1-Mavzu. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Mavzu rejasi


-modda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim



Yüklə 268,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix05.12.2023
ölçüsü268,43 Kb.
#172516
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-mavzu

12-modda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish 
mumkin.Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va 
himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar 
olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil 
izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar 
tayyorlashni ta’minlaydi. 


Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy 
darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil 
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy 
ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. 
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar 
izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy 
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi 
ta’lim shakli hisoblanadi. 
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan 
doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun 
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. 
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar 
berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy 
ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonunchilikda 
belgilanadi. 
13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq 
bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy 
bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning 
chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. 
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va 
muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi. 

Yüklə 268,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin