalari haqidagi ta’limot logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik asosidir. I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nuqt bosh miyaning murakkab psixologik funksiyasini, uning ikkinchi signal tizimini o’zida namoyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy bog’langandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi.
Ammo keyinchalik ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimiga tartibga soluvchi ta’siri namoyon bo’ladi. So’z alohida xususiyatning signali, umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari orasidagi o’zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o’rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi. Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o’rganish. 2. Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. 3. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o’z-o’zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, Shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko’rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, o’zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash. 4. Rivojlanishida turli xil farqlar bo’lgan bolalarda (yeshitish, ko’rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o’rganish. 5. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va a1oma.t1a.rini aniqlash. 6. Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab chiqish. 7. Nutq buzilishlarini tartibga solish. 8. Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish. 9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. Logopediyaning yuqorida ko’rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yo’nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni - nutq buzilishlarini o’rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni - nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni o’z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari birbiriga chambarchas bog’langandir. Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 1) fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o’rganuvchi ko’plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilShunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish; 2) nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot o’rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash; 3) nutqning buzilishini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga oshirish; 4) nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o’rtasida logopedik bilimlar targ’ibotini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir kuchini belgilaydi. Logopedik ta’sir etishning asosiy yo’nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlan-tirish; Shuningdek, ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir etish nazarda tutiladi. Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to’g’rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bo’lgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi. Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyatning chambarchas bog’liqligi bilan belgilanadi. Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So’zning ahamiyati o’z-o’zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o’zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o’xshash emas va ma’lum darajada birbiriga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’lad i. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo’ladi. Nutqiy muomala qobiliyatini o’zlashtirish o’ziga xos insoniy, ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrofmuhit haqidagi tasavvurlari shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi. Bolaning nutqni o’zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala faoliyatning turli shakllarini rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi. U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bog’liq holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning faoliyatida, yurish- turishida aks etadi. Og’ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu nutq va tafakkurning chambarchas bog’liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi bilan bog’langandir. Bu jarayonda bolaning atrof-muhitni idrok etishi amalga oshadi. Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, aslida bo’lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi salbiy fazilatlar (tortinchoqlik, qat’iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomuka.
mma.11ik tuyg’usi)ning rivojlanishi uchun yo’l ochib berishi mumkin.
Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman o’zlashtirishga, kasb tanlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Nutq buzilishini o’rganishda va tuzatishda logopediya fani nutq va fikrning o’zaro bog’liqligi haqidagi, anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o’zaro munosabatlari to’g’risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning o’zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va metodlardan foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o’zaro bog’liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (yetiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.1 Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema to’g’risidagi tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari o’zaro chambarchas aloqada bo’ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o’rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta’sir etishini nazarda tutadi. Nutq buzilishlarining o’xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarini tuzatish nuqtayi nazaridan tahlil qilish zarur bo’ladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologikpedagogik xususiyatga ega bo’lishi kerak. Shunday qilib, nutq buzilishlarini o’rganish va tuzatishda komplekslilik tamoyili muhim o’rin tutadi. Nutq buzilishlarini o’rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar rivojlanishining umumiy va o’ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir. Rivojlanish tamoyili, Shuningdek, bolaning yaqin rivojlanishi doirasida o’rin olgan ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarini logopedik ish jarayoniga ajratishni ham ko’zda tutadi. Nutqi buzilgan bolalarni va ularni tekshirish, Shuningdek, ular bilan olib boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolaning yetakchi faoliyatlarini (predmetli-amaliy, o’yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tuzatish - logopedik ta’sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari namoyon bo’lish izchilligini, Shuningdek, bolaning ontogenezidagi (ontogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Nutq buzilishlarining paydo bo’lishi ko’p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning o’zaro murakkab ta’siri bilan bog’langan bo’ladi. Nutq buzilishlarini samarali logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi, mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko’rsatish, nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning o’zaro munosabatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq buzilishlarini o’rganish va tuzatishda didaktik tamoyillar: ko’rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondashish va boshqalar muhim o’rin tutadi. Logoped umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlar tizimini egallagan bo’lishi kerak. Bu bilimlarning majmui va kengligi unda nuqsonli rivojlanishning tipologiya va tarkibi, nutqiy nomukammallikning oldini olish va uni bartaraf etish usullari haqidagi, ruhiy-pedagogik ta’sir etish metodlari to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Logoped nutq buzilishlarini payqab olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish usul hamda metodlarini egallagan bo’lishi, bunday nuqsonlarning oldini olishga doir profilaktik ishlarni yo’lga qo’yishi, nutqi zaiflashgan bolalarni maktabgacha tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo’yicha o’qitishning maxsus metodlarini qo’llay olishi, g’ayritabiiy nutqli bolalarning muhim psixik xususiyatlarini bilishi, ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagan bo’lishi, ulardagi oliy miya qobig’i faoliyatini tuzatish va rivojlantirish uslublaridan qo’llana olishi kerak. Logopedning ixtisosi bo’yicha chuqur bilimga egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo’yicha qo’llanmalarni bilishni o’z ichiga oladi. Bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan nutqlari yuzasidan olib boriladigan ishlarning samaradorligiga erishish uchun logopedning shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni o’zida namoyon etadi: kasbiga qiziqishlik; bolalarni sevish, o’ziga va atrofdagilarga talabchanlik; pedagogik ijodiy xayol va kuzatuvchanlik; samimiylik,
kamtarlik, mas’uliyatlilik, so’zda va amalda qat’iylik hamda izchillik. Logoped ilg’or tajribalarni umumlashtirib bolalarning nutqini tuzatishning eng yaxshi vositalari bo’yicha izlanish olib borishi kerak. U egallab olishi lozim bo’lgan malakalar keng va turlichadir: o’quvbilish (adabiyotlar bilan ishlash, bolani kuzatish, pedagogik jarayonni modellashtirish, tuzatish-tarbiyalash orqali ta’sir etishning samarali yo’llarini tanlash va boshqalar): o’quv-tashkiliy (muqobil va kalendar rejalashtirish, yakka tartibda va guruhli mashg’ulotlar o’tish, jihozlarni yaratish, keng qamrovli ta’sir etishni ta’minlash hamda bu qamrovda ishtirok etish va boshqalar); o’quv-pedagogik (har bir voqyeani tahlil qilish, tuzatishning aynan bir xil vositalarini tanlash va hokazo).
Bundan tashqari, logopedning ishi deontologiya tamoyillariga qat’iy amal qilishga asoslanishi kerak (logoped nutqi buzilgan shaxs, uning qarindoshlari, ish joyidagi hamkasblari bilan bo’ladigan o’z munosabatlarini qanday tashkil etishi lozim). Pedagogik deontologiya pedagogik etika va estetika, pedagoglik burchi va pedagogik odobi haqidagi ta’limotlarni o’z ichiga oladi. Unga amal qilishda logopeddan nutqida kamchiligi bor bolaning ota- onalari psixologiyasini tushunishi va ular bilan bir qatorda qayg’urishi talab qilinadi. Logoped juda sabotli, tabdirkor va xayrihoh, nutqi buzilgan shaxsga va uning ota-onalariga vrachning bemorga va uning yaqin kishilariga muomalasi kabi munosabatda bo’lishi, nutq buzilishlarining og’ir jihatlari va muhimi, mexanizmlarini aniqlashda, ular haqida oldindan ma’lumot to’plashda ehtiyotkorlik qilishi, nutq buzilishlarining tashqi ko’rinishini, ularning mohiyatini hisobga olishi kerak. Logoped va bolalar muassasasi vrachi, logoped va tarbiyachi, logoped va pedagog o’rtasida o’rnatiladigan o’zaro to’g’ri munosabatlar pedagogik deontologiyaning muhim sharti hisoblanadi. Logoped nutqi atrofdagilarga - nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham namuna bo’lishi lozim. Logoped yagona nutqiy tartibni ta’minlaydi, maxsus bolalar muassasalaridagi o’rta va kichik xodimlarga nutq madaniyatini o’rgatadi, qator hollarda, masalan, maxsus bolalar uylari sharoitlarida barcha o’quv-tarbiyaviy jarayonni boshqaradi.
Nutq faoliyatining xususiy patologiyasi Buzilishlarning yuqoridagi tasniflashda ko’rib chiqilayotgan barcha turlarini psixologik- lingvistik mezonlar asosida nutqning qaysi turi buzilganiga qarab ikkita guruhga bo’lish mumkin: og’zaki va yozma. Og’zaki nutqning buzilishi, o’z navbatida ikkita turga bo’linishi mu
mkin: 1) bayon qilishning fonatsion (tashqi) ta’minlanishi, ular nutqning talaffuz tomonining buzilishi deb ataladi va 2) bayon qilishning semantik-struktura (ichki) jihatdan ta’minlanishi, ular logopediyada nutqning uzluksiz yoki ko’p tovushli buzilishi, deb ataladi. 1. Bayon qilishdagi fonatsion ta’minlashning zaiflashuvi buzilgan bo’g’inga bog’liq holda tabaqalanishi mumkin: a) tovush shakllanishi; b) bayon qilishning sur’at-ohang
jihatdan tashkil etilishi; v) intonatsion melodik; g) tovush chiqarishning namoyon bo’lishi.
Bu zaiflashuvlar turli jarayonlarda mavhum holida kuzatilishi mumkin, logopediyada ularga bog’liq bo’lgan buzilishning quyidagi turlari ajratiladi (ularni belgilash uchun an’anaviy bo’lib qolgan atamalar mavjud): 1. Disfoniya (afoniya) - tovush apparatining patologik o’zgarishlari oqibatida fonatsiyaning yo’q bo’lishi yoki zaiflashuvi. Ma’nodoshlari: tovushning buzilishi, fonatsiyaning buzilishi, fonotor buzilishlar, vakal buzilishlar. Tovush yuqoriligi va yo’g’on-ingichkaligi (disfoniya) goho fonatsiya (afoniya) ning yo’q bo’lishida, goho quvvatning buzilishida namoyon bo’ladi. U markaziy yoki sirtqi to’xtalish tovush chiqarish mexanizmining organik yoki funksional zaiflashuvi bilan bog’liq bo’lishi va bola rivojlanishining har qanday bosqichida yuzaga chiqishi mumkin. U alohida bo’ladi yoki nutq buzilishlarining qator boshqa turlari tarkibiga kiradi. 2. Bradilaliya - nutqning patologik sekinlashgan sur’ati. Ma’nodoshi: bradifraziya. Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan ishlab chiqarishda namoyon bo’ladi, markaziy bog’langan va o’z tabiatiga ko’ra organik yoki funksional bo’lishi mumkin. 3. Taxilaliya - nutqning patologik tezlashgan sur’ati.
Ma’nodoshi: taxifraziya. Artikulyar nutq dasturining tezlashgan holda amalga oshirilishida namoyon bo’ladi, o’z tabiatiga ko’ra, markaziy bog’langan, organik yoki funksional hisoblanadi. Sekinlashgan sur’atdagi nutq cho’ziq tortilgan, bir ohangda bo’ladi. Tezlashgan sur’atda shoshilinch, intiluvchan, shiddatli ekanligi ko’zga tashlanadi. Nutqning tezlashuvi agromatizmlar bilan birga sodir bo’lishi mumkin. Bunday holatlar ayrim paytlarda battarizm, parafraziya atamalari bilan ataluvchi mustaqil buzilishlar sifatida ajratiladi. Patologik tezlashgan nutqning asoslanmagan bo’linishlar, tutilish, to’xtab qolishlar bilan uchraydigan hollarda u poltern atamasi bilan ataladi. Bradilaliya va taxilaliya - nutq sur’atining buzilishi - nutq jarayonining ravonligi, nutqning ohang va melodik-intonatsion ifodaliligining buzilishi oqibati hisoblanadi. 4. Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish natijasida sur’at-ohangning buzilishidir. Ma’nodoshi: logonevroz: Markaziy bog’langan bo’ladi, funksional yoki organik ko’rinishga ega, ko’proq bola nutqining rivojlanishida paydo bo’ladi. 5. Dislaliya - tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq apparatining saqlangan innervatsiyasi paytida buzilishi. Ma’nodoshlari: tili chuchuklik (yeskirgan), tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar.
Nutqning noto’g’ri tovushli (fonemali) turlanishida: tovushlarni buzib talaffuz qilishda, tovushlarning almashinuvi yoki ularning yo’qligida namoyon bo’ladi. Nuqson Shuning bilan bog’liq bo’lishi mumkinki, bunday paytda bolada artikulyar baza shakllanmaydi (artikulyar tomonning tovush talaffuz etish uchun zarur bo’lgan barcha jihatlari o’zlashtirilmaydi) yoki artikulyar tomon noto’g’ri shakllanadi. Buning oqibatida nomuvofiq tovushlar hosil bo’ladi. Artikulyatsion apparatning anatomik nuqsonlari bilan bog’langan buzilishlar alohida guruhni tashkil etadi. Talaffuzning buzilishi psixolingvistik jihatdan yo fonemalarni ajratish va anglash operasiyalarining shakllanmaganligi oqibati (ya’ni, idrok etishdagi nuqsonlar), yoki saralash va ishlab chiqarish (Shuningdek, unumlilik nuqsoni) vazifasini shakllanmaganligi, yohud tovushlarni ishlab chiqarish shartlarining buzilganligi deb qaraladi. Anatomik nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga, ularning ishtirokisiz esa funksional xususiyatga ega bo’ladi. Buzilishlar, odatda, bola nutqining rivojlanish jarayonida; periferik apparatning jihozlanish hollarida u har qanday yoshda paydo bo’lishi mumkin. Tavsif qilingan nuqsonlar saylanma hisoblanadi va ularning har biri mustaqil notekislik maqomiga egadir.
Ammo Shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon qilishning fonatsion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha bo’g’inlarning bir paytning o’zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga rinolaliya va dizartriya kiradi. 6. Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan bog’liq holdagi buzilishdir. Ma’nodoshlari: dimog’ bilan gapirish (yeskirgan), palatolaliya. Tovush tembrining patologik o’zgarishida namoyon bo’ladi. Bu holat chiqarilayotgan nafas oqimining barcha nutq so’zlarini talaffuz qilish paytida burun bo’shlig’iga o’tishi va unda aks - sado berishi oqibatidir. Rinolaliya paytida bundan tashqari barcha nutq tovushlarining (dislaliya holatidagi kabi alohida tovushlarni emas), buzib talaffuz etilishi kuzatiladi. Bunday nuqsonda prosodik buzilishlar ham tez- tez uchrab turadi, rinolaliya paytidagi nutq kam tushunarsiz (noaniq), bir ohangli bo’ladi. Mamlakat logopediyasida tanglayning tug’ma yoriqligi, Shuningdek, artikulyar apparatning qo’pol anatomik buzilishlarini rinolaliyaga kiritish qabul qilingan. Bunday buzilishlar chet ellardagi qator ilmiy ishlarda «palatolaliya» (lotincha palatum - tanglay) atamasi bilan ataladi. Qolgan barcha hollardagi tovushlarning turli lokalizatsiyalarning funksional yoki organik buzilishlari bilan bog’liq noto’kis talaffuzi bunday ishlarda rinolaliya deb ataladi. Vatanimizda so’nggi yillarda olib borilgan ilmiy ishlarda qo’pol artikulyatsion buzilishlari bo’lmagan noto’kis talaffuzlarning ko’rinishlari rinofoniyaga kiritilmoqda.
Logopediya amaliyotida rinolaliyani yaqin vaqtlargacha mexanik dislaliyaning bir shakli deb qaralar edi. Buzilishning o’ziga
xos xususiyatini hisobga olib, rinolaliyani alohida nutq buzilishi sifatida ajratish lozim. 7. Dizartriya - nutq talaffuzi tomonini ining nutq apparati innervatsiyasidagi yetishmovchilik bilan bog’liq holdagi buzilishidir. Ma’nodoshi: tili chuchuklik (yeskirgan). Bunda fonatsion turlanishdagi bayonning murakkab mexanizmlari barcha bo’g’inlarning shakllanmagani kuzatiladi. Buning natijasida tovush nuqsonlari, prosodik va artikulyatsion-fonetik nuqsonlari paydo bo’ladi. Tovushli nutqni ishlab chiqishning imkoni bo’lmagan paytda paydo bo’ladigan anartriya dizartriyaning og’ir darajasi hisoblanadi. Yengil dizartriya paytida, qachonki nuqson ko’proq artikulyar, fonetik buzilishlarda namoyon bo’lganida, uning uncha bilinmaydigan shakli haqida so’z yuritiladi. Bunday holatlarni dislaliyadan ajratish lozimdir. Dizartriya markaziy xarakterdagi organik buzilishlarning oqibati hisoblanadi. Markaziy asab tizimi buzilishini lokalizatsiyalashda dizartriyaning turli shakllari ajratib ko’rsatiladi. Buzilishning og’irligiga qarab esa, dizartriyaning paydo bo’lish darajalari farq qilinadi.
Dizartriya ko’pincha bosh miyaning erta falajlanishi natijasida paydo bo’ladi, lekin u bola rivojlanishning har qanday bosqichda neyroinfeksiya va miyaning boshqa kasalliklari oqibatida paydo bo’lishi ham mumkin. Bayon qilishning strukturali-simantik (ichki) turlanishidagi buzilishi ikki tur: alaliya va afaziya bilan ko’rsatiladi. 1. Alaliya - bosh miya qobig’idagi nutq zonalarining bolaning ona qornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organ shikastlanishi natijasida nutqning yo’q bo’lishi yoki rivojlanmay qolishi. Ma’nodoshlari: disfaziya, erta yoshda paydo bo’ladigan bolalar afaziyasi, rivojlanish afaziyasi, gunglik (yeskirgan). Nutqning eng murakkab nuqsonlaridan biri, bunda nutqiy bayonning paydo bo’lishi va uni qabul qilishning barcha bosqichlaridagi tanlash va rejalashtirish operasiyalari buzilgan bo’ladi. Uning natijasida bolaning nutqiy faoliyati rivojlanmay qoladi. Til vositalari tizimi (fonetik, grammatik, leksik) shakllanmaydi, nutq paydo bo’lishining harakatqo’zg’atuvchanlik darajasi xastalashadi. Qo’pol semantik nuqsonlar kuzatiladi. Nutq harakatlarini boshqarish buziladi, bu tovush chiqarish va so’zning bo’g’in tarkibiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Qanday nutq mexanizmlari shakllanmagani va ularning qaysi bosqichlari (darajalari) ko’proq xastalanganiga bog’liq ravishda alaliyaning bir necha turlari uchraydi. 2. Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog’liq holda nutqning to’liq yoki qisman yo’qolishi. Ma’nodoshlari: nutqning buzilishi, yo’qolishi. Bola nutqining bosh miya jarohatlanishi, neyroinfeksiya yoki miya shishi natijasida yo’qolishi nutqning shakllanib bo’lganidan so’ng sodir bo’lsa, unda bolalar afaziyasi deb nomlanadi. Agar buzilish kattaroq yoshda yuz bergan bo’lsa, unda afaziya haqida fikr yuritiladi.
Yozma nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki guruhga ajratiladi. Mahsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi, reseptli yozma faoliyat buzilganida - o’qishning zaiflashuvi qayt qilinadi. 1. Disleksiya - o’qish jarayonining qisman o’ziga xos buzilishi. 1. Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni bo’g’inlarga qo’shish va bo’g’inlardan so’z tuzish borasidagi tutilishlarda (bu so’z shakllarini noto’g’ri talqin qilishga olib keladi); agrammatizmda va o’qiganlarini buzib tushunishda namoyon bo’ladi. 2. Disgrafiya - yozish jarayonining qisman o’ziga xos ravishda buzilishi. 1. Harfning optik-fazoviy obrazining turg’un emasligida, harflarning aralashib ketishi yoki tushib qolishida, so’zning so’zbo’g’in tarkibini bayon qilish va gap qurilishida namoyon bo’ladi. O’qitish davomida yozish jarayoni shakllanmagan hollarida agrafiya haqida fikr yuritiladi. Bolalardagi yozish va o’qishning buzilishi bu jarayonlarni to’liq holda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar orqali yuzaga keladi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, bu qiyinchiliklar og’zaki nutqdagi nuqsonlar (optik shakllardan tashqari), tovush tahlili ishining shakllanmagani va ixtiyoriy diqqatning beqarorligi bilan bog’liq bo’ladi. Bolalardagi yozish va o’qishning buzilishini yozish, o’qishdagi b ilim va ko’nikmalarning yo’qolishidan, Shuningdek, afaziya paytida yuzaga keladigan disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya)dan ajrata bilmoq lozim. Shunday qilib, logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, ulardan 9 tasi og’zaki nutq natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlardagi buzilishlarini tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning buzilish jarayoni bilan bog’liq holda ajratiladigan buzilishlarni o’z ichiga oladi.
Og’zaki nutqning buzilishlari orasida disfoniya (afoniya), taxilaliya, brodilaliya,
duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya (anartriya), alaliya, afaziya ajratiladi; yozma nutqning buzilishlari orasida disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) ajratiladi. Keltirilgan tasniflarga nutq buzilishlarining faqat Shunday shakllari kiritilganki, ular logopedik adabiyotda ko’rsatilgandir va ularga tatbiqan metodikalar ishlab chiqilgan. 1. Har bir nutq buzilishlari shakllari ichida turlar va turchalar ajratiladiki, ular navbatdagi boblarda aks ettirilgan. Shu munosabat bilan Shuni aytib o’tish kerakki, qator hollarda bir shaklga taalluqli nutq buzilishlari varianti emas, balki alohida buzilishni o’zida namoyon qiladi. Masalan, dislaliyaga, bir tomondan, artikulyar-fonetik buzilishlar, ya’ni nutqning nutq normasi darajasiga taalluqli xususiy ovoz ishlab chiqarishdagi nuqsonlar, boshqa tomondan esa operasiyalarning shakllanmagani bilan bog’liq holdagi tovushlar tanlovini amalga oshiradigan va bayon qilishning (tilli) turlanish darajasiga taalluqli fonetik buzilishlar kiradi. Keltirilgan tasnifning izchil emasligi nutq (psixologik va fiziologik) mexanizmlari haqidagi bilimlar va logopediyadagi yangi tadqiqodlarning o’sishi bilan bog’liq holda fanning zamonaviy taraqqiyoti davrida ayniqsa, sezilarli tus oldi.
Fan taraqqiyotidagi har bir yangi bilimlar avvalgi tasavvurga o’zgartirishlar kiritilishini talab etadi. Shuning uchun nutq buzilishlari masalalarini bundan keyingi ishlab chiqarish logopediyasining dolzarb vazifasi bo’lib qoladi. Psixologikpedagogik tasnif tibbiy tasniflarni pedagogik jarayonda qo’llanish nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilish natijasida vujudga keldi (bu uslub logopedik ta’sir etish deyiladi). Bunday tahlil logopediyani nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalashga jalb etish bilan bog’liq holda juda muhim bo’ldi. Tadqiqodchilarning e’tibori bolalar jamoasi (o’quv guruhi, sinf) bilan ishlash uchun zarur bo’lgan logopedik ta’sir etish metodlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan edi. Buning uchun bolalardagi nutqning nonormal rivojlanishining turli shakllari nuqsonlardagi umumiy ko’rinishi, ayniqsa, o’qish jarayonida tuzatish uchun dolzarb hisoblanganlarini topish zarur edi. Bunday yondashuv buzilishlarni guruhlashda boshqacha tamoyilni talab qildi. Bu Shunday tamoyilki, tibbiy tasniflash (umumiy xususiyga emas, xususiydan umumiyga bo’lgan) uning asosiga quriladi. Bu uni lingvistik va ruhiy mezonlar asosida qurishga imkoniyat yaratadi. Ular orasida nutq tizimining tuzilish komponenti (tovush tomoni, grammatik tuzilishi, lug’at zonasi), nutqning funksional jihatlari, nutqiy faoliyat turlarining (og’zaki va yozma) o’zaro aloqadorligi hisobga olinadi. Keltirilgan tasnifda nutq buzilishlari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh - muomala vositalarining (nutqning fonetik va fonematik va umumiy rivojlanmay qolishi) buzilishi. 1. Nutqning fonetik va fonematik rivojlanmay qolishi - bolalarda ona tilini talaffuz qilish tizimi shakllanish jarayonlarining fonemalarini idrok etish va talaffuzdagi nuqsonlar oqibatida turlicha nutq zaiflashuvlari bilan bog’liq ravishda buzilishlaridir.
Nutqning to’liq rivojlanmay qolishi - turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq tizimining tovush chiqarish va ma’noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bo’ladi. Umumiy alomatlari sifatida quyidagilar qayd qilinadi: nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug’at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, fonemalar tuzilishdagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turli darajalarda aks etishi mumkin: nutqning yo’qolishi yoki uning noaniq bog’lanishsiz holatidan mukammal holatigacha, lekin fonetik va leksik-grammatik rivojlanmay qolish elementlari bo’ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik darajasiga qarab to’liq rivojlanmay qolish uch darajaga bo’linadi. Ikkinchi guruh - muomala vositalarini qo’llashdagi buzilish (unga duduqlanish ham kiradi), bu muomala vositalarining to’g’ri shakllangan holatidagi nutqning kommunikativ funksiyalarini buzilishi deb qaraladi. Bir necha xil (kombinatsiyalangan) nuqson ham bo’lishi mumkin, bunda duduqlanish nutqning umumiy rivojlanmay qolishi bilan qo’shilib ketadi. Yuqoridagi tasnifda yozish va o’qishning alohida nutq buzilishi sifatida ajratilmaydi. Bular nutqning fonematik-fonetik va to’liq rivojlanmay qolish tarkibida, ularning asosiy belgilaridan birini tashkil etuvchi fonematik va morfologik umumlashuvining shakllanmagani bilan bog’liq ravishdagi sistemali va kechiktirilgan oqibati sifatida ko’rib chiqiladi. Tasniflashda sistemali yondashuv tamoyiliga izchil tayanish aks etadi, uning asosida ikkita o’zaro bog’lanish hisobga olinadi; nutqiy faoliyat sistemadagi buzilishlarning