3.3-jadval
1-muomaladan keyingi balans
Aktiv
|
Summa,
so‘m
|
Passiv
|
Summa,
so‘m
|
Asosiy vositalar
|
1312600
|
Ustav kapitali
|
1448960
|
Materiallar (-8600)
|
15600
|
Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashuvlar
|
39890
|
Asosiy ishlab chiqarish (+8600)
|
52450
|
Hisob-kitob schoti
|
134400
|
Mol yetkazib beruvchilar
|
26200
|
Balans
|
1515050
|
Balans
|
1515050
|
Agar balans aktivi summalarining jami A, balans passivining summalarining jamini P, balans moddalarining summasini a deb qabul kilsak, quyidagi matematik modelni tuzamiz,
, (1)
Ushbu model quyidagicha o‘qiladi: balans aktivining bir moddasi ko‘payadi, boshqasi (u bilan bog‘liq bo‘lgan) xuddi shu summaga kamayadi; natijada aktiv va passiv summalar yig‘indisi o‘zgarmaydi, ularning o‘zaro tengligi saqlanib qoladi.
2-muomala. Xodimlarga hisoblangan ish haqi summasidan 14500 so‘m daromad solig‘i ushlandi. Bu muomaladan so‘ng hisoblangan ish haqi summasi 25390 so‘m bo‘lgan (39890-14500=25390) va bir vaqtning o‘zida balans passivida 1450 so‘mga “Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar” degan yangi modda paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, bu muomala natijasida faqat balans passividagi moddalar orasida o‘zgarishlar ro‘y bergan va yig‘indisi o‘zgarmagan.
Dostları ilə paylaş: |