1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Boshqaruv psixologiyasi fani metodlari



Yüklə 158 Kb.
səhifə1/5
tarix24.05.2022
ölçüsü158 Kb.
#59271
  1   2   3   4   5
1-МАЪРУЗА


1-MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANI METODLARI.



  1. REJA:

  2. 1.1. Boshqaruv psixologiyasi – asli “Insoniy munosabatlar” oynasi ekanligi.

  3. 1.2. Hozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, mohiyati.

  4. 1.3. Boshqaruv psixologiyasini o’rganishdan kutilayotgan natijalar.

1.4. Fanni o’rganishning asosiy usullari.

  1. 1.5. Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar.

  2. 1.6. Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod

  3. 1.7. Rahbarning ish sharoitini bayon etish, kuzatish va qayd qilish metodlari.

  4. 1.8. Menejer bilan individual suhbat metodi. Intervyu: standart,

nostandart. Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik.

Boshqaruv psixologiyasi o’ziga xos mazmun kasb etadi, chunki uning asosiy harakatlantiruvchisi sifatida shaxs o’zining qobiliyati, intellekti, motivatsiyasi, shaxsiy va boshqa sifatlari bilan markaziy o’rini egallaydi. Boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, u psixologiya bilan o’zviy aloqada rivojlanadi. Shuning uchun ham boshqaruv psixologiyasi deb nomlanuvchi alohida fan tarmog’i ajralib chiqqan. U ikki fan ya’ni psixologiya va boshqaruvlar ta’sirida yuzaga kelgan hamda rivojlandi. Boshqaruv pihologiyasi boshqaruv fanining bir bo’lagi sifatida tashkilotdagi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi ishlanmalarni ishlab chiqish va o’rganish zarur. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning bir bo’lagi sifatida shaxs psixikasini o’rganadi, uning boshqaruv faoliyatini psixik tavsifini taqiq qiladi va boshqaruvni muvafaqqiyatli tashkil etish uchun zarur bo’lgan muhim xususiyatlarni tahlil qiladi.


Boshqaruv psixologiyasining o’rganish predmeti- shaxs uning psixikasi va faoliyatining o’ziga xosligidir. Boshqaruv psixologiyasining predmeti serqirradir. Uning quyidagi tarkibiy qismlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Boshqaruvchi va xodimlarning psixologik xususiyatlari boshqaruv psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Rahbar shaxsining o’ziga xos xususiyatlari boshqaruv faoliyatining psixologik asoslari psixologiyaning boshqa sohalarida o’rganilmaydi.
2. Shaxs faoliyatining samaradorligi faqatgina uning kasbiy yetukligi bilan belgilanmay, balki shaxsning ayni damdagi ruhiy holatiga ham bog’liqdir. Shuning uchun ham shaxs psixikasiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etuvchi omillarni o’rganish uning faoliyatini samaradorligini oshirishi mumkin.
3. Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim o’rtasidagi inforatsiyalarning o’ziga xos tomonlarini o’rganadi va ushbu axborotlarning psixologik jihatlarini ochib beradi.
Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim boshqarilayotgan jamoa orasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganadi. Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida shaxs psixologiyasining o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv jarayonida qo’llash uchun zaruriy tavsiyalarni beradi.
Doimiy va tez o’zgaruvchan zamonaviy dunyoda psixologiya kabi fanlarga ulkan talablar qo’yilmoqda. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, psixologlar hozirgi kunda shaxsdagi o’zgarishlarni rejalashtirish, shaxsdagi regressiyani profilaktika qilish zarur.
Rahbar uzoqni ko’ra bilishi va tashkilot faoliyatidagi psixolgik omillar muhimdir. O’z navbatida psixologlar ham amaliy yordam ko’rsatish bilan birga samarali ishbilarmonlik aloqalarini o’rnata olishi kerak.
Hozirgi kunda amaliy psixologiyada barcha toifadagi xizmatchilar uchun ijtimoiy psixologik yordam dasturining turli shakl va metodlari ishlab chiqilgan. Jahon amaliy psixologiyasining ishlanmalarini qo’llash, g’arb dasturlarini moslashtirib xodimlar uchun ma’ruza, seminar, ishbilarmonlik va treninglarni tashkil qilish muassasadagi mehnat samaradorligini oshiradi.
Amaliyotning ko’rsatishicha, shaxslararo munosabatlar sohasi boshqaruvchi uchun noaniq doimiy sohaligicha qoladi, shuning uchun bunday munosabatlarda rahbar o’zini noqulay his etadi.
Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida shaxs psixologiyasining o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv jarayonida qo’llash uchun zaruriy tavsiyalarni beradi.
Jamiyatda boshqarishning asosiy mazmuni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida: mehnat faoliyatida, ishlab chiqarishda, ijtimoiy, siyosiy faoliyatda, mafkuraviy sohada, ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda aniq imkoniyatlari o’rganiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilardagi ijtimoiy aloqani shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularni shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, mehnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini o’rganadi.
Kishilarning fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ularning madaniy hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullarning ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo’lib, ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati, ishlab chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi.
Fanning mohiyati boshqaruv jarayonlari: faoliyat, manfaat, o’zaro munosabat, o’z-o’zini boshqarish, insonlar ruhiyatini o’rgangan holda ta’sir ko’rsatish va chet el tajribalarini o’rganishdir.
Fanning predmeti shaxslar, ijtimoiy guruxlarning o’zaro rahbar va bo’ysinuvchilar bilan munosabati va ruhiyatini o’rganishdir.
Fanning asosiy vazifasi chet el tajribalaridan foydalanilgan holda amaliyotda, ya’ni korxona faoliyatiga tadbiq etish, aniqlash, korxonaning maqsadi va aniq imkoniyatlarini o’rganish, jamoani jipslashtirish, korxonaning psixologik iqlimini yaxshilash, ijtimoiy ximoyalash natijasida ishlab chiqarish va mehnat samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganishdir.
Bulardan tashqari hozirgi psixologlarning tadqiqotlari, printsiplari, yo’l-yo’riqlari natijasida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash, mehnat jamoalarini tarbiyalash, o’zaro yordam, hamda bir-birlarini qo’llab-quvvatlashning foydali tomonlarini tushuntirishdir.
Fanda boshqaruv tushunchasi tizimning o’z xayot faoliyatini ta’minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma sifatida boshkrruvchi va boshqariluvchi bo’laklarga ajratiladi.
Boshqaruv o’z tasarrufidagi boshqariluvchi bo’lakka muntazam, rejali va maqsadga yo’nalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday o’zaro faoliyat tizimning ishchanlik krbiliyatini ta’minlaydi. Boshqaruvdagi tadk^щotlar kibernetika fani yuzaga kelishi tufayli jadal sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani boshkarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbik etila boshlandi.
Boshqaruv bilimlari ko’p jixatdan davr extiyojini aks ettiruvchi asosiy manbaa bo’lib xisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, tuzilmaning yaxlitligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Shu o’rinda boshqaruvning ikki asosiy funktsiyasi farqlanadi: maqsadga yo’naltiruvchi va tashkiliy funktsiyalar.

Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin