1 mavzu. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’limni boshqarish Reja



Yüklə 337 Kb.
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü337 Kb.
#121974
  1   2   3   4
1-mavzu Ta\'limni boshqarish


1 - mavzu. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’limni boshqarish
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotidagi shart-sharoitlar. Bozor iqtisodiyotini boshqarish qonuniyatlari.
2. Bozor iqtisodiyotining ta’limga ta’siri. Ta’limda boshqaruvning mazmuni va ahamiyati.
3. «Ta’lim iqtisodiyoti va rahbarning moliyaviy kopetentligi» kursining mazmuni va vazifalari.
4. «Ta’lim iqtisodiyoti va rahbarning moliyaviy kopetentligi» kursining predmeti va uni o‘rganish metodlari. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘zaro munosabatlari.
5. Davlat iqtisodiyotining rivojlanishida oliy ta’limning o‘rni va ahamiyati.

1.2. Bozor iqtisodiyotining ta’limga ta’siri. Ta’limda boshqaruvning mazmuni va ahamiyati. Oliy maktabga qo‘yiladigan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ishni tashkil etish ancha murakkablashadi va professional boshqaruvni talab etadi.
Inglizcha “manegement” - boshqaruv so‘zi lotincha “manus”- qo‘l so‘zidan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda menejment jamiyat hayotining deyarli barcha tomonlarida aks etuvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa hisoblanadi. Menejmentning ma’lum turlari (ma’muriy, bank, strategik, innovatsion va b.) orasida ishlab chiqarish menejmenti alohida o‘rin egallaydi. U tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida intellektual, moliyaviy, xom ashyo, moddiy resurslarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Bilimlar va intellektual kapitalni, ulardan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida so‘nggi yillarda ta’limni boshqarish muammolari birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda.
Bilimlar boshqaruv ob’ekti sifatida qaralishi lozimligi keng miqyosda e’tirof etilmoqda. Korxonalarning raqobatbardoshlik darajasiga ularning bilimlarni jamlash, tahlil qilish va rivojlantirish qobiliyati va oxir-oqibatda raqobat sohasidagi barqaror ustunliklar tobora kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yetakchi xorijiy kompaniyalar (General Motors, Philip Morris, Rank Xerox va b.) bilimlar menejmentiga o‘z daromadlarining 3,5-10% ni yo‘naltirmoqdalar, firmalar tarkibiga bilimlar transferti bo‘yicha vitse-prezident, bilim ayirboshlash bo‘yicha menejer, intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha direktor kabi ta’lim lavozimlar kiritilmoqda.
Ma’lumot (ixtisoslik, malaka) olish turli o‘quv fanlaridan muayyan mazmundagi bilimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Ta’limning mazmuni ta’lim maqsadlariga tayanadi va Davlat ta’lim standartlari bilan belgilanadi,
Respublikamizda yuz bergan iqtisodiy o‘zgarishlar milliy iqtisodiy amaliyotimiz uchun yangi bo‘lgan bir qancha kasblarga bo‘lgan talabni belgiladi. Ularning orasida ta’lim menejerlari kasbi ham bor. Oliy o‘quv yurtini boshqarish amaliyotiga hozirgi zamon menejmenti kiritilishi munosabati bilan o‘quv yurtlarida menejerlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masala kun tartibiga qo‘yiladi.
Menejer - boshqaruv funksiyalarini rahbarlikning zamonaviy ilmiy metodlari yordamida professional tarzda amalga oshiruvchi odam. U professional rahbar. Uning professionalizmi bozorni, uning qonunlarini bilishida, tashkilotning rivojlanishini prognoz qila olishda va tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘nikmasida, resurslarni boshqarish va vaqti-vaqti boshqaruv texnologiyalarini yangilash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Menejer odamlarni va ularning o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarish, chunonchi: umumiy maqsadlar atrofida odamlarni jipslashtirish, xodimlarga muttasil kasbiy o‘sishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, ishga doir zaruriy munosabatlarni tartibga solish, mehnatni motivlashtirish va rag‘batlantirish, jamoada o‘zaro hurmat, ishonch va muvaffaqiyat muhitini yaratish mahoratiga ega bo‘lishi muhimdir.
U jamoada ishlash jarayonida axborot berish, motivlashtirish va tarbiyalash funksiyalarini muttasil bajarishi lozim. Rahbar ishida qo‘l ostidagilarning ishonchini yo‘qotishdan yomoni yo‘q. Qobiliyatli kishilar qurshovida ishlashdan qo‘rqmaydigan, ularga o‘z ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan rahbargina mohir menejer sifatida nom qozonishi mumkin. Binobarin, menejerni o‘qitib-o‘rgatishda pedagogika va psixologiya sohasida tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Menejerlarni tayyorlash tajribasi chet elda yuz yildan ko‘proq vaqt bilan o‘lchanadi. Bu turdagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga kuchayib borayotir. Hozirgi vaqtda har yili 70 mingdan ortiq amerikalik menejer diplomini oladi. Yaponiyada menejerlarning umumiy soni 3 mln.dan ortiq, lekin, shunga qaramay, muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Menejerning bosh vazifalaridan biri qo‘l ostidagi xodimlar ishini samarali tashkil etishdir. Menejerlar o‘z faoliyatida duch keladigan muammolarning 80% odamlar bilan bog‘liq. U jamoada ishlash jarayonida axborot berish, motivlashtirish va tarbiyalash funksiyalarini muttasil bajarishi lozim. Rahbar ishida qo‘l ostidagilarning ishonchini yo‘qotishdan yomoni yo‘q. Qobiliyatli kishilar kurshovida ishlashdan qo‘rqmaydigan, ularga o‘z ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan rahbargina mohir menejer sifatida nom qozonishi mumkin. Binobarin, menejerni o‘kitib-o‘rgatishda pedagogika va psixologiya sohasida tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.
«Boshqaruv» so‘zi odatda aniq bir maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ekt yoki sub’ekt tizimiga faol ta’sir ko‘rsatishi tushuniladi. Bugungi kunda boshqaruvning ma’nosi bo‘yicha bir necha yo‘nalishni ajratish mumkin.
Birinchi yo‘nalishga ko‘ra, boshqaruv ma’nosi - faoliyatdir. Masalan, boshqaruv jarayoni bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan, o‘z vaqtida boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri Anri Fayol boshqarishni:
- kelajakni ko‘ruvchi;
- faoliyatni tashkillashtiruvchi;
- tashkilotni idrok qiluvchi;
- faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;
- qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol, deb ta’riflaydi.
Ikkinchi yo‘nalishda boshqaruv bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxs yoki guruhga ta’sir etishi, deb hisoblanadi.
M.Sharifxo‘jaev «Boshqaruv - bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir», deb ta’riflaydi.
Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning beshta funksiyasini ajratib ko‘rsatgan:

  • rejalashtirish,

  • tashkil etish,

  • farmoyish berish,

  • muvofiqlashtirish,

  • nazorat qilish.

Hozirgi tez o‘zgarayotgan texnologik dunyoda raqobat sohasidagi ustunliklar mehnat resurslarining sifati, inson kapitaliga investitsiyalar (ular ta’lim berish yo‘li bilan amalga oshiriladi) va har bir inson o‘z kasbiy darajasini uzluksiz oshirib borishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. So‘nggi o‘n yilliklar mobaynida o‘qimishlilik, bilimlardan iqtisodiy ustunlik sifatida foydalana olish turli iqtisodiy tizimlar raqobatbardoshligining muhim omiliga aylandi. Aksariyat mutaxassislar fikriga ko‘ra, rivojlangan ta’lim tizimi raqobatbardoshlik darajasini belgilovni muhim omillardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy tizimlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirishda ta’lim rolining kuchayishi bir qancha omillar bilan belgilanadi. Birinchidan, jamiyat hayotida axborot rolining o‘zgarishi, u odatdagi moddiy, energiya resurslari kabi strategik resursga aylanishi bilan. Faoliyatning barcha sohalarini boshqarish samaradorligi zaruriy axborotdan foydalanish va uni iste’molchiga takdim etish imkoniyatiga bog`liqdir. Bu raqobatbardoshlik darajasini oshirish omillaridan biri hisoblanadi. Ikkinchidan, strategik axborotni tezkorlik bilan boshqarish va olingan axborotni bilimga aylantirishga, muntazam ravishda o‘qib-o‘rganish, yangi texnologiyalarga moslashishga qodir bo‘lgan mutaxassislarga ehtiyoj tug‘ilgani bilan belgilanadi.
Ta’lim tizimida iqtisodiy bo‘g‘in va boshqaruv bo‘g‘ini alohida o‘rin egallaydi. Ilgari (XX asrning 60-80-yillarida) korxonalar raqobatbardoshligining bosh elementi mehnat unumdorligi sanalgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bunday element mehnat unumdorligi va menejerlarning o‘zgarayotgan bozor sharoitlariga tez moslasha olish ko‘nikmasining uyg‘unligidir.

Yüklə 337 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin