1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati



Yüklə 42,22 Kb.
səhifə1/14
tarix05.12.2023
ölçüsü42,22 Kb.
#173791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-����� ����襢� � pptx

1-MAVZU. DIN IJTIMOIY MADANIYAT HODISA SIFATIDAGI AHAMIYATI

Reja

  •  
  • 1. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari
  • 2. Diniy eʼtiqodlarning evolyutsiyasi va o‘ziga xos jihatlari. Ibtidoiy eʼtiqodlar, milliy dinlar, jahon dinlarining shakllanishi
  • 3. Dinshunoslik fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad.
  • 4. Dinlarni tadqiq etish metodologiyasi. Dinshunoslikda shakllangan ilmiy maktablar va yondashuvlar
  •  

Inson hayotining noyob hodisasi bo‘lmish din benihoya ko‘p qirrali va murakkab hodisa bo‘lib, turmushning hamma sohalariga, avvalo, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalariga singib ketadi. Shu sababli dinni insoniy munosabatlarning murakkab tizimidan ajratib bo‘lmaydi, uni alohida, mustaqil hodisa, deb hisoblash to‘g‘ri emas. Mana shu jihatlarning hammasi uni tadqiq qilish jarayonini murakkablashtirishi tabiiy. Din insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayoniga katta ta’sir o‘tkazib keldi va o‘tkazmoqda. U ko‘p qirrali va teran hodisadir.

Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha bo‘lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir.

  • Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
  • E’tiqod (arabcha – i’taqa) ishonch, imonli bo’lish ma’nolarini anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo’l-yo’riq bo’lib, aql va iroda vositasida anglangan bilim, g’oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini hamda ularning to’g’riligiga ishonch bilan bog’liq bo’lgan psixologik holatni ifodalaydi.

Yüklə 42,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin